Toshkent axborot texnologiyalar universiteti samarqand filiali


Sharti  keyin  tekshiriladigan  takrorlash  operatori



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/58
Sana26.04.2020
Hajmi1,37 Mb.
#47374
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58
Bog'liq
dasturlash asoslari fani boyicha kompyuter imitatsion modeli yaratish

Sharti  keyin  tekshiriladigan  takrorlash  operatori.  Ko„pgina  hollarda 

takrorlanuvchi  jarayondagi  takrorlanishlar  soni  oldindan  ma‟lum  bo„lmaydi, 

sikldan  chiqish  esa  berilgan  shartning  bajarilish  yoki  bajarilmasligiga  bog„liq 

bo„ladi.  Bu  hollarda  shart  bo„yicha  takrorlash  operatoridan  foydalaniladi. 

Paskalda  bunday  operatorlar  ikkita:  sharti  oldin  qo„yilgan  takrorlash  operatori 

(while) va sharti keyin qo„yilgan takrorlash operatori (repeat).  

Sharti  keyin  qo„yilgan  takrorlash  operatorining  umumiy  ko„rinishi 

quyidagicha:  

     repeat S1,S2,...,Sn untel B 

bu yerda repeat (takrorlamoq), untel (gacha) - xizmatchi so„zlar,  S1,S2,S3,...,Sn 

sikl  tanasini  tashkil  etuvchi  operatorlar  ketma  ketligi,  V-mantiqiy  ifoda.  Bu 

operatorda  sikl  tanasida  joylashgan  operatorlar  bir  marta  va  undan  ortiq 

bajarilishi  mumkin.  Bu  jarayon  qo„yilgan  mantiqiy  ifoda  rost  (true)  qiymat 

qabul qilgunga qadar davom etadi. 

Repeat  operatorining  while  operatoridan  farqi  shundaki,  bunda  eng  avval 

operatorning  qiymati  hisoblanib,  so„ngra  qo„yilgan  shart  tekshiriladi.  Bu    esa 

bunda  berilgan  operatorning  hyech  bo„lmaganda  bir  marta  bajarilishiga  imkon 

yaratadi. 

Sharti  keyin  tekshiriladigan  takrorlash  operatorining  ishlash  prinsipini 

ko„rsatish  uchun  bu  yerda  ham  misollarga  murojaat  qilamiz.  Quyida  berilgan 

misolda  sharti  keyin  tekshiriladigan  takrorlash  operatori  ishlash  prinsipining 

imitatsion modelini ishlab chiqamiz va u asosida ma‟ruza va amaliyot darslarini 

o„tishning afzallik tomonlarini ko„rsatamiz (3.2.9-rasm). 



 

61 


1-misol.  S= 

n

i

i

1

2



 yig„indini hisoblash dasturini tuzish. 

 

3.2.9-rasm. Sharti keyin tekshiriladigan takrorlash operatori imitatsion 



modelining bajarilish jarayoni. 

 

Bu  yerda  ham  xuddi  yuqoridagi  misollardagi  kabi  rasmda  sharti  keyin 



tekshiriladigan takrorlash operatorining ishlash prinsipi aniq misolda imitatsion 

model yordamida ko„rsatib boriladi. Ushbu rasmdan ko„rinib turibdiki, berilgan 

misolda  sharti  keyin  tekshiriladigan  takrorlash  operatorining  ishlashi  har  bir 

band  uchun  ko„rsatib  boriladi.  Bunday  usulda  sharti  keyin  tekshiriladigan 

takrorlash operatorini talabalarga tushuntirish bu operatorning ishlash prinsipini 

to„liq o„zlashtirishga imkoniyat yaratadi.  

Dasturlashtirish tilining murakkab operatorlaridan biri bu prosedura va 

prosedura-funksiyalardir. Proseduraning murakkablik tomoni shundan 

iboratki, uning ishlash prinsipini talabalar hamma vaqt ham to„g„ri talqin 

qila olmaydilar. Buning boisi proseduradagi formal va faktik 

parametrlarning o„zaro bog„liqligini va murojaatdan keyin boshqarishni 

undan keyingi operatorga uzatilishini to„g„ri tushuna olmasligidir. 

Amaliyotda talabalar proseduradan foydalanayotganda uning ish 

jarayonini har bir bandini nazorat qilish muhim ekanligini tushunib 

yetmaydilar. Masalan, prosedura dasturda qo„llanilganda unga murojaat 

qilish proseduraning nomi va faktik parametrlari orqali amalga oshirilib, 

uning tanasidagi operatorlar ketma-ketligi bajarilgandan so„ng boshqarish 

murojaat qilingan joydan keyingi operatorga uzatiladi. Bu jarayonni 

talabalar to„g„ri talqin qila olmasliklari mumkin. Proseduraning ishlash 



 

62 


prinsipini talabalarga tushuntirishning qulay metodlaridan biri – bu uning 

imitatsion modelini yaratish orqali yetkazishdir. Proseduraning ishlash 

prinsipini imitatsion model yordamida talabalarga tushuntirganda undagi 

mavjud faktik va formal parametrlarning o„zaro bog„liqligi, 

hisoblashlarning bajarilish jarayoni, murojaatdan so„ng boshqarilishning 

kerakli joyga uzatilishi kabi muhim xossalarini oson o„zlashtiradilar.  

Shu bois prosedura va prosedura-funksiyalarning vazifalariga batafsil 

to„xtalamiz va ularning ishlash prinsipini imitatsion model yordamida 

aniq misollarda ko„rsatamiz.   


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish