Toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlimi fakulteti
O’zbekiston Respublikasi AXBOROT TEXNOLOGIYALARI Va KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH vazirligi TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlimi fakulteti 651-19 GURUH TALABASI MASHRABOV MASHHURBEKNING KOMPYUTERNI TASHKIL ETILISHI FANIDAN BAJARGAN MUSTAQIL ISHI MAVZU : GRAFIK PROTSESSORLARNING ARXITEKTURASI FARG’ONA - 2021 Kirish KOMPYUTER ARXITEKTURASINING ASOSIY TUSHUNCHALARI, RAQAMLI VA MANTIQIY ASOSLARI 1.1 Kompyuterlar arxitekturasini, ularning ko‘p satxli tashkil qilinishi asosida o‘rganish 1.2 Kompyuter arxitekturasining rivojlanishi. Kompyuterlarning turlari KOMPYUTERLAR PROTSESSORLARINING TUZILISHLARI 2.1 Kompyuterlar protsessorlarining tuzilishlari va ularni qanday ishlashlarini o‘rganish bosqichlari 2.2 Zamonaviy kompyuterlarda o‘rnatilayotgan protsessorlar va ularning muhim jihatlari. Mundarija KIRISH KIRISH Hozirda kompyuter injiniringi va dasturiy injiniring, hamda ularga yondosh sohalar mutaxassislari – kompyuterlarda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini qanday tashkil qilinganligini tushunishlari, hamda ulardan kundalik faoliyatlarida foydalana olishlari tobora muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Kompyuterda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari, ya’ni hisoblash jarayonlarining qanday tashkil qilinganligi, ma’lumotlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirib yozish amallari, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, kompyuterda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik choralarini amalga oshirish, hamda multimedia vositalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturiy vositalardan unumli foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llashda – kompyuter arxitekturasiga oid bilimlardan xabardor bo‘lishlik ham talab etilmoqda. Hozirda kompyuter va telekommunikatsion tarmoqlar asosida yaratilgan va yaratilayotgan turli xil tizimlarni, jumladan taqsimlangan va bulutli hisoblash tizimlari kabi tizimlarni ham, o‘ziga xos kompyuterlar deb qarash mumkin bo‘lmoqda. Kompyuter arxitekturasi haqidagi ushbu fanni o‘rganish bilan talaba – kompyuterning qanday tuzilganligini, uning qanday ishlashi va dasturlanishiga oid bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kompyuterning qanday tuzilganligi, qanday ishlashi va dasturlanishiga oid bilimlarni egallash natijasida talabaning kompyuter bilan mutaxassis sifatida muloqot qilish saviyasi va kompyuterning imkoniyatlaridan unumli foydalanish darajasi oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |