qurishni tartibga solish chiziqlari - binolar va inshootlarni
joylashtirishda shaharsozlik hujjatlarida qizil chiziqlardan yoki yer
uchastkasi chegaralaridan ma’lum oraliq joy tashlagan holda belgilab
qo‘yiladigan qurish chegaralari;
hududni rejalashtirish tarhi - hududning zonalashtirilishini, aholini
joylashtirish tizimlari takomillashtirilishining, tegishli hududning
aholi punktlarini, sanoati, qishloq xo‘jaligini, mintaqalararo, mintaqaviy
hamda aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va
ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini
belgilaydigan shaharsozlik hujjatlari;
hududni rivojlantirishning tarmoq tarhi - tegishli hududda
project.gov.uz 13.12.2020
5
muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni, iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydigan
shaharsozlik hujjatlari.
jamoatchilik muhokamalari va eshituvlari – yer uchastkalaridan
foydalanishda yuzaga keluvchi va fuqarolar manfaatlariga daxldor bo‘lgan
masalalarni hal qilishda joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan
tegishli hududiy tuzilma aholisi bilan tashkil etiladigan fuqarolar
ishtirokining shakli.
qurilishga ruxsat berish - shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyat uchun yer
uchastkalarini tanlash va ajratishga, bino va inshootlarning tashqi
ko‘rinishini o‘zgartirishga, ob’ektlarni qayta ixtisoslashtirish va
rekonstruksiya qilishga, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab
chiqishga, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga, yakka tartibda uy-joy
qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsatnomalarni berish hamda loyiha-
smeta hujjatlarini kelishib berish, qurilishi (rekonstruksiyasi)
tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga kabul kilish jarayonlari;
aholi punkti – O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan nomi,
maqomi va chegaralari belgilangan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-
hududiytuzilishining tarkibiy qismi bo‘lib, asosan muqum holatda
yashaydigan aholiga ega hudud;
shahar - O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan nomi, maqomi va
chegaralari belgilangan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy
tuzilishining tarkibiy qismi bo‘lib, uy-joy binolari, ijtimoiy, ishlab
chiqarish, transport, muhandislik va boshqa maqsadlardagi bino va inshootlar
zich joylashgan, shuningdek o‘ziga xos iqtisodiy, tarixiy, ilmiy va madaniy
ahamiyatga ega bo‘lgan, aholisining asosiy qismi sanoat korxonalarida, davlat
boshqaruvi tuzilmalarida, umumiy o‘rta va oliy ta’lim, fan va madaniyat,
moliya-bank tizimi muassasalarida band bo‘lgan va soni o‘n ming kishidan
ortiq bo‘lgan hudud;
Do'stlaringiz bilan baham: |