Statik ma`lumotlar tuzilmasi
Ma`lumotlar tuzilmasi (MT) ni dasturda ifodalanishining 2 ta usuli mavjud:
1) Statik MT. Bunday tuzilmalar uzunligi (elementlar soni) oldindan aniqlangan bo`ladi va dastur bajarilish mobaynida o`zgarmas hisoblanadi. Elementlar orasidagi munosabatlar ham o`zgarmas bo`ladi. Bunday tuzilmalar elementlar soni ma`lum va o`zgarmas bo`lgan masalalarda yaxshi qo`l keladi. Statik tuzilma elementlariga qanday qiymat berilsa berilaveradi, ammo tuzilma uchun ajratilgan hotira hajmi o`zgartirilmaydi.
2) Dinamik MT. Bu tuzilmalar elementlar soni oldindan ma`lum bo`lmagan hollarda qo`llaniladi. Bunda elementlar soni dastur bajarilishi mobaynida o`zgaruvchan hisoblanadi. Ammo imkoni bo`lsa, dasturchi xotirada ziddiyatlarga duch kelmaslik uchun tuzilma o`lchamini oldindan aniqlasa ham bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |