project.gov.uz 13.12.2020 59 54-m o d d a. Ob’ektlar qurilishiga ruxsatnoma Ob’ektlar qurilishiga ruxsatnoma - yer uchastkasi mulkdori, egasi yoki bu
uchastkadan foydalanuvchining yer uchastkasida qurishni amalga oshirish
huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Ob’ektlar qurilishiga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Qurilish
vazirligi va uning qurilish sohasida hududiy inspeksiyalari tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladi.
Ob’ektlar qurilishiga ruxsatnoma buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli tarkibiy bo‘linmasida
ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Ob’ektlar qurilishiga ruxsatnoma mavjudligi haqidagi axborotni
buyurtmachi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga ularning talablariga
binoan taqdim etadi. Buyurtmachi qurilish boshlanadigan muddat to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli tarkibiy
bo‘linmasiga axborot taqdim etishi shart.
Yakka tartibdagi uy qurilishi uyning poydevori, yerto‘lasi, qavatlari, kesim
va old tomonlarining rejalari, shuningdek yer uchastkasi rejasidan iborat
bo‘lgan soddalashtirilgan loyiha bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlarga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga
o‘tganda ularning qurilishiga doir ruxsatnomaning kuchi saqlanib qoladi va
bu ruxsatnoma belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
55-m o d d a. Maxsus ruxsatnomalar Qonun hujjatlariga muvofiq davlat sirlari bilan bog‘liq ob’ektlar,
shuningdek alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’ektlari
qurilishiga maxsus ruxsatnomalar beriladi.
56-m o d d a. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalariga doir servitut va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni saqlash vazifasi project.gov.uz 13.12.2020 60 Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda servitut binolar va inshootlar
mulkdorlarining manfaatlari quyidagi ishlarni bajarishda o‘zga yer
uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqisiz ta’minlanishi mumkin
bo‘lmagan taqdirda belgilanadi: ,
binolar va inshootlarning qurilishi, rekonstruksiyasi va ta’mirlanishi;
muhandislik infratuzilmasi ob’ektlarining qurilishi, rekonstruksiyasi,
ta’mirlanishi va ulardan foydalanilishi;
hududlarni suv toshish va suv bosishdan himoyalash ishlari o‘tkazilishi;
o‘zga yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;
binolar va inshootlar mulkdorlarining o‘zga ehtiyojlarini ta’minlash.
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalariga bo‘lgan
huquqlarni saqlash vazifasi yer uchastkalari mulkdorlari, egalari va bunday
uchastkalardan foydalanuvchilar majburiyatlarini va ularning huquqlari
cheklanishini qamrab oladi hamda shaharsozlik hujjatlari va qurish
qoidalari asosida belgilanadi.
Yer uchastkalariga doir servitutning va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni
saqlash vazifasining joriy etilishi hamda bekor qilinishi tartibi qonun
hujjatlari bilan belgilanadi.