Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 3-Topshiriq Bajardi



Download 27,03 Kb.
Sana02.02.2022
Hajmi27,03 Kb.
#426237
Bog'liq
3-topshiriq media ta\'lim


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

3-Topshiriq



Bajardi : 652-18 guruh

talabasi Xolturayev Elbek


Toshkent 2021


  1. Mahalliy va foydalanish mediapedagogikalarda media ta'lim modellarining tasnifini keltiring.

  2. Mahalliy mediapedagogikaning rivojlanishining belgilangan bosqichiga xos bo'lgan turli xil va janrlardagi o'z mediatekstlarini yarating.

1.Masofaviy ta’limda (MT) turli ta’lim modеllari qo‘llaniladi, biroq ularning barchasiga xos bir xususiyat mavjud, bu ham bo‘lsa, unda barcha o‘quvchi va o‘qituvchilar masofa jihatidan ajratilishidir.Masofaviy ta’limda (MT) turli ta’lim modellari qo‘llaniladi, biroq ularning barchasiga xos bir xususiyat mavjud, bu ham bo‘lsa, unda barcha o‘quvchi va o‘qituvchilar masofa jihatidan ajratilishidir.Barcha ta’lim turlari kabi MTning ham har xil modellari mavjud. Bu ta’lim jarayonining quyidagi asosiy tarkibiy qismlari: fan mazmunining bayoni; o‘qituvchilar bilan o‘zaro bevosita va bilvosita muloqot; amaliy topshiriqlarning bajarilishi; talaba bilimini nazorat qilish va baholashdan iborat bo‘ladi. Har bir model shu kabi tarkibni hamda uni amalga oshiruvchi texnologiyalarni qo‘llaydi. MTning turli modellari nafaqat qo‘llaniladigan texnologiyalar, balki boshqarilish darajasi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning mas’uliyati bilan ham farqlanadilar. Hozirgi davrda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ta’lim muassasalarida masofaviy usulda ta’lim berishning ana shu oltita modeli qo‘llanib kelinmoqda:
Eksternat turi bo‘yicha o‘qitish. Bu shaklda o‘qitish quyidagi qulayliklarga ega: birinchidan, iqtidorli talabalar uchun vaqtdan samarali foydalanish imkonini beradi; ikkinchidan, malakasini oshirishga ehtiyoj sezayotgan va shu yo‘nalishda bevosita amaliyotda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarga qisqa muddat davomida o‘z malakalarini oshirish imkoni yaratiladi. Masofaviy usulda eksternat shaklida ta’lim beruvchi oliy ta’lim muassasasi misolida London universitetini ta’kidlash mumkin.
Universitet MT modeli. Faqat bir universitet bazasida shu universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasidagi fanlar AKT asosida tashkil etilgan MT ning texnik vositalari orqali o‘qitiladi. Bunda har bir fan uchun tegishli kafedralar tomonidan tayyorlangan va doimiy boyitilib boruvchi elektron kitoblar har xil turdagi axborot tashuvchilar orqali talabalarga yetkazib turiladi va talabalar o‘zlashtirishi shu kafedralar tomonidan nazorat qilinadi. Bunday shaklning ustuvor tomoni shundaki, ilg‘or texnologiyalar asosida yaratilgan elektron kitoblar shu universitetdagi ta’limning kunduzgi va boshqa shakllari uchun keng qo‘llaniladi. Bunday ta’limning har xil shaklida yagona dastur asosida tayyorlangan elektron kitoblarning qo‘llanishi talabalar bilimining chuqurlashuviga olib keladi va katta iqtisodiy samara beradi. Misol tariqasida, Angliyaning Oksford va Kembridj universitetlarini, Gollandiyaning Sheffild universitetini, Avstraliyaning Janubiy – Uels universitetini, Kanadaning Vaterloo universiteti, Yangi Zelandiyaning Massey universiteti, Pensilvaniya universitetlarini keltirish mumkin.
Bir nechta oliy ta’lim muassasalarining hamkorligiga asoslangan MT modeli. Bir necha ta’lim muassasasi hamkorligida yaratilgan elektron kitoblar va qo‘llanmalar birinchidan, ilmiy jihatdan mukammal va sifatliroq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularga iqtisodiy jihatdan bir muncha kam xarajat qilinadi. Bunday shakldagi MTni Yevropa qit’asidagi ingliz tilida so‘zlashuvchi davlatlar, Buyuk Britaniya hamkorligida «Ta’limda hamkorlik» (Commonweailth of Education – 1997-yil) dasturi bo‘yicha ishlab chiqildi. Buning natijasida, Yevropadagi inglizcha so‘zlashuvchi mamlakatlar fuqarolari o‘z uylarida turib, maxsus tashkil etilgan MT telekommunikatsiya tizimi orqali shu mamlakatlarning universitet va kollejlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Yana bir misol sifatida, Argentina, Boliviya, Braziliya, Chili va Paragvay davlatlari ta’lim muassasalari ishtirokida amalga oshirilayotgan «Keprikon» (Capricorn Interuniverstu Tele-ducation Prograe, 1990-yildan boshlangan) dasturini keltirish mumkin. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi besh mamlakat hamkorligida tashkil etilgan MTda bir tomondan shu davlatlardagi mavjud ilmiy salohiyatllar birlashtirilgan va ularning tajribalari umumlashtirilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ushbu dasturning moliyaviy xarajatlari mutanosib ravishda besh martaga qisqargan.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil qilingan MT modellari. Bunday maxsus tashkil etilgan tizimlar sirtqi va masofaviy shaklda ta’lim oluvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, yangi ta’lim texnologiyalarining keng qamrovli qo‘llanishi natijasida faoliyat yuritadi. Mazkur shaklda telekommunikatsiya tizimidan tashqari, multimedia kurslari keng qo‘llaniladi va buning natijasida talabalarga tahsil berish bilan bir qatorda, ular bilimlarini baholash va attestatsiyadan o‘tkazish imkoniyatlari kengayadi. Ushbu shaklning iqtisodiy tomondan qulayliklari quyidagilardan iborat: yagona dastur asosida tayyorlangan elektron darsliklardan bir necha hamkorlikda faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalarida foydalaniladi; yagona dastur asosida ta’limning turli shakllarida (kunduzgi, sirtqi, masofaviy) tahsil oluvchi talabalarga tegishli fanlardan tayyorlagan elektron kitoblardan foydalanish imkonini beradi; talabalar bilimini baholash va attestatsiya qilishning dasturda umumlashtirilganligi o‘quv soatlari va ortiqcha xarajatlarni iqtisod qiladi; MT dasturlari va elektron kitoblar yaratish xarajatlari hamkorlikda faoliyat yuritayotgan bir necha ta’lim muassasalari o‘rtasida taqsimlanadi; bu jihat, albatta, masofaviy shaklda ta’lim olish shartnoma qiymatlari kamayishiga xizmat qiladi. Bu kabi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etilgan MT shakli keng qo‘llangan o‘quv yurtlariga AQSHning Kolorado shtatida joylashgan Milliy texnologiya universiteti, Londondagi ochiq universiteti, Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti, Ispaniyaning Milliy masofaviy o‘qitish universiteti, Hindistonning Indira Gandi nomli ochiq universitetini misol sifatida keltirish mumkin.
Avtonom o‘qitish modeli. Bu shakldagi o‘qitish dasturlari mustaqil ta’lim olish tamoyilida tashkil etilib, televideniye, radioeshittirishga asoslangan bo‘ladi. Talabalarni o‘qitishda asosiy o‘qitish vositalari bo‘lib, sun’iy yo‘ldosh orqali translyatsiya qilinadigan radio va telelektsiyalar hisoblanadi. Bu holatda mutaxassislarning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, o‘z malakalarini oshirishlari va qo‘shimcha mutaxassisliklarni egallashlarida qulayliklar yaratiladi. Bu kabi tizimga Amerika televizion loyihasini misol qilib, keltirish mumkin. Ushbu modelning asosiy kamchiliklari sun’iy yo‘ldosh orqali uzatiladigan axborotning qimmatliligi va talabalarning belgilangan ma’lum vaqtda yashash joylaridagi markazda bo‘lishlari shart ekanligidir. Boshqacha qilib aytganda, bilim berishning bunday usuli aniq belgilangan vaqt va aniq joyga bog‘liq bo‘ladi.
Multimedia dasturlariga asoslangan, norasmiy, integrallashgan o‘qitish modeli. Bu shakldagi MT tizimi asosan mustaqil malaka oshirish, qo‘shimcha mutaxassislikni egallash va til o‘rganish kabilar bo‘yicha o‘qituvchilar yoki ta’lim muassasalarga murojaat qilish zarurati bo‘lmaydigan dasturlardan iborat bo‘lib, kompyuter va teleradio tizimlari orqali o‘rganish vositasi hisoblanadi va oliy ta’lim tizimida kam qo‘llaniladi. R.Taning va I.Seynonlar chet ellardagi MO‘ texnologiyalaridan foydalanuvchi ta’lim muassasalarida ishlab chiqilgan modellarni o‘rganib, quyidagi uch MT modellarini ajratib ko‘rsatgan: Maslahat modeli. Rasmiy yozishmalar (korrespondentsiya) modeli. Boshqariluvchi mustaqil o‘qitish modeli. T.P.Voronina, V.P.Kashitsin, O.P.Molchanovalar monografiyasida MTning to‘rt modeli ko‘rib chiqiladi, bular: an’anaviy sirtqi, ochiq – televizion ta’lim (teleta’lim), virtual sinflar va virtual universitetlar. Quyida keltirilgan barcha modellarda ta’lim xizmatlarining potentsial iste’molchilari, ommaviy axborot vositalari, radio va televideniye yoki boshqa bir ta’lim muassasasi tanlanib, kirish sinovlaridan o‘tgan va ularning barcha zaruriy hujjatlari rasmiylashtirilgan, deb ko‘zda tutiladi. Bular: Eksternat turida o‘qitish , bir universitet negizida o‘qitish, maxsus masofali o‘qitish maqsadida tashkil etilgan avtonom ta’lim muassasalari modellari YUNESKO tomonidan tan olingan MT modellari: yagonalik modeli, ikkilangan model, aralash model, konsortsium, franchayzing, validatsiya, uzoqlashtirilgan auditoriyalar. Quyida MTning uchta modeli keltirilgan. Albatta, ular MTga bo‘lgan barcha yondashuvlarni aks ettirmaydilar. Lekin ular ta’lim boshqaruvini o‘qituvchidan o‘quvchi tomonga o‘zgarishini ifodalovchi ikkita eng chetki holat va o‘rtacha holatni aks ettiradilar.
2. Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to‘g‘risida fikr yuritilayotganda inson umrining turli Yosh bosqichlarida kechishi, Yosh o‘sishiga va psixik taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta’sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini, er va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o‘ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari xaqidagi fandir. SHuningdek u muayyan yoshdagi insonlarning Yosh o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. SHuning uchun ijtimoiy xayotda, ta’lim-tarbiya jarayonida, guruxlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda Yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonuniyatlarini xisobga olmay turib oqilona hal etib bo‘lmaydi. SHuning uchun xozirgi kunda «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlarininazariy va amaliy jihatdan tadqiq etadi.Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli Yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, xolat va shart sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni xal qilish bilan amaliy maqsadlarni ruyobga chiqaradi. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, YUsuf Xos Xojib, A.Navoiy va boshqa bir qator allomalar Yosh davrlari psixologiyasi mavzusiga doir o‘z qarashlarini bildirganlar.Abu Nasr Farobiyning inson psixikasi haqidagi ahloqiy-falsafiy fikrlari “Hikmat ma’nolari”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va aksidensiyalarning shakllariga qarab bo‘linishi” kabi asarlarida o‘z aksini topgan. Abu Rayxon Beruniy kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-qisqaligi kabilarning umumiy hayot xususiyatlaridagi ahamiyati haqida o‘zining “O‘tmish yodgorliklari” deb nomlangan asarida bayon qilgan. Allomaning fikricha, inson uzoq umr ko‘rishining sabablari biologik va irsiy omillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ibn Sino inson umri va Yosh o‘sishi bilan bog‘liq xolda kechadigan psixik taraqqiyot masalalari xususida hamda inson shaxsini shakllantirish muammolarini “Odob haqida” risolasi orqali bayon qilgan. SHuningdek Ibn Sino “Tib qonunlari” nomli asarida inson organizmining tuzilishi, undagi nerv tolalari va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar xususida bir qancha ma’lumotlar keltirgan."Ta'lim psixologiyasi" atamasi ikki xil fanni anglatadi. Ulardan biri psixologiyaning birinchi bo'limi bo'lgan fundamental fan. U ta'lim va tarbiya jarayonining mohiyati va qonuniyatlarini o'rganishga mo'ljallangan.Amaliy fan bir xil atama ostida rivojlanmoqda - "ta'lim psixologiyasi", uning maqsadi psixologiyaning barcha sohalari yutuqlaridan pedagogik amaliyotni takomillashtirishda foydalanishdir. Chet elda psixologiyaning ushbu amaliy qismi ko'pincha maktab psixologiyasi deb ataladi."Ta'lim psixologiyasi" atamasini P.F. Kapterev 1874 yilda (Kapterev P.F., 1999; referat). Dastlab, u pedagogika va psixologiya o'rtasidagi chegara pozitsiyasini egallaydigan fanlarni belgilash uchun qabul qilingan boshqa atamalar bilan bir qatorda mavjud edi: "pedologiya" (O. Xrisman, 1892), "eksperimental pedagogika" (E.Meyman, 1907). Eksperimental pedagogika va ta'lim psixologiyasi dastlab bir xil bilim sohasining turli nomlari sifatida talqin qilingan (L.S.Vyotskiy, P.P. Blonskiy) (qarang Media kutubxonasi). XX asrning birinchi uchdan bir qismida. ularning ma'nolari farqlandi. Eksperimental pedagogika eksperimental psixologiya ma'lumotlarini pedagogik haqiqatga tatbiq etishga qaratilgan tadqiqot sohasi sifatida tushunila boshlandi; ta'lim psixologiyasi - nazariy va amaliy pedagogikaning bilim sohasi va psixologik asoslari sifatida. (qarang Chrest. 1.1)Pedagogik psixologiya ta'lim va tarbiya sharoitida insoniyat rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadigan psixologiyaning bir bo'limi. Bu pedagogika, bolalar va differentsial psixologiya, psixofiziologiya bilan chambarchas bog'liq.Ta'lim psixologiyasini ko'rib chiqishda, boshqa har qanday fan sohasi singari, avvalambor, uning ob'ekti va predmeti tushunchalarini ajratib ko'rsatish kerak.Umumiy ilmiy talqinda fan ob'ekti bu fan yo'naltirilgan voqelik sohasi sifatida tushuniladi. Ko'pincha o'rganish ob'ekti fan nomiga o'rnatiladi.Ilm-fan predmeti - bu fan predmetining u tomonidan namoyish etiladigan tomoni yoki tomonlari. Agar ob'ekt fandan mustaqil ravishda mavjud bo'lsa, unda ob'ekt u bilan birga shakllanadi va uning kontseptual tizimida o'rnatiladi. Ob'ekt ob'ektning barcha tomonlarini qamrab olmaydi, garchi u ob'ektda etishmayotgan narsalarni o'z ichiga olishi mumkin. Ma'lum ma'noda fanning rivojlanishi bu uning predmetini rivojlantirishdir.Har bir ob'ektni ko'plab fanlar o'rganishi mumkin. Demak, inson fiziologiya, sotsiologiya, biologiya, antropologiya va boshqalar tomonidan o'rganiladi. Ammo har bir fan o'z mavzusiga asoslangan, ya'ni. u ob'ektda aniq nimani o'rganmoqda.Turli mualliflarning nuqtai nazarlarini tahlil qilishdan ko'rinib turibdiki, ko'plab olimlar ta'lim psixologiyasining maqomini har xil yo'llar bilan belgilaydilar, bu esa ta'lim psixologiyasi mavzusi masalasini hal qilishning noaniqligini ko'rsatishi mumkin (animatsiyaga qarang).Masalan, V.A. Krutetskiy ta'lim psixologiyasi "bilim, ko'nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini o'rganadi, bu jarayonlardagi individual farqlarni o'rganadi ... maktab o'quvchilarida ijodiy faol fikrlashni shakllantirish qonuniyatlari ... psixikadagi o'zgarishlar, ya'ni aqliy neoplazmalar "(Krutetskiy VA, 1972.S. 7).Butunlay boshqa nuqtai nazar V.V. Davydov. U ta'lim psixologiyasini rivojlanish psixologiyasining bir qismi sifatida ko'rib chiqishni taklif qiladi. Olim buni har bir yoshning o'ziga xosligi talabalar tomonidan bilimlarni o'zlashtirish qonunlarining namoyon bo'lish xususiyatini belgilashi bilan tasdiqlaydi, shuning uchun u yoki bu fanni o'qitish boshqacha tuzilishi kerak. Bundan tashqari, ma'lum bir yoshdagi ba'zi fanlarga talabalar umuman kirishlari mumkin emas. V.V.ning bu pozitsiyasi Davydov rivojlanishning roli, uning ta'lim jarayoniga ta'sirini ta'kidlaganligi bilan bog'liq. U o'rganishni shakl, rivojlanishni esa unda amalga oshiriladigan tarkib deb biladi.
Download 27,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish