Toshkent arxitektura qurilish instituti


 Turli turdagi  binolar  montajining   o‘ziga xos xususiyatlari



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/123
Sana24.06.2021
Hajmi1,7 Mb.
#100435
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

10.2. Turli turdagi  binolar  montajining   o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Yengil turdagi binolar montaji. Bunday bir qavatli sanoat binolarining 
geometrik  parametrlari  (oraliq  va  balandlik),  chegaralangan  bo‘lib,  ularda 
ko‘pincha ko‘priksimon kranlar bo‘lmaydi. Bunday binolarda ko‘pincha yengil 
tomyopma  konstruksiyalari  qo‘llaniladi:  to‘g‘ri  burchakli  kesimga  ega  etib 
payvandlangan  profillar,  quvurlardan  tayyorlangan  fermalar,  strukturali 
tomyopma  konstruksiyalari  va  boshqalar.  Yengil  turdagi  binolarning  xamma 
konstruktiv  elementlari  uncha  og‘ir  bo‘lmagan  massaga  ega  bo‘lib,  ularning  
og‘irligi 8 t dan oshmaydi. 
Binoning karkasini montaj qilishni boshlashdan oldin, nol siklidagi ishlar 
tugallangan  bo‘lishi,  pol  osti  beton  ishlari  bajarilgan    bo‘lishi  kerak,  bu  esa 
montaj  kranlarini  va  transport  vositalarini  to‘siqlarsiz  xarakatlanishini 
ta’minlaydi.  
Binoning qurilish maydonini  yuzasi, uning konstruktiv yechimlari va u 
bilan  bog‘liq  konstruksiyalarni  xajmini    hisobga  olgan  xolda,  tomyopma 
konstruksiyalarini  elementlab  yoki  blokli  montaj  qilish  qabul  qilinadi.  Bloklar 
yig‘ilishi  stellajlarda,  stendlarda  va  konveyer  liniyalarida  amalga  oshiriladi. 
Ramali  konstruksiyalarni    elementlab, strukturalilar  esa  faqat   yiriklashtirilgan 
bloklar bilan  montaj qilinadi.  
Elementlab  montaj  qilish  yuk  ko‘tarish  qobiliyati  10...20  t  bo‘lgan 
o‘ziyurar  gusenitsali,  pnevmog‘ildirakli  va  avtokranlar  yordamida  amalga 
oshiriladi.  Montaj  ishlari  yuqori  sur’atini  ta’minlash  uchun  konstruksiyalarni 
uzluksiz montajga yetkazish uchun  omborni ishi aniq yo‘lga qo‘yilishi kerak. 
Konstruksiyalarni yiriklashtirib yig‘ish  IBLda nazarda tutilmagan bo‘lsa, unda 
ular  montaj  qilinayotgan  oraliqdagi  yig‘uvchi  stendlarida  emas  omborda 
bajarilishi kerak. SHunda, avtotransport harakati uchun  va konstruksiyalarni “ 
transportdan montaj”i  uchun  eng qulay  va xavfsiz sharoitlar yaratilgan bo‘ladi, 


108 
 
chunki  ularni  loyiha  holatiga  kutarish    o‘rnatilish  yonida  vaqtinchalik 
taxlanmasdan amalga oshiriladi. 
Blokli montaj qilishda  yuk ko‘tarish qobiliyati 40...50 t bo‘lgan kranlar 
qo‘llaniladi. Tomyopma bloklarini yiriklashtirib yig‘ish montaj kranlaring ishchi 
zonalarida,  ya’ni  binoning  montaj  qilinayotgan  oralig‘ida    yoki  chegaradosh 
oraliqda  joylashtirilgan  maxsus  stendlarda  amalga  oshiriladi.  Stendlarda 
bloklarni  yiriklashtirib  yig‘ish  yuk  ko‘taruvchanligi  kichikroq  bo‘lgan  mobil 
strelali kran yordamida bajariladi. 
Montajni  qushni  oraliqlarga  siljishiga  qarab    stend  yangi  manzilga 
(to‘xtash joyi) asosiy montaj krani bilan ko‘chiriladi. Binoning maydoni katta va 
montaj qilinayotgan konstruksiyalarning hajmi juda ko‘p bo‘lganda tomyopma 
bloklarini yig‘ish  konveyer liniyalarida amalga oshiriladi. 
Strukturali  konstruksiyalarni  montaj  qilishda,  quyidagi  montaj  qilish 
texnologiyasi  ko‘zda  tutiladi.  Birinchi  bo‘lib  ustunlar  o‘rnatiladi,  keyin 
ko‘tariladigan joyda 30×30 m tomyopma strukturasi yiriklashtirilib ko‘tarishga 
tayyorlanadi. Blok loyixaviy holatiga ikkita kran bilan ko‘tariladi (10.1-rasm). 
Blok    maxsus  traversalar  yordamida  to‘rtta  joyidan  ilinadi.  To‘suvchi  yengil 
devorlarni  elementlab  yoki    3...4  ta  paneldan  iborat  yiriklashtirilgan 
elementlardan  montaj qilinishi mumkin. 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish