- Oilaning har bir a’zosi baxtli bo’lish uchun o’zaro ahil bo’lishni muhim deb hisoblaydi
- Oilada katta-kichik o’rtasidagi o’zaro hurmat va tartib muhim hisoblanadi. Oilada bolalarga ota-ona, bobo-buvi, qarindoshlar, umuman olganda yoshi kattalarni hurmat qilishni o’rgatib borishadi
- Koreys oilalarida ota-ona va farzandlar o’rtasidagi aloqalari alohida xususiyatga ega. Koreys ota-onalarining farzandlariga bo’lgan mehr-muhabbati o’zgacha. Shu bois ba’zan bunday haddan ortiq muhabbat bolaning mustaqil bo’lishiga xalaqit beradi. Ota-onalarning farzandiga g’amxo’rlik ma’suliyati kamayib g’amxo’rlik qilish istagida bo’lganlar soni bo’yicha boshqa davlatlardan ustun turadi. Keksa ota-onalarda ham mustaqil yashash hissi ortib boryapti.
- Katta yoshga yetgan farzandlar va keksa ota-onalar o’rtasidagi munosabatlarga kelsak, ota-onaning qattiqqo’lligi va bolani boshqarishi sustlashgan, lekin, o’zaro muloqot ko’payib, munosabatlari ham ijobiy tomonga o’zgarib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |