XULOSA
Axborot xavfsizligi tizimi – davlatning axborot
sohasidagi siyosatini
mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati bilan chambarchas
bog‘laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi davlat siyosatining asosiy tashkil
etuvchilarini yaxlit bir butunlikka biriktiradi. Bu esa axborot xavfsizligining roli va
uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi mavqeini belgilaydi.
Axborot
sohasidagi O‘zbekistonning milliy manfaatlarini, ularga erishishining strategik
yo‘nalishlarini va ularni amalga oshirish tizimlarini o‘zida aks ettiruvchi maqsadlar
yaxlitligi davlat axborot siyosatini anglatadi. Axborot
xavfsizligi sohasida davlat
siyosatini amalga oshirishga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni
iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotiga ko‘maklashish,
axborotni muhofaza
qilishning usul va vositalarini yaratish dolzarb masalalardan biridir. Amaliyot
shuni ko‘rsatadiki, axborotni muhofaza qilishda yetarli darajadagi yutuqlarga
erishish
uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni birgalikda amalga oshirish
zarur. Bu himoyalanadigan axborotning konfedensialligi,
tahdidning tasnifi va
himoya vositalarining mavjudligi bilan belgilanadi. Umumiy holda xavfsizlikni
ta’minlashning kompleks choralariga: – ruxsatsiz foydalanishdan kompleks
himoya
qilish vositalari; – apparat-dasturiy vositalar; – kriptografik muhofaza
qilishning
kompleks vositalari; – injener-texnik tadbirlar; – texnik kanallarni
blokirovkalash kompleks vositalari; – obyektlarni jismoniy qo‘riqlashni
kiritish
mumkin. Bu choralarning har biri boshqasini to‘ldiradi, bironta usulning yo‘qligi
yoki yetishmasligi yetarli darajadagi himoyaning buzilishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Ўзбекистон
Республикасининг
«Давлат
сирларини
сақлаш
тўғрисида»ги 1993 йил 7 май 848-XII-сон қонуни // Ўзбекистон Республикаси
Олий Кенгашининг Ахборотномаси. – 1993. – №5. – 232-м.
Ўзбекистон Республикасининг «Электрон ҳисоблаш машиналари учун
яратилган дастурлар ва маълумотлар базаларининг ҳуқуқий ҳимояси
тўғрисида»ги 1994 йил 6 май 1060-XII-сон қонуни //
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. – 1994.
– №5. – 136-м.
Ўзбекистон
Республикасининг
«Маҳсулотлар
ва
хизматларни
сертификатлаштириш тўғрисида»ги 1993 йил 28 декабрь 1006-XII сон қонуни
// Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. – 1994. –
№2. – 50-м.;
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – 2000.
– №7-8. – 217-м.; 2003. – №5. – 67-м.;
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2006. – №14. –
113-м.; 2006. – №41. – 405-м. Ўзбекистон Республикасининг «Фаолиятнинг
айрим турларини лицензиялаш тўғрисида»ги 2000 йил 25 май 71-II-сон
қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. –
2000. – №5-6. – 142-м.
Ўзбекистон
Республикасининг
«Норматив-ҳуқуқий
ҳужжатлар
тўғрисида»ги 2012 йил 24 декабрь ЎРҚ-342-сон қонуни //
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2012. – № 52.
– 583-м.
Ўзбекистон Республикасининг «Ахборот
эркинлиги принциплари ва
кафолатлари тўғрисида»ги 2002 йил 12 декабрь 439-II-сон қонуни //
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – 2003. – №1.
– 2-м.