Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari. Shaxsiy kompyuterni
ishga tayyorlash va o„chirish tartiblari mavjud. Avvalambor kompyuterning
tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki
110 kuchlanishli yelektr tarmoqlarida ishlashi mumkin. Shaxsiy komppyuterlar
uchun kuchlanishninguzgarishi, ayniqsa keskin o„zgarishlar xavfli bo„lishi
mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki yelektr quvvatining
uzluksizligini ta‟minlovchi - URS qurilmasidan foydalanish tavsiya yetiladi.
Maxsus URS qurilmasi yelektr quvvatini o„zgarmas xolda ushlab turadi, xamda
yelektr manbai o„chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida komppyuter
ishlashini ta‟minlab turadi. Bu vaqt komppyuterda bajarilayotgan ishlarni
tugatish uchun yetarlidir. masalan, kerakli ma‟lumotlarni diskka yozib qo„yish
yoki programmalar ishini tugatish uchun va xokazo.
III bob bo„yicha xulosalar
Xulosa qilib aytganda ushbu bob «Dasturlash asoslari» fani bo‘yicha
kompyuter imitatsion modeli yaratishga bag‘ishlangan bo‘lib, datslab
algoritmga doir tushunchalarning kompyuter imitatsion modelini yaratish
bo‘yicha ishlar olib borilgan. Shuning bilan birga operatorga doir
tushunchalarning kompyuter imitatsion modelini yaratish masalasi ham ko‘rib
chiqilgan.
Algoritm va operatorga doir tushunchalarni kompyuter imitatsion modeli
yordamida talabalarga yetkazish ularning mazmun, mohiyatini ochib berishda
katta imkoniyat yaratishi ta’kidlangan.
71
«Dasturlash asoslari» fani bo‘yicha yaratilgan kompyuter imitatsion
modeli talabalar uchun muhim dasturiy vosita bo‘lib xizmat qiladi hamda
unda ishlashni qisqa muddatda va oson o‘zlashtirish imkoniyatini beradi.
72
XULOSA
Magistrlik dissertasiyasida ishlab chiqilgan nazariy va amaliy natijalar
quyidagi xulosalarga olib keldi.
1. «Dasturlash asoslari» fanining ma‟ruza, amaliyot darslari va mustaqil
ishlash soatlaridagi mavzular o„rganib chiqilib, ularni o„rgatishni kompyuter
imitatsion modeli asosida o„qitish afzalligi asoslandi.
2. Kompyuter imitatsion modellari ma‟lumotlarni ongli ravishda bir-biriga
to„g„ri keladigan (uyg„un) holda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu esa
zamonaviy kompyuterlardan foydalangan holda bilimni har xil shakllarda
taqdim etish imkoniyatini beradi. Bunday uslublardan biri kompyuter imitatsion
modeli asosida o„quv materiallarini taqdim etish metodikasi bilan bog„liq
ekanligi asoslandi.
3. «Dasturlash asoslari» fani yangi axborot texnologiyalari, multimediali
dasturiy vositalar bilan tanishish, ular bilan ishlashni o„rganish, ularni boshqa
sohalarda qo„llay olish bo„yicha kerakli bilim va ko„nikma hosil qiladi.
Magistrlik dissertasiyasida axborot texnologiyalarining multimedia vositalari
asosida o„quv materiallarini kompyuter imitatsion modelini yaratish asoslandi.
4. «Dasturlash asoslari» fanini o„qitishda kompyuter imitatsion modelini
yaratish bo„yicha izlanishlar olib borildi. Izlanishlar natijasida fan bo„yicha
o„rgatiladigan algoritm va operatorlarga doir tushunchalar tanlab olindi.
5.
Kompyuter
imitatsion
modelini
yaratish
jarayonida
axborot
texnologiyalarining Macromedia Flash, AutoPlay Media Studio 8 va HTML
dasturiy vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi asoslandi.
6. «Dasturlash asoslari» fanini o„qitishda tanlab olingan algoritm va
operatorlarga doir tushunchalarning kompyuter imitatsion modellari yaratildi.
73
«Dasturlash asoslari» fanidan yaratilgan kompyuter imitatsion modelidan
axborot texnologiyalari yo„nalishida ta‟lim olayotgan talabalarni o„qitish
jarayonida foydalanish mumkin. Kompyuter imitatsion modelini yaratish
usulidan barcha fan o„qituvchilari asos sifatida foydalanishlari mumkin.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |