Toshkent axborot axborot lashtirish texnologiyalari



Download 12,16 Mb.
bet62/136
Sana09.06.2022
Hajmi12,16 Mb.
#646054
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   136
Bog'liq
2-9

Ekranlovchi marshrutizator (screening router) (paketli filtr - packet filter deb ham ataladi) xabarlar paketini filtrlashga atalgan ichki va tashqi tarmoqlar orasida shaffof aloqani ta’minlaydi. U OSI modelining tarmoq sathida ishlaydi, ammo o‘zining ayrim funksiyalarini bajarishida etalon modelining transport sathini ham qamrab olishi mumkin.
Ma’lumotlarni o‘tkazish yoki yaroqsiz holda chiqarish xususidagi qaror filtrlashning berilgan qoidalariga binoan har bir paket uchun mustaqil qabul qilinadi. Qaror qabul qilishda tarmoq va transport sath-lari paketlarining sarlavhalari tahlil etiladi (6.6-rasm).

Har bir paketning IP- va TCP/UDP - sarlavhalarining tahlilla-nuvchi hoshiyalari sifatida quyidagilar ishlatilishi mumkin:


—jo'natuvchi adresi;


qabul qiluvchi adresi;


paket xili;


paketni fragmentlash bayrog'i;


manba porti nomeri;


qabul qiluvchi port nomeri.


6 .6 -rasm . P a k e tli filtr n i ishlash sxem asi.

Birinchi to^rtta parametr paketning IP-sarlavhasiga, keyingilari esa TCP-yoki UDP sarlavhasiga taalluqli. Jo'natuvchi va qabul qiluvchi adreslari IP-adreslar hisoblanadi. Bu adreslar paketlarni shakllantirishda toMdiriladi va uni tarmoq bo‘yicha uzatganda o'zgarmaydi.


Paket xili hoshiyasida tarmoq sathiga mos keluvchi ICMP protokol kodi yoki tahlillanuvchi IP-paket taalluqli boMgan transport sathi proto-kolining (TCP yoki UDP) kodi boMadi.


Paketni fragmentlash bayrogM IP-paketlar fragmentlashining borligi yoki yo‘qligini aniqlaydi. Agar tahlillanuvchi paket uchun fragmentlash bayrogM o'matilgan boMsa, mazkur paket fragmentlangan lP-paketning qism paketi hisoblanadi.


Manba va qabul qiluvchi portlari nomerlari TCP yoki UDP drayver tomonidan har bir jo'natiluvchi xabar paketlariga qo‘shiladi va jo'natuvchi ilovasini hamda ushbu paket atalgan ilovani bir ma’noda identifikatsiyalaydi. Port nomerlari bo'yicha filtrlash imkoniyati uchun yuqori sath protokollariga port nomerlarini ajratish bo'yicha tarmoqda qabul qilingan kelishuvni bilish lozim.

Har bir paket ishlanishida ekranlovchi marshrutizator berilgan qoi-dalar jadvalini, paketning to'liq assotsiatsiyasiga mos keluvchi qoidani topgunicha, ketma-ket ko'rib chiqadi. Bu yerda assotsiatsiya deganda berilgan paket sarlavhalarida ko'rsatilgan parametrlar majmui tu-shuniladi. Agar ekranlovchi marshrutizator jadvaldagi qoidalaming bi-rortasiga ham mos kelmaydigan paketni olsa, u xavfsizlik nuqtai nazari-dan, uni yaroqsiz holga keltiradi.


Paketli fiitrlar apparat va dasturiy amalga oshirilishi mumkin. Paketli filtr sifatida oddiy marshrutizator hamda kiruvchi va chiquvchi paketlami filtrlashga moslashtirilgan, serverda ishlovchi dasturdan foy­ dalanish mumkin. Zamonaviy marshrutizatorlar har bir port bilan bir necha o'nlab qoidalarni bog'lashi va kirishda, ham chiqishda paketlarni filtrlashi mumkin.


Paketli filtrlaming kamchiligi sifatida quyidagilami ko'rsatish mumkin. Ular xavfsizlikning yuqori darajasini ta’minlamaydi, chunki faqat paket sarlavhaiarini tekshiradilar va ko'pgina kerakli funksiyalami madadlamaydi. Bu funksiyalarga, masalan, oxirgi uzellarni autentifi­ katsiyalash, xabarlar paketlarini kriptografik berkitish hamda ularning yaxlitligini va haqiqiyligini tekshirish kiradi. Paketli fiitrlar dastlabki adreslami almashtirib qo'yish va xabarlar paketi tarkibini ruxsatsiz o'zgartirish kabi keng tarqalgan tarmoq hujumlariga zaif hisoblanadilar. Bu xil brandmauerlarni «aldash» qiyin emas - filtrlashga ruxsat beruvchi qoidalarni qondiruvchi paket sarlavhaiarini shakllantirish kifoya.


Ammo paketli filtrlaming amalga oshirilishining soddaligi, yuqori unumdorligi, dasturiy ilovalar uchun shaffofligi va narxining pastligi, ulaming hamma yerda tarqalishiga va tarmoq xavfsizligi tizimining ma-jburiy elementi kabi ishlatilishiga imkon yaratdi.




Seans sathi shlyuzi, (ekranlovchi transport deb ham yuritiladi) vir­ tual ulanishlami nazoratlashga va tashqi tarmoq bilan o'zaro aloqa qil-ishda IP-adreslarni translatsiyalashga atalgan. U OSI modelining seans sathida ishlaydi va ishlash jarayonida etalon modelning transport va
tarmoq sathlarini ham qamrab oladi. Seans sathi shlyuzining himoyalash fimksiyalari vositachilik funksiyalariga taalluqli.

Virtual ulanishlarning nazorati aloqani kvitirlashni kuzatishdan hamda o'matilgan virtual kanallar bo'yicha axborot uzatilishining na-zoratlashdan iborat. Aloqani kvitirlashning nazoratida seans sathida shlyuz ichki tarmoq ishchi stansiyasi va tashqi tarmoq kompyuteri ora-sida virtual ulanishni kuzatib, so'ralayotgan aloqa seansining joizligini aniqlaydi.


Bunday nazorat TCP protokolining seans sathi paketlarining sar-lavhasidagi axborotga asoslanadi. Ammo TCP-sarlavhalami tahlillashda paketli filtr faqat manba va qabul qiluvchi portlarining nomerini tek-shirsa, ekranlovchi transport aloqani kvitirlash jarayoniga taalluqli boshqa hoshiyalami tahlillaydi.


Aloqa seansiga so‘rovning joizligini aniqlash uchun seans sathi shlyuzi quyidagi harakatlami bajaradi. Ishchi stansiya (mijoz) tashqi tarmoq bilan bog'lanishni so'raganida, shlyuz bu so'rovni qabul qilib uning filtrlashning bazaviy mezonlarini qanoatlantirishini, masalan, server mijoz va u bilan assotsiatsiyalangan ismning IP-adresini aniqlay olishini tekshiradi. So'ngra shlyuz, mijoz ismidan harakat qilib, tashqi tarmoq kompyuteri bilan ulanishni o‘matadi va TCP protokoli bo'yicha kvitirlash jarayonining bajarilishini kuzatadi.


Bu muolaja SYN (Sinxronlash) va ACK (tasdiqlash) bayroqlari orqali belgilanuvchi TCP-paketlami almashishdan iborat (6.7-rasm).


SYN bayroq bilan belgilangan va tarkibida ixtiyoriy son, masalan, 1000, bo'lgan TCP seansining birinchi paketi mijozning seans ochishga so'rovi hisoblanadi. Bu paketni olgan tashqi tarmoq kompyuteri javob tariqasida ACK bayroq bilan belgilangan va tarkibida olingan paketda-gidan bittaga katta (bizning holda 1001) son bo'lgan paketni jo'natadi. Shu tariqa, mijozdan SYN paketi olinganligi tasdiqlanadi. So'ngra, teskari muolaja amalga oshiriladi: tashqi tarmoq kompyuteri ham mi­ jozga uzatiluvchi ma’lumotlar birinchi baytining tartib raqami bilan (masalan, 2000) SYN paketini jo'natadi, mijoz esa uni olganligini, tarkibida 2001 soni bo'lgan paketni uzatish orqali tasdiqlaydi. Shu bilan aloqani kvitirlash jarayoni tugallanadi.



0




Ichki tarmoq

Tashqi tarmoq

ishchi stansiyasi

xosti

SYN (1000)







Aktiv taraf

Passiv taraf







ACK (1001), SYN (2000)







ACK (2001)




Ulanish

ACK, ma’lumotlar

Ulanish

o‘matilgan

o‘matilgan


Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish