Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali kompyuter injiniringi fakulteti


Tarmoqlararo ekranlarni ulashning asosiy sxemalari



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/48
Sana30.12.2021
Hajmi1,5 Mb.
#91480
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48
Bog'liq
malumotlar uzatishda qollaniladigan tarmoqlararo ekran tahlili

Tarmoqlararo ekranlarni ulashning asosiy sxemalari. Korporativ tarmoqni 
global  tarmoqlarga  ulaganda  ximoyalanuvchi  tarmoqning  global  tarmoqdan  va 
global  tarmoqning  ximoyalanuvchi  tarmoqdan  foydalanishini  chegaralash,  xamda 
ulanuvchi  tarmoqdan  global  tarmoqning  masofadan  ruxsatsiz  foydalanishidan 
ximoyalashni  ta`minlash  lozim.  Bunda  tashkilot  o`zining  tarmog`i  va  uning 
komponentlari  xususidagi  axborotni  global  tarmoq  foydalanuvchilaridan 
berkitishga 
manfaatdor. 
Masofadagi 
foydalanuvchilar 
bilan 
ishlash 
ximoyalanuvchi tarmoq resurslaridan foydalanishning qat`iy chegaralanishini talab 
etadi. 
Tashkilotdagi korporativ tarmoq tarkibida ko`pincha ximoyalanishning turli 
satxli birnechi segmentlarga ega bo`lishi extiyoji tug`iladi: 
- bemalol foydalaniluvchi segmentlar (masalan, reklama WWW-serverlari); 
- foydalanish chegaralangan segmentlar (masalan, tashkilotning masofadagi 
uzellari xodimlarining foydalanishi uchun); 
- yopiq segmentlar (masalan, tashkilotning moliya lokal qism tarmog`i) 
Tarmoqlararo ekranlarni ulashda turli sxemalardan foydalanish mumkin. Bu 
sxemalar  ximoyalanuvchi  tarmoq  ishlashi  sharoitiga,  xamda  ishlatiladigan 
brandmauerlarning  tarmoq  interfeyslari  soniga  va  boshqa  xarakteristikalariga 
bog`liq. Tarmoqlararo ekranni ulashning quyidagi sxemalari keng tarqalgan: 
- ekranlovchi marshrutizatordan foydalanilgan ximoya sxemalari
- lokal tarmoqni umumiy ximoyalash sxemalari; 
-  ximoyalanuvchi  yopiq  va  ximoyalanmaydigan  ochiq  kism  tarmoqli 
sxemalar; 


 
83 
- yopiq va ochiq qism tarmoqlarni aloxida ximoyalovchi sxemalar. 
Ekranlovchi marshrutizatordan foydalanilgan ximoya sxemasi. 
Paketlarni  fil`trlashga  asoslangan  tarmoqlararo  ekran  keng  tarqalgan  va 
amalga  oshirilishi  oson.  U  ximoyalanuvchi  tarmoq  va  bo`lishi  mumkin  bo`lgan 
g`anim  ochiq  tarmoq  orasida  joylashgan  ekranlovchi  marshrutizatordan  iborat 
(3.10-rasm). 
Ekranlovchi  marshrutizator  (paketli  fil`tr)  kiruvchi  va  chiquvchi  paketlarni 
ularning  adreslari  va  portlari  asosida  blokirovka  qilish  va  fil`trlash  uchun 
konfiguratsiyalangan. 
Ximoyalanuvchi  tarmoqdagi  komp`yuterlar  Internetdan  to`g`ridan-to`g`ri 
foydalanaoladi,  Internetning  ulardan  foydalanishining  ko`p  qismi  esa  blokirovka 
qilinadi.  Umuman,  ekranlovchi  marshrutizator  yuqorida  tavsiflangan  ximoyalash 
siyosatidan  istalganini  amalga  oshirishi  mumkin.  Ammo,  agar  marshrutizator 
paketlarni  manba  porti  va  kirish  yo`li  va  chiqish  yo`li  portlari  nomeri  bo`yicha 
fil`trlamasa,  "oshkora  ruxsat  etilmagani  man  qilingan"  siyosatini  amalga  oshirish 
qiyinlashadi.  
Paketlarni  fil`trlashga  asoslangan  tarmoqlararo  ekranning  kamchiliklari 
quyidagilar: 
-  fil`trlash  qoidalarining  murakkabligi;  ba`zi  xollarda  bu  qoidalar  majmui 
bajarilmasligi mumkin; 
Ekranlovchi marshrutizator 
 
 
Ochiq tashqi 
 
Himoyalanadigan 
ichki tarmoq 
3.10-rasm. Tarmoqlararo ekran – ekranlovchi marshrutizator 


 
84 
-  fil`trlash  qoidalarini  to`liq  testlash  mumkin  emasligi;  bu  tarmoqni 
testlanmagan xujumlardan ximoyalanmasligiga olib keladi
-  xodisalarni  ruyxatga  olish  imkoniyatining  yo`qligi;  natijada  ma`murga 
mashrutizatorning  xujumga  duch  kelganligini  va  obro`sizlantirilganligini  aniqlash 
qiyinlashadi. 
Lokal  tarmoqni  umumiy  ximoyalash  sxemalari.  Bitta  tarmoq  interfeysli 
brandmauerlardan  foydalanilgan  ximoyalash  sxemalari  (3.11-rasm)  xavfsizlik  va 
konfiguratsiyalashning  qulayligi  nuqtai  nazaridan  samarasiz  xisoblanadi.  Ular 
ichki  va  tashqi  tarmoqlarni  fizik  ajratmaydilar,  demak,  tarmoqlararo  aloqaning 
ishonchli ximoyasini ta`minlay olmaydilar.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ochiq tashqi 
 
Himoyalanadigan 
ichki tarmoq 
3.11-rasm. Bitta tarmoq interfeysli firewall yordamida lokal tarmoqni 
himoyalash 
Tarmoqlararo ekran 
Ochiq serverlar  
Marshrutizator 
Marshrutizator  


 
85 
 
 
 
 
 
Lokal tarmoqni umumiy ximoyalash sxemasi eng oddiy echim bo`lib, unda 
brandmauer  lokal  tarmoqni  tashqi  g`anim  tarmoqdan  butunlay  ekranlaydi  (3.12-
rasm).  
 
Marshrutizator va brandmauer orasida faqat bitta yo`l bo`lib, bu yo`l orqali 
butun trafik o`tadi. Brandmauerning ushbu varianti "oshkora ruxsat etilmagani man 
qilingan"  printsipiga  asoslangan  ximoyalash  siyosatini  amalga  oshiradi.  Odatda 
marshrutizator  shunday  sozlanadiki, brandmauer  tashqaridan  ko`rinadigan  yagona 
mashina bo`ladi. 
Lokal  tarmoq  tarkibidagi  ochiq  serverlar  xam  tarmoqlararo  ekranlar 
tomonidan  ximoyalanadi.  Ammo,  tashqi  tarmoq  foydalanaoladigan  serverlarni 
ximoyalanuvchi  lokal  tarmoqlarning  boshqa  resurslari  bilan  birlashtirish 
tarmoqlararo aloqa xavfsizligini jiddiy pasaytiradi. 
Tarmoqlararo 
ekran 
foydalanadigan 
xostga 
foydalanuvchilarni 
kuchaytirilgan autentifikatsiyalash uchun dastur o`ranatilishi mumkin. 
 
Ochiq tashqi 
tarmoq 
 
Himoyalanadigan 
ichki tarmoq 
3.12-rasm. Lokal tarmoqni umumiy himoyalash sxemasi 
Marshrutizator  
 
Tarmoqlararo 
ekran 


 
86 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish