Bmin
―pol‖ning yerdan maksimal va minimal ko‗tarilishi (2.24-rasm).
Bmax
= 1,51,7 m.
Bmax
= 0,5’0,8 m.
Binoning uzunligi maydoncha qazilish yoki ko‗milish hisobidan quyidagicha topiladi:
𝑙 = (hk
+ hq - bi) /(iT
- iC ) ;
𝑙 = bmax,min /(iT
- iC ) ; (2.14)
bu yerda,
iT - tabiiy nishablik;
iC - surilgandan keyingi nishablik.
Agar maydonda tuproqni surib qo‗yish hisobidan bajarilsa, unda
L ( bmax bmin - 𝑙 ik ) /( iT
- iC );
(2.15)
bu yerda: b - binoning eni, m; 𝑙 k - binoning ko‗ndalang nishabligi; 𝑙 -
binoning uzunligi, m; vmax - vmin ≤ 1/2 m.
2.23-rasm. Ko‟p qavatli binolarning poydevor sathlarini belgilash shakllari: a, g, s – binoning uzunasi bo’ylab turli sathdagi poydevor belgilarini belgilash. d – xuddi shunday, ko’ndalangi bo’yicha.
2.24-rasm. Turli sathli hudud releflari ko„ndalang kesimlarida relef profilining echimi:
a – sathlarning tirgak devorlar bilan uyg‘unlashishi; b – xuddi shunday, qiyalik bo‘ylab;
v – xuddi shunday, turli usullar qo‘llanganda; 1 – tirgak devorlar; 2 – relef yuzasining sathi; 3 – yo‘lak; 4 – qurilma; 5 – qiyalik.
2.25-rasm. Mikrorayon ichki hududidagi maydonlarni vertikal yechim shakllari:
1 – suv ayirg‘ich; 2 – nishablikni ko‘rsatuvchi tomon; 3 – hududni mexanik ravishda tozalashning burilma radiusi r = m.
2.26-rasm. Sanoat maydonlari hududlarini vertikal rejalashtirish:
a, b, v – tekis hududlar; g,d,e – ko‘p sathli; 1 – relefning mavjud yuzasi;
2 – loyihalanayotgan relef; 3 - nishablikni ko‘rsatuvchi tomon; 4 – temir yo‘l va avtomobil yo‘lining o‘qi; 5 – tirgak devor; 6 – ikkinchi qavat polining sathi.
Mikrorayonning ichki hududidagi maydonlarini va sanoat maydonlari hududlaridagi vertikal echimlarini loyihalash jarayoni ham o‗ziga xos murakkabliklarni keltirib chiqaradi (2.24 va 2.25-rasmlar). Ushbu loyiha yechimlarida vertikal rejalashtirishning shakllarini tuzishda suv ayirg‗ich, nishablikni ko‗rsatuvchi tomon, hududni mexanik ravishda tozalashning burilma radiusi r, relefning mavjud yuzasi, loyihalanayotgan relef, temir yo‗l va avtomobil yo‗lining o‗qi va tirgak devorlarning joyini belgilash alohida ahamiyatga ega.
Relefni o„zgartirishda ekologiya masalalari. Shahar qurilishida relefning tabiiy sharoiti o‗zgaradi. Hududlarni o‗zlashtirishda relefning shakli, tuproq ustki qatlami va tuzilishi, o‗simliklar dunyosining o‗zgartirilishi vertikal rejalashtirish asosida amalga oshiriladi.
Buning ta‘sirida relef turg‗unligi va uning gidrogeologik holati o‗zgarishi mumkin. Shuning uchun relef tabiiy holati o‗zgarishining oldini olishning ahamiyati katta bo‗ladi.
birinchidan, relefning holati batafsil tahlil qilinadi va katta nishabliklar aniqlanadi. Bunda kuchli yuvilish, emirilish, antropogen ta‘sirga hamda ko‗chkiga moyil joylarga alohida e‘tibor beriladi;
ikkinchidan, vertikal va yotiq rejalashtirishda umumiy loyihalashni amalga oshirish, relef holatining imkoni boricha tabiiyligini saqlash va undan unumli foydalanish;
uchinchidan, vertikal rejalashtirishdagi ortiqcha tuproqni bir joyga to‗plashda va ko‗mishda shu joy gidrogeologik sharoitining o‗zgarishini hamda qiyaliklarning turg‗unlik holatidan o‗zgarishini hisobga olish.
Yer sirtini yuvmasligi, buzmasligini ta‘minlash maqsadida yer usti suvlari oqova suv tarmog‗i yordamida oqiziladi. Buning uchun suv yuva olmaydigan nishabliklar tanlanishi muhimdir.
Vertikal rejalashtirishning ekologik holatga doir muhim shartlaridan biri bu o‗simliklar dunyosini saqlab qolishdir. Unumli tuproq qatlami olinishi kerak bo‗lsa, bunday tuproq qatlami alohida bir joyga uyuladi va kerakli hollarda undan qaytadan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |