Toshkent arxitektura qurilish instituti


Ko‘tarish  - montaj qilish  jihozlari



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/123
Sana24.06.2021
Hajmi1,7 Mb.
#100435
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

Ko‘tarish  - montaj qilish  jihozlari uchta asosiy guruhga bo‘linadi: 
Montaj  kranlari  –  avtomobil,  pnevmog‘ildirakli,  maxsus  shassiga 
o‘rnatilgan kranlar, gusenitsali, minorali, chorpoyali, temir yo‘lli. 
Kransiz  moslama  –  chig‘ir,  polispast,  ko‘targichlar,  domkratlardan 
foydalanib, konstruksiyalarni ko‘tarish va joylash uchun. 
Yuk  ko‘taruvchi  qurilmalar  –  montaj  qiluvchi  machtalar,  shevrlar, 
portal  ko‘targichlari,  domkratlar  massasi  seriyali  kranlarning  yuk  ko‘tarish 
qobiliyatidan  ortiq  bo‘lgan  konstruksiyalar  va  jihozlarni  montaj  qilish 
uchun. 
Binoni  montaj  qilishda  montaj  qiluvchi  mexanizmlarni  tanlash 
muhim  masala  hisoblanadi.  Bir  qavatli  sanoat  binolarini  montaj  qilishda  
juda xilma – xil kran qurilmalari (uskunalari) qo‘llaniladi: 
• yuk ko‘tarish qobiliyati 6,3...16 t  bo‘lgan avtomobil kranlari; 
• pnevmog‘ildirakli kranlar (10...100 t.); 
• gusenitsali kranlar (6,3...160 t) 
• minorali kranlar (60...100 t); 
• temir yo‘l kranlari (16...30 t); 
• chorpoya kranlar (15...100 t.); 


75 
 
Temir  yo‘l  va  chorpoya  kranlarini  odatda  montaj  ishlarini  bajarish 
uchun  loyihalashtirilmaydi,  ammo  qayta  qurishda  yoki  kengaytirishda 
bunday kranlar bilan jihozlangan ishlab chiqarish majmuilarida ular ishlarini 
amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin. 
Ayniqsa  yengil  turdagi  binolarni  elementlab  montaj  qilishda 
ko‘pincha avtomobil va gusenitsali kranlar qo‘llaniladi, chunki ular ko‘proq 
xarakatchan, ishlashda qulayligi bilan farq qiladi. O‘rtacha va og‘ir turdagi 
bir  qavatli  binolarni  blokli    va  yirik  blokli  montaj  qilishda  katta  ko‘tarish 
qobiliyatiga  ega,  ko‘pincha  minora-strelali  qurilma  bilan  jihozlangan 
gusenitsali  kranlardan  foydalaniladi.  Bunday  montaj  qilishda  ko‘pincha 
minorali  kranlarni  va  SRK  relsli  kranlarni  qo‘llanish  nazarda  tutiladi.  
Ulardan biri  SRK – 3500 (yuk momenti 3500 t bo‘lgan strelali relsli kran) 
35 m kulochda 100 t gacha yuk ko‘tarishi mumkin. 
Kranosti  yo‘llarini  qurish  zarurligi  minorali  va  strelali  relsli 
kranlarning  qo‘llanilishini  ancha  murakkablashtiradi.  Pnevmog‘ildirakli 
kranlar yaxshigina yuk ko‘tarish va geometrik tavsiflarga ega, lekin montaj 
ishlarini  bajarishda  nisbatan  kam  qo‘llaniladi.  Nisbatan  og‘ir 
konstruksiyalarni  montaj  qilish  uchun  bunday  kranlarga  chiqariluvchi 
tayanchlar  o‘rnatish  talab  etiladi,  bu  esa  montaj  ishlari  sur’atini  ancha 
pasaytiradi, shuning uchun gusenitsali kranlar qo‘llash afzaldir.  
Binoning karkaslarini montaj qilish uchun montaj qiluvchi kranlarga 
bo‘lgan  faqat  ehtiyojnigina  emas,  balki  ularni  joylashtirishni  ham 
loyihalashtirish zarur. Ishlar amalga oshirilayotgan joyda mavjud kranlarga 
bog‘liq  holda,  ularni  arendaga  olish  imkoniyatlariga,  shuningdek  binoning 
konfiguratsiyasiga, uning geometrik tavsiflariga, konstruktiv yechimlarining 
xususiyatlariga  bog‘liq  holda  qaror  qabul  qilinadi.  Odatda  kranlar 
joylashuvining ikki varianti tahlil qilinadi: 
1. Kran bino karkasi ichida joylashgan. Montaj qilish “o‘ziga tomon” 
amalga  oshiriladi,  kran  orqaga  tisarilib,  karkasning  montaj  qilingan 


76 
 
yacheykalarini  qoldirib  montajni  amalga  oshiradi.  Montaj  qilishni  bunday 
tashkil  etishda  elementlarni  ko‘tarish  joyida  ularni  oldindan  joylashtirib 
olish  oson.  Konstruksiyalar  montaj  qilish  zonasiga  kran  harakatiga  qarshi 
tomondan  yetkazib  beriladi.  Bunda  konstruksiyalarni  tushurish  va  ularni 
montaj  qilish  karkasning  turli  xil  yacheykalarida  amalga  oshiriladi  va 
ishchilar  bir  –  birlariga  xalaqit  berishmaydi.  Kranning  bino  karkasi  ichida 
xarakatlanishi    qurilish  amaliyotida  juda  keng  tarqalgan,  u  oqilona  va 
iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. 
2.  Kran  montaj  ishlarini  bino  karkasining    tashqarisidan  amalga 
oshiradi.  Bunday  qaror  binoning  yer  osti  xo‘jaligi  rivojlangan  holatda, 
demak  yer  ishlari  hajmi,  texnologik  jihozlar  ostiga    poydevorlar  qurish 
bo‘yicha 
beton 
ishlari 
hajmi 
katta 
bo‘lganda 
muhandislik 
kommunikatsiyalari  tunnellar  bilan  yotqizilganda  qabul  qilinadi.  Bu  holda 
konstruksiyalarni  montaj  qilishga  uzatish  montaj  qilish  yo‘nalishida  yoki 
boshqa  tomondan  amalga  oshiriladi,  bu  qurilish  maydonchasidagi  aniq 
sharoitlarga bog‘liq. 
 
 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish