Birgalikdagi usulda yer osti xo‘jaligi uchun, texnologik uskunalar va
bino poydevorlari uchun dastlab umumiy kotlovan qaziladi. Uskunalar
poydevorlarini betonlash ishlari va boshqa yer ostidagi ishlar bino karkasini
montaji birgalikda olib borilib, bunda uskunalar poydevorini topshirish
davrigacha boshqa uchastkalarda karkasni montaj qilish tugallanib, texnologik
uskunalarni montajiga kirishish uchun imkoniyat yaratiladi.
Kombinatsiyalangan usulda oraliqlarda texnologik uskunalar yetarlicha
darajada ko‘p va rivojlangan yerosti xo‘jaligiga ega bo‘lsa yotiq usulda, boshqa
oraliqlarda texnologik uskunalar va rivojlangan yerosti xo‘jaligi uncha ko‘p
bo‘lmasa ochiq usulda barpo etiladi. Bunda montaj kranlari yer osti xo‘jaligi
kam rivojlangan oraliqlarda joylashtiriladi.
9.3. Bir qavatli sanoat binolarini barpo etish usullari va montaj
Do'stlaringiz bilan baham: |