Toshkent Axborot Tehnalogiyalari Universiteti
KIF talabasi Ergashev Abduraxmonning Fizika fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi.
Tekshiruvchi : Ganiyev Abror
Maksvell taqsimot qonunini tajribada tekshirilishi.
Diyorshox Maksvell taqsimoti - statistik muvozanat holatida turgan fizik sistema tarkibidagi klassik mexanika qonunlariga boʻysunuvchi zarralar (molekula, atom, elektron va boshqalar) ning tezlik boʻyicha taqsimlanishi qonunidir. 1859-yilda J. K. Maksvell aniqlagan. Maksvell taqsimotiga, asosan, statistik muvozanat holatidagi gazda ixtiyoriy molekula tezligi ning koordinatalardagi proyeksiyalarining mos ravishda erishishi mumkin boʻlgan istalgan vx,vy, vz kattaliklarga toʻgʻri keluvchi birlik intervaldagi qiymatlardan birortasiga teng boʻlish ehtimolligini ifodalaydi. Maksvell taqsimoti birinchi marta 1920-yilda nemis fizigi O. Shtern tomonidan qizdirish natijasida kumush atomlarining bugʻlanib chiqib turishidan foydalanib oʻtkazgan tajribalarida toʻla tasdiqlangan.
Molekulyar-kinetik nazariyaga asosan, to‘qnashishlarda molekula tezligi o‘zgarishiga qaramay, gazdagi m0 massali molekulalarning o‘rtacha kvadratik tezligi, T = const bo‘lganida, muvozanat holatida o‘zgarmas qoladi va quyidagiga teng bo‘ladi: Bu esa, muvozanat holatda bo‘lgan gazda molekulalarning tezlikka bog‘liq qandaydir taqsimoti o‘rnatilishini tushuntiradi. Bu taqsimotning aniq statistik qonunga bo‘ysunishi Maksvell tomonidan nazariy isbotlandi.
Maksvell bu taqsimotni nazariy keltirib chiqarishda, gaz bir xil
temperaturada, betartib issiqlik harakati holatida bo‘lgan ko‘p miqdordagi N ta bir
xil molekulalardan iborat bo‘ladi, deb faraz qildi. Maksvell qonuni molekulalarning tezlik bo‘yicha taqsimot funksiyasi deb ataladigan qandaydir f(v) funksiya bilan ifodalanadi. Agar molekulalarning t7ezliklari diapazonini dv ga teng kichik bo‘lakchalarga bo‘lsak, har bir tezliklar intervaliga, shu tezliklarga ega bo‘lgan molekulalarning qandaydir dN(v) miqdori to‘g‘ri keladi.
Demak, f(v) taqsimot funksiya tezliklari v dan v + dv gacha intervalda yotadigan molekulalarning nisbiy sonini belgilaydi .
Yoki .
Maksvell ehtimollik nazariyasi usulini qo`llab,
f(v) funksiyani - ideal gaz molekulalarining
tezligi bo`yicha taqsimot qonunini keltirib chiqaradi.
dN(v)
______
N
dN(v)
______
N
= f(v)dv , f(v) =
dN(v)
______
Ndv
f(v) = 4π v e
m0
________
2πkT
( )
3/2
2
m0v
____
2kt
Kompyuter orqali Maksvell taqsimotini tekshirish
Buning uchun sichqoncha bilan ekrandagi “Pause” tugmachasini bosish zarur. Kompyuter monitoridagi tasvirni diqqat bilan ko’zdan kechirib, ekranning chap qismidagi berk hajm bo’ylab harakatlanayotgan zarrachalar tizimiga e’tibor qaratamiz. Ular bir-birlari bilan va idish devori bilan absolyut elastik to’qnashmoqda. Zarralar soni 100 ga yaqin va bu tizim bemalol Ideal gazning mehanik modeli bo’la oladi. “Рause” tugmachasini yana bosish yordamida molekulalar harakatini to’xtatib oniy suratlarni qo’lga kiritish mumkin. “Reset” tugmachasi malumotlarni tozalash vazifasini bajaradi.
Xulosa
Maksvell taqsimotiga ko`ra bir xil sharoitda va bir xil temperaturada gazlarning tezliklari har xil bo`lishini bildim. Tezliklar farqi zarrachalar farqiga to`g`ri proporsionalligini bildim.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Q.P.Abduraxmanov, O‘.Egamov. FIZIKA. Darslik. Toshkent. 2015 y.
2. Q.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. FIZIKA. Darslik. Toshkent.2018 y.
3. https://www.wikipedia.org
Do'stlaringiz bilan baham: |