2.2. Axborot xavfsizligini dasturiy - texnikaviy vositalarining tuzilishi
Ximoya qilishning tashkiliy – dasturiy vositalari texnik usullarga tegishli
bo`ladi. Bunday usullar va vositalar etarlicha katta miqdordadir. Bular tasodifiy
xavflardan an`anaviy josuslik va qo`poruvchilik, elektromagnit nurlanishlardan va
yo`naltirishlardan KT lari tuzilmalarini ruxsat etilmagan o`zgartirishlardan, ruxsat
etilmagan murojaat qilishdan axborotni ximoya qilish, kriptografik usullar,
komp`yuter viruslari va ular bilan kurashish mexanizmlari va boshqalar.
Tasodifiy xavflardan axborotni ximoya qilishga axborotlarni dubllash, KT
ishonchliligini oshirish, ishdan chiqishlariga mustaxkam KT larini yaratish,
xalokatlardan va favqulodda xolatlardan keladigan talofatlarni kamaytirish,
noto`g`ri amallarni blokirovkalash bilan erishiladi.
An`anaviy josuslikdan va qo`poruvchilikdan axborotni ximoya qilishda KT
laridan KT lari ishlatilmaydigan boshqa ob`ektlarni ximoya qilish uchun
ishlatiladigan vosita va usullar qo`llaniladi. Bu tizimning vazifalariga ob`ektni
qo`riqlash tizimini yaratish, KT ob`ektlarida maxfiy axborot resurslari bilan
ishlashni tashkil etish, kuzatishga va bildirmasdan eshitib olishga xamda
xodimlarning yomon niyatli xarakatlarga qarshi kurashishi kiradi.
Zararli elektromagnit nurlanishdan va yo`naltirishlardan ximoya qilish xam
faol xam passiv usullar bilan amalga oshiriladi. Ximoya qilishning faol usullari,
yomon niyatli odam tomonidan ushlab olingan xabarlardan foydali axborotlarni
qabul qilish va ajratib olishni murakkablashtiradigan, zararli elektromagnit
nurlanishlar va yo`naltirilishlar kanallarida xalaqitlarni yaratishga qaratilgandir.
Passiv usullar xavfli xabarni darajasining kamayishini yoki xabarlarning
axborotlanganligini pasayishini ta`minlaydilar.
KT larini tuzilmasini ruxsat etilmagan o`zgartirishlardan ximoya qilish usul
va uslublari KT larini ishlab chiqish va ishlatish bosqichlarida algoritmik, dasturli
47
va texnik tuzilmalarni ximoya qilish uchun mo`ljalangan. 2.2-rasmda axborot
qurilmasini dasturiy texnikaviy vositalari keltirilgan.
48
2.2-rasm. Axborot qurilmasini dasturiy texnikaviy vositalari
Axborot qurilmasini dasturiy
texnikaviy vositalari
Ichki vosita
Dasturiy
vositalari
Operatsion
tizim
vositalari
Ma`lumotlar
bazasini
boshqarish
tizimi vositalari
Ilova
vositalari
Texnikaviy
vositalar
Kabel`
tarmog`ining
tuzilishi
Aktiv tarmoq va
telekommunikatsi
ya qurilmalari
Qo`shimcha vositalar
Tarmoqlararo ekran
Ximoyalangan virtual
tarmoqni yaratish vositalari
Kirishni boshqarish va
autentifikatsiya vositalari
Ruxsatsiz kirishni aniqlash
va oldini olish vositalari
Ximoyalanishni taxlil
vositalari
Virusga qrshi ximoya
vositalari
Elektron pochta va WEB
trafiklarni taxlil qilish
vositalari
Kriptografik vositalar
Ochiq kalitlar
infratuzilmasini yaratish
vositalari
Xavfsizlikni boshqarish
vositalari
49
Do'stlaringiz bilan baham: |