Toshkent axborot axborot lashtirish texnologiyalari


Aloqa kanallarida ma’lumotlaroi himoyalash usullari



Download 12,16 Mb.
bet112/136
Sana09.06.2022
Hajmi12,16 Mb.
#646054
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   136
Bog'liq
2-9

10.2. Aloqa kanallarida ma’lumotlaroi himoyalash usullari

Ma’lumotlarni uzatishni himoyalash masalasini yechish usullarin-ing uchta asosiy guruhi mavjud: kanalga mo'ljallangan himoyalash usul­ lari, chekkalararo himoyalash usullari va ulanishga mo'ljallangan hi­ moyalash usullari. Birinchisi har bir kanal uchun mustaqil ravishda ma’lumotlar oqimini himoyalashni ta’minlasa, ikkinchisi har bir xaba­ mi, uni manbadan adresatgacha uzatishda umumiy himoyalashni ta’minlaydi. Uchinchi usul ikkinchi usulning birturi hisoblanadi.




Kanalga mo'ljallangan usullar manba va adresatga bog'liq bo'lmagan holda, alohida uzellar orasidagi alohida aloqa kanali bo'yicha uzatilayotgan xabarlar oqimini himoyalashni ta’minlaydi. Bu xil himoy-ani ta’minlashda buzg'unchinjng uzelga (paketni kommutatsiyalovchi markazga) qaraganda kanalga ta’sir etish qulayligi faraz qilinadi. Undan tashqari, ma’lumotlami uzatish tarmog'idagi uzellami foydalanuvchi terminal larini himoyalagandek himoyalash mumkin emas yoki iqtisod nuqtai nazaridan foydasiz. Ushbu guruh usullarining kamchiligi-qism tarmoq uzellaridan birining ochilishi tarmoq orqali o'tayotgan xabarlar oqimining talaygina qismini ochilishiga olib kelishi mumkin.

Terminallar va tarmoqlar o'rtasidagi aloqa kanallarini kanalga mo'ljallangan himoyalash xarajatlari bevosita daxldor taraflar to­ monidan qoplansada, ma’lumotlarni uzatish qism tarmog'i ichidagi kan­ alga mo'ljallangan himoyalash usullarining umumiy narxi qism tarmoq-dan foydalanuvchilaming barchasi o'rtasida hisoblab chiqilishi mumkin.




Chekkalararo himoyalash usullari xabarlarni manba uzellari va qabul qiluvchi orasida uzatish jarayonida shunday himoyalaydiki, manba va adresat orasidagi aloqa kanallaridan birining ochilishi xabarlar oqimining ochi-lishiga olib kelmaydi. Ushbu usullarning asosiy afzalligi
ulardan foydalanish masalasi alohida foydalanuvchilar orasida, boshqa foydalanuv-chilarni jalb etmasdan, yechilishi mumkin.
Ulanishga mo'ljallangan usullar. Aksariyat qo'llanish sohalarida ma’lumotlami uzatish tarmog'ini manbadan adresatgacha ulanishni yoki virtual kanalni o'rnatish uchun foydalanuvchiga taqdim etiluvchi muhit sifatida tasavvur etish mumkin. Bunday tasavvur etishda himoyaning ulanishga mo'lljallanishi faraz qilinadi, ya’ni har bir ulanish yoki virtual kanal alohida himoyalanadi. Shunday qilib, ulanishga mo'ljallangan
usullar chekkalararo himoyalash usullarining bir turi hisoblanadi. Ulan-ishga mo'ljallangan usullar turli sharoitlarda umumiy himoyaning yu­ qori darajasini ta’minlaydi va himoyaga qo'yiladigan talablar xususidagi foydalanuvchining idrokiga mos keladi. Chunki, ulanishga mo'ljal­ langan axborot konfidensialligini himoyalash usullari asbob-uskunani himoyalashni, masalan, faqat xabarlar manbaida va qabul qiluvchida axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashni ko‘zda tutadi. Ayni vaqtda himoyalashning kanalga mo'ljallangan usullari ruxsatsiz foy­ dalanishdan himoyalashning ma’lumotlarni uzatish tarmog'idagi har bir uzeli tomonidan ta'minlanishini talab etishi mumkin. Ammo ba’zida ikkala usulni qo'llaganda himoyalashning tejamli darajasiga erishiladi.

Ma’lumotlarni uzatishni himoyalashning u yoki bu usulidan foy-dala-nishdagi asosiy vazifalar quyidagi lar:


xabarlar mazmunining fosh qilinishini oldini olish;


xabarlar oqimining tahlillanishini oldini olish;


xabarlar oqimi haqiqiy Ligini buzilganligini aniqlash;


yolg'on ulanishni aniqlash.


Axborot tizimlari yoki ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida ma’lumotlami uzatishni himoyalash usullaridan nafaqat buzg‘unchi ta’siri oqibatlarini aniqlashni, balki, agar oqibatlar vaqtincha xarakterga ega bo'lganida, uzilgan (buzilgan) uzatish jarayonini avtomatik tarzda tiklashni talab etish kerak.


Hozirda yuqorida keltirilgan vazifalarning bajarilishini ta’min­ lovchi himoyalashning standartlashtirilgan mexanizmlari mavjud emas. Har bir muayyan holda ma’lumotlarni uzatish xavfsizligi masalalari ax-borotlami kriptografik o'zgartirish usullari, axborotlami halallarga bar-dosh kodlash usullari, xabarlarning haqiqiyligini ta’minlovchi usullar, tizimlar ishlashining ishonchliligini, yashovchanligini va barqarorligini ta’minlovchi usullarga asoslangan himoyalashning turli mexanizmlarini birgalikda ishlatish orqali hal etiladi.





Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish