Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali kompyuter injiniringi fakulteti


Tarmoqlararo ekranlarning asosiy komponentlari



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/48
Sana30.12.2021
Hajmi1,5 Mb.
#91480
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
Bog'liq
malumotlar uzatishda qollaniladigan tarmoqlararo ekran tahlili

 
3.2. Tarmoqlararo ekranlarning asosiy komponentlari 
 
Tarmoqlararo ekranlar tarmoqlararo aloqa xavfsizligini OSI modelining turli 
satxlarida  madadlaydi.  Bunda  etalon  modelning  turli  satxlarida  bajariladigan 


 
67 
ximoya  funktsiyalari  bir-biridan  jiddiy  farqlanadi.  Shu  sababli,  tarmoqlararo 
ekranlar  kompleksini,  xar  biri  OSI  modelining  aloxida  satxiga  mo`ljallangan, 
bo`linmaydigan ekranlar majmui ko`rinishida tasavvur etish mumkin. 
Ekranlar  kompleksi  ko`pincha  etalon  modelning  tarmoq,  seans,  tatbiqiy 
satxlarida ishlaydi. Mos xolda, quyidagi bo`linmaydigan brandmauerlar farqlanadi 
(3.5-rasm). 
- ekranlovchi marshrutizator; 
- seans satxi shlyuzi (ekranlovchi transport); 
- tatbiqiy satx shlyuzi (ekranlovchi shlyuz). 
Tarmoqlarda  ishlatiladigan  protokollar  (TCP/IP,  SPX/IPX)  OSI  etalon 
modeliga  batamom  mos  kelmaydi,  shu  sababli  sanab  o`tilgan  ekranlar  xili 
funktsiyalarini amalga oshirishda etalon modelining qo`shni satxlarini xam qamrab 
olishlari  mumkin.  Masalan,  tatbiqiy  ekran  xabarlarning  tashqi  tarmoqqa 
uzatilishida  ularni  avtomatik  tarzda  shifrlashni,  xamda  qabul  qilinuvchi 
kriptografik  berkitilgan  ma`lumotlarni  avtomatik  tarzda  rasshifrovka  qilishni 
amalga oshirishi mumkin. Bu xolda bunday ekran OSI modelining nafaqat tatbiqiy 
satxida, balki taqdimiy satxida xam ishlaydi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tatbiqiy sath 
Taqdimiy sath 
Seans sathi 
Transport sathi 
Tarmoq  sathi 
Kanal sathi 
Fizik sath 
Tatbiqiy sath 
Taqdimiy sath 
Seans sathi 
Transport sathi 
Tarmoq  sathi 
Kanal sathi 
Fizik sath 
Tatbiqiy sath 
Seans sathi shlyuzi 
Ekranlaydigan 
marshrutizator 
3.5-rasm. OSI modelining alohida sathlarida ishlaydigan tarmoqlararo   
ekranlar turi 


 
68 
 
 
 
 
 
Seans satxi shlyuzi ishlashida OSI modelining transport va tarmoq satxlarini 
qamrab  oladi.  Ekranlovchi  marshrutizator  xabarlar  paketini  taxlillashda  ularning 
nafaqat tarmoq, balki transport satxi sarlavxalarini xam tekshiradi.  
Yuqorida  keltirilgan  tarmoqlararo  ekranlarning  xillari  o`zining  afzalliklari 
va kamchiliklariga ega. Ishlatiladigan brandmauerlarning ko`pchiligi yoki tatbiqiy 
shlyuzlar, yoki ekranlovchi marshrutizatorlar bo`lib, tarmoqlararo aloqaning to`liq 
xavfsizligini  ta`minlamaydi.  Ishonchli  ximoyani  esa  faqat  xar  biri  ekranlovchi 
marshrutizator,  seans  satxi  shlyuzi,  xamda  tatbiqiy  shlyuzni  birlashtiruvchi 
tarmoqlararo ekranlarning kompleksi ta`minlaydi. 
Ekranlovchi  marshrutizator  (screening  router)  (paketli  fil`tr  (packet  filter) 
deb xam ataladi) xabarlar paketini fil`trlashga atalgan va ichki va tashqi tarmoqlar 
orasida  shaffof  aloqani  ta`minlaydi.  U  OSI  modelining  tarmoq  satxida  ishlaydi, 
ammo  o`zining  ayrim  funktsiyalarini  bajarishida  etalon  modelining  transport 
satxini xam qamrab olishi mumkin. 
Ma`lumotlarni  o`tkazish  yoki  brakka  chiqarish  xususidagi  qaror 
fil`trlashning  berilgan  qoidalariga  binoan  xar  bir  paket  uchun  mustaqil  qabul 
qilinadi.  Qaror  qabul  qilishda  tarmoq  va  transport  satxlari  paketlarining 
sarlavxalari taxlil etiladi (3.6-rasm). 
Xar  bir  paketning  IP-  va  TCP/UDP  –  sarlavxalarining  taxlillanuvchi 
xoshiyalari sifatida quyidagilar ishlatilishi mumkin: 
- jo`natuvchi adresi; 


 
69 
- qabul qiluvchi adresi; 
- paket xili; 
- paketni fragmentlash bayrog`i; 
- manba porti nomeri; 
- qabul qiluvchi port nomeri. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Birinchi  to`rtta  parametr  paketning  IP-sarlavxasiga,  keyingilari  esa  TCP-
yoki  UDP  sarlavxasiga  taalluqli.  Jo`natuvchi  va  qabul  qiluvchi  adreslari  IP-
adreslar  xisoblanadi.  Bu  adreslar  paketlarni  shakllantirishda  to`ldiriladi  va  uni 
tarmoq bo`yicha uzatganda o`zgarmaydi. 
Paket  xili  xoshiyasida  tarmoq  satxiga  mos  keluvchi  ICMP  protokol  kodi 
yoki  taxlillanuvchi  IP-paket  taalluqli  bo`lgan  transport  satxi  protokolining  (TCP 
yoki UDP) kodi bo`ladi. 
Paketni  fragmentlash  bayrog`i  IP-paketlar  fragmentlashining  borligi  yoki 
yo`qligini  aniqlaydi.  Agar  taxlillanuvchi  paket  uchun  fragmentlash  bayrog`i 
o`rnatilgan  bo`lsa,  mazkur  paket  fragmentlangan  IP-paketning  qism  paketi 
xisoblanadi. 
 
 
Ochiq tashqi 
 
Himoyalanadigan 
ichki tarmoq 
 
Ekranlaydigan  
marshrutizator 
 
Paketlarni IP- va TCP- (UDP-, ICMP) 
sarlavhalari bo`yicha fil`trlash 
3.6-rasm. Paketli fil`trni ishlash sxemasi 


 
70 
Manba  va  qabul  qiluvchi  portlari  nomerlari  TCP  yoki  UDP  drayver 
tomonidan  xar  bir  jo`natiluvchi  xabar  paketlariga  qo`shiladi  va  jo`natuvchi 
ilovasini,  xamda  ushbu  paket  atalgan  ilovani  bir  ma`noda  identifikatsiyalaydi. 
Portlar  nomerlari  bo`yicha  fil`trlash  imkoniyati  uchun  yuqori  satx  protokollariga 
port nomerlarini ajratish bo`yicha tarmoqda qabul qilingan kelishuvni bilish lozim. 
Xar  bir  paket  ishlanishida  ekranlovchi  marshrutizator  berilgan  qoidalar 
jadvalini,  paketning  to`liq  assotsiatsiyasiga  mos  keluvchi  qoidani  topgunicha, 
ketma-ket  ko`rib  chiqadi.  Bu  erda  assotsiatsiya  deganda  berilgan  paket 
sarlavxalarida  ko`rsatilgan  parametrlar  majmui  tushuniladi.  Agar  ekranlovchi 
marshrutizator  jadvaldagi  qoidalarning  birortasiga  ham  mos  kelmaydigan  paketni 
olsa, u, xavfsizlik nuqtai nazaridan, uni braka chiqaradi. 
Paketli fil`trlar apparat va dasturiy amalga oshirilishi mumkin. Paketli fil`tr 
sifatida  oddiy  marshrutizator,  xamda  kiruvchi  va  chiquvchi  paketlarni  fil`trlashga 
moslashtirilgan,  serverda  ishlovchi  dasturdan  foydalanish  mumkin.  Zamonaviy 
marshrutizatorlar  xar  bir  port  bilan  bir  necha  o`nlab  qoidalarni  bog`lashi  va 
kirishda, ham chiqishda paketlarni fil`trlashi mumkin. 
Paketli  fil`trlarning  kamchiligi  sifatida  quyidagilarni  ko`rsatish  mumkin. 
Ular  xavfsizlikning  yuqori  darajasini  ta`minlamaydi,  chunki  faqat  paket 
sarlavxalarini  tekshiradilar  va  ko`pgina  kerakli  funktsiyalarni  madadlamaydi.  Bu 
funktsiyalarga,  masalan,  oxirgi  uzellarni  autentifikatsiyalash,  xabarlar  paketlarini 
kriptografik  berkitish,  xamda  ularning  yaxlitligini  va  xaqiqiyligini  tekshirish 
kiradi.  Paketli  fil`trlar  dastlabki  adreslarni  almashtirib  qo`yish  va  xabarlar  paketi 
tarkibini  ruxsatsiz  o`zgartirish  kabi  keng  tarqalgan  tarmoq  xujumlariga  zaif 
xisoblanadilar.  Bu  xil  brandmauerlarni  "aldash"  qiyin  emas  -  fil`trlashga  ruxsat 
beruvchi qoidalarni qondiruvchi paket sarlavxalarini shakllantirish kifoya. 
Ammo,  paketli  fil`trlarning  amalga  oshirilishining  soddaligi,  yuqori 
unumdorligi,  dasturiy  ilovalar  uchun  shaffofligi  va  narxining        pastligi,  ularning 


 
71 
xamma  erda  tarqalishiga  va  tarmoq  xavfsizligi  tizimining  majburiy  elementi  kabi 
ishlatilishiga imkon yaratdi. 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish