Toshkent axborot axborot lashtirish texnologiyalari


Sertifikatlar asosida autentifikatsiyalash



Download 12,16 Mb.
bet44/136
Sana09.06.2022
Hajmi12,16 Mb.
#646054
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   136
Bog'liq
2-9

5.3. Sertifikatlar asosida autentifikatsiyalash

Tarmoqdan foydalanuvchilar soni millionlab 0 ‘lchanganida foy­ dalanuvchilar parollarining tayinlanishi va saqlanishi bilan bog‘liq foy­ dalanuvchi larni dastlabki ro‘yxatga olish muolajasi juda katta va amalga oshirilishi qiyin boMadi. Bunday sharoitda raqamli sertifikatlar asosidagi autentifikatsiyalash parollar qoMlanishiga ratsional alternativ hisobla­ nadi.


Raqamli sertifikatlar ishlatilganida kompyuter tarmogM foydala­ nuvchilar xususidagi hech qanday axborotni saqlamaydi. Bunday ax­ borotni foydalanuvchilarning o‘zi so‘rov-sertifikatlarida taqdim etadilar. Bunda maxfiy axborotni, xususan maxfiy kalitlami saqlash vazifasi foy-dalanuvchilaming o'ziga yuklanadi.


Foydalanuvchi shaxsini tasdiqlovchi raqamli sertifikatlar foydala­ nuvchilar so‘rovi bo'yicha maxsus vakolatli tashkilot-sertifikatsiya markazi CA (Certificate Authority) tomonidan, ma’lum shartlar bajaril-ganida beriladi. Ta’kidlash lozimki, sertifikat olish muolajasining o‘zi ham foydalanuvchining haqiqiyligini tekshirish (ya’ni autentifi­ katsiyalash) bosqichini o‘z ichiga oladi. Bunda tekshiruvchi taraf sertifi-katsiyalovchi tashkilot (sertifikatsiya markazi SA) boMadi.


Sertifikat olish uchun mijoz sertifikatsiya markaziga shaxsini tas­ diqlovchi ma’lumotni va ochiq kalitini taqdim etishi lozim. Zaruriy


ma’lumotlar ro‘yxati olinadigan sertifikat turiga bog‘liq. Sertifikat-siyalovchi tashkilot foydalanuvchining haqiqiyligi tasdig'ini tekshir-ganidan so‘ng o‘zining raqamli imzosini ochiq kalit va foydalanuvchi xususidagi ma’lumot bo‘lgan faylga joylashtiradi hamda ushbu ochiq kalitning muayyan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlagan holda foy-dalanuvchiga sertifikat beradi.

Sertifikat elektron shakl bo‘lib, tarkibida quyidagi axborot boMadi:


ushbu sertifikat egasining ochiq kaliti;


sertifikat egasi xususidagi ma’lumot, masalan, ismi, elektron pochta adresi, ishlaydigan tashkilot nomi va h.;


ushbu sertifikatni bergan tashkilot nomi;


sertifikatsiyalovchi tashkilotning elektron imzosi - ushbu tash­ kilotning maxfiy kaliti yordamida shifrlangan sertifikatsiyadagi maMumotlar.


Sertifikat foydalanuvchini tarmoq resurslariga murojaat etganida autentifikatsiyalovchi vosita hisoblanadi. Bunda tekshiruvchi taraf vazi-fasini korporativ tarmoqning autentifikatsiya serveri bajaradi. Sertifikat-lar nafaqat autentifikatsiyalashda, balki foydalanishning maMum huqu-qlarini taqdim etishda ishlatilishi mumkin. Buning uchun sertifikatga qo‘shimcha hoshiyalar kiritilib ularda sertifikatsiya egasining foy­ dalanuvchilarning u yoki bu kategoriyasiga mansubligi ko'rsatiladi.


Ochiq kalitlaming sertifikatlar bilan uzviy bogMiqligini alohida ta’kidlash lozim. Sertifikat nafaqat shaxsni, balki ochiq kalit mansub-ligini tasdiqlovchi hujjatdir. Raqamli sertifikat ochiq kalit va uning egasi o'rtasidagi moslikni o‘rnatadi va kafolatlaydi. Bu ochiq kalitni almashti­ rish xavfini bartaraf etadi.


Agar abonent axborot almashinuvi bo'yicha sherigidan sertifikat tarkibidagi ochiq kalitni olsa, u bu sertifikatdagi sertifikatsiya markazi-ning raqamli imzosini ushbu sertifikatsiya markazining ochiq kaliti yor­ damida tekshirishi va ochiq kalit adresi va boshqa ma’lumotlari sertifi-katda ko‘rsatilgan foydalanuvchiga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Sertifikatlardan foydalanilganda foydalanuvchilar ro'yxatini ularning parollari bilan korporatsiya serverlarida saqlash zaru-riyati yo‘qoladi. Serverda sertifikatsiyalovchi tashkilotlaming nomlari va ochiq kalitlarining boMishi yetarli.


Sertifikatlarning ishlatilishi sertifikatsiyalovchi tashkilotlaming nisbatan kamligiga va ularning ochiq kalitlaridan qiziqqan barcha shax-slar va tashkilotlar foydalana olishi (masalan, jurnallardagi nashrlar yor­ damida) taxminiga asoslangan.


Sertifikatlar asosida autentifikatsiyalash jarayonini amalga oshirishda sertifikatsiyalovchi tashkilot vazifasini kim bajarishi xususi-dagi masalani yechish muhim hisoblanadi. Xodimlami sertifikat bilan ta’minlash masalasini korxonaning o‘zi yechishi juda tabiiy hisoblanadi. Korxona o‘zining xodimlarini yaxshi biladi va ular shaxsini tasdiqlash vazifasini o‘ziga olishi mumkin. Bu sertifikat berilishidagi dastlabki autentifikatsiyalash muolajasini osonlashtiradi. Korxonalar sertifikat-lami generatsiyalash, berish va ularga xizmat ko'rsatish jarayonlarini avtomatlashtirishni ta’minlovchi mavjud dasturiy mahsulotlardan foy-dalanishlari mumkin. Masalan, Netscape Communi-cations kompaniyasi serverlarini korxonalarga shaxsiy sertifikatlarini chiqarish uchun taklif etadi.

Sertifikatsiyalovchi tashkilot vazifasini bajarishda tijorat asosida sertifikat berish bo'yicha mustaqil markazlar ham jalb etilishi mumkin. Bunday xizmatlami, xususan, Verisign kompaniyasining sertifikat­ siyalovchi markazi taklif etadi. Bu kompaniyaning sertifikatlari xalqaro standart X.509 talablariga javob beradi. Bu sertifikatlar ma’lumotlar himoyasining qator mahsulotlarida, jumladan, himoyalangan kanal SSL protokolida ishlatiladi.





Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish