Toshkent arxitektura qurilish instituti


X  BOB.  METALL KARKASLI BIR QAVATLI SANOAT BINOLARINI



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/123
Sana24.06.2021
Hajmi1,7 Mb.
#100435
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

X  BOB.  METALL KARKASLI BIR QAVATLI SANOAT BINOLARINI  
MONTAJI 
10.1.  Umumiy qoidalar 
 
Sanoat binolarining 70% dan ko‘proq qismi bir qavatli qilib loyihalanadi 
va  quriladi.  Ko‘pincha  katta  oraliqlarni  yopishda,  ayniqsa  yirik  maydonli 
binolarni yopishda metall konstruksiyalar keng qo‘llaniladi. 
Bunday  binolarni  tomyopmalarini  tayyorlash  va  montaj  qilishning 
mehnat  sarfi,  umumiy  binoni  barpo  etish  mehnat  sarfining  50-75%  ni  tashkil 
etadi, shuning uchun, butun qurilishni tugatish muddati tomyopmalarni montaj 
qilish davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Binolarning tomyopmalar konstruksiyasini 
yechimlari  boshqa  konstruksiyalardan  elementlarning    ko‘p  sonli  tutashuv 
uzellaridan  (tugun)  tashkil  topishi  bilan  farq    qiladi  va  shuning  uchun  ularni 
to‘g‘rilash, tomyopmaning ayrim elementlarni mos keltirish, ayniqsa biriktirish 
va mustahkamlashga ko‘p mehnat talab etiladi. Bundan tashqari tomyopmalarni 
elementlab  montaj  qilish  yuqori  baland  joyda  bajariluvchi  va  eng  xavfli 
kategoriyaga kirganligi uchun,  ishlar odatda  sekin-asta olib boriladi.   
Strukturali va yirik blokli tomyopmalarni keng qo‘llanilishi elementlab 
montaj qilishni istisno qiladi, chunki tomyopma konstruksiyasi to‘liq yer satxida 
yig‘ilib, loyihaviy sathga to‘liq bitgan blok xolida ko‘tarib qo‘yiladi. 
Blokli  montaj  po‘lat  sinkli  profilli  to‘shama  va  samarali  issiq-sovuqni 
o‘tkazmaydigan  materiallarni  qo‘llash  boshlangandan  keyin  reallikka  aylandi, 
bu esa tomyopma bloklarini yanada yuqori tayyorgarlik holatida yasalishiga va 
massasini  ayrim  qurilish  kranlarining  yuk  ko‘taruvchanligiga  mos  kelishi 
imkonini  berdi.  Metall  bloklardan  tayyorlangan  tomyopmalarni  qo‘llanishi 
tufayli,  og‘ir  temir  beton  ferma  va  tomyopma  plitalarni  qo‘llanishiga  xojat 
qolmaydi. Solishtirish uchun 12×24 o‘lchamdagi metall blok 40 t bo‘lsa xuddi 
shu  o‘lchamdagi  yig‘ma  temir  beton  konstruksiyaning  og‘irligi  80  t  dan  120t 
gacha bo‘lib, 2-3 barobar og‘ir bo‘ladi.  


107 
 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish