Farg’ona viloyati O'zbekiston tumani 35-umumiy o’rta ta’lim maktabi Fizika fani o’qituvchisi Madvaliyeva Zuhraxonning 6-sinflarda,,ENERGIYA TURLARI. QUVVAT’’ mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI
1.Tashkiliy qism:
1.Tashkiliy qism:
Salomlashish,
Darsga tayyorgarlikni tekshirish,
Davomat aniqlash,
Yangiliklar bilan tanishish.
2.O’tgan mavzu:
2.O’tgan mavzu:
Energiya deb nimaga aytiladi?
Energiya qanday birlikda o’lchanadi?
Mexanik ish deb nimaga aytiladi?
Mexanik ish qanday birlikda o’lchanadi?
Mexanik ish formulasi qanday?
Energiya deb nimaga aytiladi? Mexanik ish deb nimaga aytiladi? Energiya qanday birlikda o’lchanadi? Mexanik ish formulasi qanday? Jismni 5N kuch ta’sirida 2m ga surganda qancha ish bajarilgan? Energiya.
Energiy so’zi yunoncha ,,faollik’’ degan ma’noni anglatadi.
Energiya –jismlarning ish bajara olish qobilyatini harakterlaydi.
Bu nima degani? Buni hayotiy misol tariqasida tushinamiz. Agar sizning qorningiz och bo’lsa hech bir ishni bajara olmaysiz, hatto o’rningizdan ham tura olmaysiz,ya’ni sizning energiyangiz bo’lmaydi. Yoki ,,bo’sh qop tik turmas’’ degan maqolni ham eshitgansiz.Haqiqatdan ham e’tibor beradigan bo’lsak qopning ichiga biror narsa solmasak u hech qachon tik turmaydi.Yana bir misol mashinalar ham binzin yoki gaz bo’lmasa joyidan bir metr ham siljiy olmaydi.Buning sababi ham mashinananing energiya manbayi o’sha biz aytgan binzin yoki gaz bo’ladi. Energiyaning birligi qilib XBS da [1 J] (1joul) deb qabul qilingan.
Mexanik ish.
Yerda turgan jismga F kuch ta'sir etganda u shu kuch yo'nalishida to‘g‘ri chiziq bo‘ylab S masofaga ko‘chsa, A mexanik ish bajariladi deyiladi.
Ya’ni unga ko’ra formula quyidagicha:
A=FS.
Mexanik ish deb kuch va shu kuch yo’nalishida jism bosib o’tgan yo’lning ko’paytmasiga aytiladi.
Bu yerda: A-mexanik ish, F-ta’sir kuchi,
S-bosib o’tilgan yo’l.
Mexanik ish birligi sifatida ingliz fizigi Jeyms Joul sharafiga [1J] (1joul) qabul qilingan.
Mehanik energiya 2 turga bo’linadi: potensial va kinetik energiyaga.
Bolg'a bilan mix qoqish misolida bolg'ani qancha yuqoriga ko'tarib mixni ursak, taxtaga shuncha chuqurroq kirishini bilamiz. Demak, bolg'aning ish bajara olish qobiliyati, ya'ni energiyasi uning vaziyatiga bog'liq bo'lar ekan.
Jismlarning vaziyati tufayli ega bo'lgan energiyasipotensial energiya deb ataladi.
Berilgan misolda bolg'aning bajargan ishi A=P•h ga teng. Bu ish bolg'aning energiyasi hisobiga bajarilganligi uchun unung potensial energiyasi E = P•h yoki
Ep = mgh
KINETIK ENERGIYA
KINETIK ENERGIYA
Kinetik energiya deb jismning xarakati tufayli olgan enegriyasiga aytiladi.Ya’ni jismlarning tezligi tufayli mavjud bo’ladi.
Jism massasi va tezligi kvadrati ko‘paytmasining yarmisi bilan o’lchanadigan fizik kattalik jismning kinetik energiyasi deyiladi. Kinetik energiya jism harakatining miqdoriy o‘lchovidir.
E=m
Mexanik energiya Kinetik energiya: Jismlarning tezlik energiyasi Potensial energiya:Jismlarning holat energiyasi E=m
1(J) (joul)
1(J) (joul)
E=mgh
Aynan bir xil ishni bajarish uchun turlicha vaqt kerak bo'lishi mumkin.
Aynan bir xil ishni bajarish uchun turlicha vaqt kerak bo'lishi mumkin.
Masalan, 10 000 ta g'ishtni 300 m ga tashish uchun ikki kishi kuni bilan ishlashi kerak bo'lsa, mashinada bu ishni bir necha minutda bajarish mumkin. Ishni tez yoki sekin bajarilishini ko'rsatadigan kattalik sifatida quvvat tushunchasini kiritamiz. Quvvat deganda vaqt birligi ichida (1 sekundda) bajarilgan ish tushuniladi..
Quvvatni Nbilan belgilasak, uni topish uchun bajarilgan ishni, shu ishni bajarish uchun ketgan vaqtga bo'lish kerak.
N=N – quvvat, A – ish, t – vaqt.
Quvvatning o’lchov birligi sifatida Vatt qabul qilingan. Bu birlik birinchi bo'lib bug' mashinasini o'ylab topgan ingliz ixtirochisi J. Vatt (Uatt) sharafiga qo'yilgan.
Kundalik turmushda avtomobil dvigatellarining quvvatini ot kuchi (o.k.) deb ataladigan birlikda ham o'lchashadi. Bu birlik bilan mashina motorining quvvati yuk tortuvchi otning kuchi bilan solishtiriladi.