Unicon.uz
Yaratilish tarixi
1992 yilda aloqa va axborotlashtirish sohasining ilmiy tashkiloti sifatida Ilmiy-tadqiqot markazi (ITM) tashkil etildi.
Markaz yaratilganidan beri xalqaro hujjatlar bilan uyg‘unlashtirilgan tarmoqning normativ-huquqiy va qonun hujjatlari bazasini yaratish bo‘yicha ishlar, yangi telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish Markazning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.
1994—1996 yillarda ITM Farg‘ona, Sirdaryo, Andijon, Buxoro va Toshkent viloyatlarining shaharlarida telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish ishlarida faol ishtirok etdi.
1995 yilda Markaz qoshida Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish organi, so‘ng 1996 yilda – Sertifikatlashtirish sinov markazi (SSM) tashkil etildi, ularning ikkisi ham O‘zstandart agentligida akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
1997 yilda ITM sohaning standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkiloti va asos metrologiya xizmati sifatida O‘zstandart agentligida ro‘yxatga olingan.
1997 yilning avgust oyida aloqa sohasidagi qayta o‘zgartirishlar va O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga qayta nomlanishi munosabati bilan ITM, unga yangi vazifalar yuklangan holda, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi (FTMTM) nomi bilan qayta nomlandi.
1998 yilda «Axborotnoma» tarmoq byulletenini chop etish boshlandi.
1998 yilda FTMTM 9000 seriyasidagi ISO xalqaro standartlari asosida tarmoqda sifat tizimini yaratish va qo‘llash bo‘yicha asosiy tashkilot sifatida belgilandi.
1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan FTMTM ishtirokida ishlab chiqilgan «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
2001 yilda Frantsiya davlati tomonidan ajratilgan grant bo‘yicha «Chorvoq» RTSda quvvati 5 kilovattdan iborat birinchi tajribali shamol-quyosh qurilmasi qurildi.
2002 yildan 2004 yilgacha davr mobaynida FTMTM ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonunlari ishlab chiqildi.
2002 yilda elektromagnit moslashuvini tahlil qilish xizmati tashkil etildi.
2005 yilda quyidagilar tashkil etildi:
- «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonunni amalga oshirish maqsadida aloqa va axborotlashtirish sohasida Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazi, bunda FTMTM elektron raqamli imzoni qo‘llash sohasida O‘zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining ijroiya organi sifatida belgilandi;
2006 yilda ma’lumotlarni shifrlash algoritmi bo‘yicha birinchi davlat stangdarti ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Milliy kriptoprovayder ishlab chiqildi.
2007 yili «Axborotkommunikatsiyalar: Tarmoqlar, Texnologiyalar, Echimlar» soha jurnali tashkil etildi. Elektron hujjat aylanish tizimi «E-Hujjat» birinchi ko‘rinishi chiqdi va tajribada qo‘llash uchun birinchi shartnoma tuzildi.
2009 yili - "UNICON.UZ" davlat unitar korxona yangi brendi yaratildi. Shu yili:
- himoyalangan elektron pochta «E-Xat»;
- fayllarni saqlash himoya tizimi «HIMFAYL»;
- apparat-dasturiy moslama «E-kalit» ishlab chiqildi.
- umumiy va maxsus texnik reglamentlar «Telekommunikatsiya uskunalariga talablar», «Elektromagnit moslashuvchanlik to‘g‘risida», «Ochiq kalitlar infrastrukturasiga talablar» va «Pochta aloqasida xavfsizlik talablari»ni ishlab chiqish boshlandi.
2011 yili Aks-sadosiz ekranli kamerali laboratoriya majmuasi Sertifikatsiya sinov markazi ishga tushdi.
2013 yili «E-Xsud» axborot tizimi ishlab chiqilishi boshlandi.
2015 yili «E-IJRO» platformasi negizida idoralararo yagona elektron o‘zaro tizimi ishlab chiqildi.
2017 yili «E-IJRO» negizida milliy tizim «IJRO.GOV.UZ» ishlab chiqildi.
2018 yili. “Web A Calibley” texnologiya asosida shifrlash brauzeri uchun dasturiy modulga UZ.SMT. 01.215.0954787 26.11 2018y muvofiqlik sertifikati berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |