урт
m1 + m2
+ m3
+ ... + mn
bu yerda, K1, K2, K3, ..., Kn – alohida qatlamlarning filtratsiya koeffitsienti; m1, m2, m3, ..., mn, - ularga tegishli qatlam balandligi, m.
Drenaj loyihasi
Drenajlarni loyihalashda dastlabki materiallar sifatida quyidagi ma‘lumotlar bo‗lishi talab qilinadi:
- qurilish maydonining gidrogeologik sharoiti haqidagi texnik xulosa;
rejasi;
imoratlar va muhandislik kommunikatsiyalarining 1:500 m dagi bosh
relefni tashkillashtirish loyihasi;
bino erto‗lalari va pollarining tik reja bo‗yicha belgilari;
bino poydevorining qirqimlari;
muhandislik kommunikatsiyalarining bo‗ylama va ko‗ndalang qirqimlari. Drenajni hisoblashda quyidagi omillar inobatga olinadi:
aniq maydon yoki loyihalanayotgan inshoot zaminidagi sizot suv
sathining tushirilishi kerak bo‗lgan belgisi;
- muhandislik tekshirish ishlari asosida o‗rganiladigan joyning tabiiy sharoiti, zamini va gidrogeologik holati, sizot suvlari manbalarining harakati;
sizot suv tarqalgan maydon chegarasi;
- maydonda sizot suv sathini pasaytirish va quritish ishlarini bajarish uchun texnik-iqtisodiy talablar asosida drenaj tizimini tanlash;
drenaj tizimining reja chizmasi, bo‗ylama qirqimi, inshoot va qurilmalar loyihasi;
joyning gidravlik va gidrogeologik holati hisobga olinib, drenaj tizimi quvurlari va kollektorlarning diametrlari, o‗lchamlarini hisoblash bilan birgalikda loyihalanadigan qo‗shimcha elementlar, inshoot va qurilmalar e‘tiborga olinadi;
tizmining qurilmalari ishlab chiqiladi (quvur, sizib o‗tkazgich, kuzatish qudug‗i, nasos stantsiyasi va h.k.).
Drenaj tizimini loyihalashda quyidagi materiallar bo‗lishi zarur: maydonning tuzilishi xususiyatini belgilovchi muhandislik-zamin tasviri, materiallar, geomorfologik va gidrogeologik sharoit, gidroizogips va gidroizobat xaritasi, suvli qatlamidan 2-3 m chuqurlikda joylashgan shurf-quduq va burg‗u quduq haqidagi ma‘lumotlar. Tuproq-zamin tuzilishi va xususiyati, suv o‗tkazadigan va suv o‗tkazmaydigan qatlam holati, sizot suvlari sathi va suvli qatlam qalinligi, sizot suvlari harakat tartibi, sizot suvning oqim tezligi, suv beradigan manba, vaqt o‗tishi bilan sizot suv sathining o‗zgarishi.
Sizot suvning kimyoviy tarkibi yemiruvchanligi (ortiqcha kislota, erkin kislorod, uglekislota va h.k.).
Loyihalash jarayoni quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
drenajning joylashish holatini ko‗rsatgan holdagi relef rejasi, kollektor va boshqa inshootlarning joylashishi va qamrab olish maydoni;
drenaj va kollektor tarmoqlarining bo‗ylama qirqimi;
tarmoq elementlari qurilmalari, drenaj, kollektor, quduq va h.k. chizmalari;
inshootlarning qurilish chizmasi (nasos stantsiyasi va h.k.);
hisoblash shakli va tushuntirish xati.
Sizot suvlar yomg‗ir yog‗ishi, daryo, ko‗l suvlari infiltratsiyasidan hosil bo‗lsa, bunday joylarda vertikal rejalashtirish hamda oqova suvlarni tartibga solish va bunda drenaj tizimini umumlashgan holda yechish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Hozirgi paytda drenajlar to‗lig‗icha avtomatik holda boshqarilib turiladi. Bu boshqarishning tayanch xizmat ko‗rsatish joylari orqali bog‗lanib, vakuum qurilmalari, markaziy nasos va boshqa qurilmalar hamda avtomatik holda sathni pasaytiruvchi agregatlardan iborat bo‗ladi. Drenaj tizimining hisobi uning qaysi joyga joylashishi va qurilmasining turidan qat‘iy nazar quyidagi tartibda bo‗lishi talab qilinadi:
- gidrogeologik hisob asosida drenaj va kollektorlarning suv sarfini aniqlash, drenajga tushayotgan sizot suvning depression egriligi aniqlash;
- gidravlik hisob asosida suv qabul qiluvchi quvurning suv o‗tkazish qobiliyatini hisoblash, uning o‗lchamlari (diametri), qurilmalari va undagi suv oqimi tezligini aniqlash.
Drenajdagi sizot suvlarning sarfi va qurilgan depression egriliklar eng murakkab masalalar qatoridan o‗rin olib, ularning yechimi quyidagi holatlarga bog‗liq:
yotiq va tik drenaj tizimi qurilmalari oralig‗idagi o‗ziga xoslik;
bir chiziqli yoki ikki chiziqli drenaj tizimining xususiyatlariga qarab loyihalash;
mukammalashgan yoki mukammalashmagan drenaj tizimlaridagi sizot suv sarflarini loyihalashning o‗ziga xos xususiyatlari;
sizot suvlarning bir va ikki tarafdan kelib quyilish shartlari;
bosimli va bosimsiz sizot suvlarning bor yoki yo‗qligi va h.k.
Drenaj tizimini har bir aniq holat uchun loyihalashda asosiy vazifalarni bajaruvchi qurilmalarni tanlash, uning joyidagi xususiyatlari hamda tanlangan drenaj tizimining o‗ziga xos xususiyatlari e‘tiborga olinadi. Bosh drenaj shahar hududi chegarasini atrofdan keladigan sizot suvlar ta‘siridan saqlash uchun loyihalanadi (4.12a - rasm). Bosh drenaj yotiq holdagi quvur va galereyali drenaj qurilmalaridan iborat bo‗ladi. Sizot suvlar miqdori katta bo‗lganda va suv o‗tkazmaydigan qatlam ancha chuqurlikda bo‗lsa, tik holatdagi tarmoqli drenaj quriladi. Drenaj zaminning suv o‗tkazmaydigan qatlami ustiga o‗rnatilgan holatda u sizot suvlar oqimini butunlay o‗zida ushlab qolish imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Mukammallashgan holdagi qatlamlar orasida joylashgan bosh drenajdagi miqdori quyidagicha bo‗ladi:
H 2 - h 2
q = K 0 =
2L
K (H 2 - h 2 )
0
2 L
(4.20)
Formuladagi h0 – ning qiymati juda kichik ekanligi hisobga olinmasa, (4.20) formula quyidagi ko‗rinishga keladi:
KH 2
q = 2L
m3/kecha-kunduz.drenajga (4.21)
U – disperssiya egriligining qiymati quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Y = (4.22)
h0 – ning qiymati hisobga olinmaganda.
Y = = H
(4.23)
Ymax = H yuqori qiymatda bo‗ladi.
Drenajning ta‘sir radiusi R – (depressiya oralig‗i) bosimsiz sharoitda empirik formulaga asosan:
R = 2S , M (4.24)
Bosimli sharoitda quyidagi formula asosida topiladi:
R = 10S0
, M (4.25)
Ikki usulda ham olingan qiymatlar asliga yaqin bo‗lib chiqadi. Agar drenajda R – depressiya radius qiymati suv oqimining yuqori chegarasidan oshib ketsa, unda hisoblash formulasidagi L – qiymat o‗rniga R qiymat qo‗yiladi. R ning qiymati zamin turiga qarab tajriba asosida qabul qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |