Toshkent arxitektura qurilish instituti


 Material elementlarni joylashtirish



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/123
Sana24.06.2021
Hajmi1,7 Mb.
#100435
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   123
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism

 
3.2.3. Material elementlarni joylashtirish 
Qurilish maydoniga keltirilgan material elementlar vaqtinchalik asrashga 
− zaxira yaratishga  mo‘ljallangan ob’yekt qoshidagi omborlarda joylashtiriladi. 
Ishlab  chiqarishga  taalluqli  zahirani  ikki  asosiy  turi  boryo  –  joriy  va 
ehtiyot  tariqasidagi.  Biri-biriga  bog‘liq  ikki  ta’minot  orasida  yetkazilgan  
material  resurslar  joriy  zaxirani  tashkil  etadi.  Ideal  holatda  joriy  zaxira  ishlab 
chiqarishni  uzluksizligini  ta’minlash  uchun  yetarli  bo‘lishi  kerak.  Ammo, 
material  va  konstruksiyalarni  yetkazishdagi  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan 
o‘zilishlarni e’tiborga  olgan holda va  joriy  zahirani bir  maromda  to‘lmasligini 
kompensatsiya  qilish  uchun  ehtiyot  tariqasidagi    zaxira  yaratiladi.  Odatda, 


34 
 
ombordagi  yig‘ma  konstruksiyalarning  minimal  zaxirasi  5  ish  kuniga  yetarli 
qilib qabul qilinadi. 
Ishlab  chiqarishga  taaluqli  zaxira  darajasi  qabul  qilingan  ishni  tashkil 
etishga    −  montaj    “transport  vositalaridan”mi  yoki  ombordanmi,  ob’yektni 
markaziy  ta’minot  bazalaridan  o‘zoqligi,    transport  turi  va  boshqa  faktorlarga 
(omillar)  bog‘liq.  Konstruksiya  va  material  zaxirasi  miqdori  ko‘p    bo‘lgan 
omborlar  mavjudligi,    bir  tomondan  ishlab  chiqarishni  uzluksiz    ta’minlasa  , 
ikkinchi  tomondan  qurilishga  bo‘lgan  investitsiyalarni  “muzlashiga”  ya’ni 
qurilishni qimmatlashuviga olib keladi. SHuning uchun bosh pudratchi  ob’yekt 
qoshidagi  omborlarni    ma’qul  hajmlarini  topishi      kerak.  Ob’yekt  qoshidagi 
omborlar yopiq,  yarim yopiq va ochiq bo‘ladi. 
Yopiq omborlar qimmatbaho yoki ochiq havoda buziladigan materiallar 
–  sement,  ohak,  gips,  fanera,    mixlar  va  boshqalarni  asrashga  mo‘ljallangan.  
Ular  yer  ostida  va  yer  ustida,  bir  qavatli  va  ko‘pqavatli,  isitiladigan  va 
isitilmaydigan bo‘lishi mumkin. 
Ayvonlar  –  yarim  yopiq  omborlar  harorat  o‘zgarishi  va  havoni 
namligidan o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan materiallarni, ammo  quyosh 
nuri    va  atmosfera  yog‘inlaridan  himoyalanishi  kerak  bo‘lgan  –  yog‘och 
mahsulotlari  ,  asbestosement,  ruberoid,  va  boshqa  tusuvchi  va  pardozlovchi 
materiallarni asrash uchun quriladi . 
Ochiq  omborlar  atmosfera  ta’siridan  himoya  talab  qilmaydigan 
materiallar  −    g‘isht,  beton  va  temirbeton  elementlar,  keramik  quvurlar  va 
boshqa  materiallarni  asrash  uchun  mo‘ljallangan.  Odatda  omborlar,  ob’yektda 
xizmat qilayotgan  montaj kranining  harakat zonasida joylashtiriladi.  Bu asosan 
bush vaqtda  yoki montaj bo‘lmayotgan smenada ob’yektga kelayotgan yuklarni 
tushirish  imkonini  beradi.  Montaj  jarayonlarida  ortish-tushirish  ishlari  uchun 
yengil o‘ziyurar kranlarni ishlatish ma’quldir. 
Ochiq  omborlarni  bir  qismi,  jumladan  konstruksiyalarni  yiriklashtirib 
yig‘ish  maydonida  maxsus  kranlar  –  gusenitsali  va  pnevmog‘ildirakli  , 


35 
 
chorpoyali va minorali kran-yukortgichlar bilan xizmat ko‘rsatilishi mumkin. Bu 
mexanizmlardan  yiriklashtirilgan  konstruksiyalarni  o‘rnatiladigan  yoki  montaj 
qilinadigan  joyga  yetkazishlan  oldin  transport  vositalariga  ortish  uchun 
foydalaniladi.  Odatda,      omborda  og‘ir  yuklar    kranga  yaqin  masofaga 
joylashtiriladi, yengil yuklar o‘zoqroq , chunki ular kranni katta qo‘lochida ham 
ko‘tarilishi mumkin. 
Joylashtirish  maydonlari  yog‘in    va  muzdan  erigan  suvlarni  oqishini 
ta’minlash uchun   tekis , 2...5% oraligidagi nishablik bilan bo‘lishi kerak. Suvni 
yaxshi  o‘tkazmaydigan  gruntlarda  tekislash  bilan  birga  5...10  sm  li  sheben  va 
qum qatlami hosil qilinadi.Kerak bo‘lgan holatda yuza zichlanadi. 
Har  bir  konstruksiya  va  yig‘ma  mahsulotlar  turlari    uchun  alohida 
taxlash  joylari  ajratiladi.  Ular  bir-biridan  kengligi  1  m  dan  kam  bo‘lmagan 
yo‘lkalar  bilan  ajratiladi.  Har  turli  material  uchun  joylashtirishning      o‘zini 
qoidalari bor. 
G‘isht sorti, markasi  va  yuzasini  rangiga  qarab  taxlanadi. Betartib olib 
kelingan  g‘isht    balandligi  1.6  m  o‘zaro  bog‘langan  shtabel  shaklida,  noto‘liq 
kavakli    g‘ishtlar  esa    bushlig‘i  pastga  qaratilgan  holda  taxlanadi.  G‘isht 
joylashtirilgan  paket  yoki  poddonlar  omborda  bir-ikki  yarus  qilib  taxlanishi 
mumkin. 
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar inventar taglik  va qistirmalar ustiga  
taxlanadi, ularni urnatish joylari yig‘ma elementlarda chizilgan chiziqlarga mos 
kelishi kerak. Elementlar shtabel qilib taxlanganda ular orasidagi qistirmalar bir-
biriga  nisbatan  vertikal  bo‘lishi  kerak.Taglik  va  qistirmalar  odatda 
tomonlarining  o‘lchovlari  6...8  sm  bo‘lgan  kvadrat  yuzali  bo‘ladi.  O‘lchovlar 
shunday  tanlanishi  kerakkim  yuqorida  joylashgan  yig‘ma  elementlar  pastdagi 
montaj ilintirish halqasiga yoki pastdagi elementlarni chiqib turuvchi qismlariga 
tayanmasligi kerak (3.4-rasm).
  


36 
 
3.1-jadval 
                                                      Elementlarni joylashtirish  usullari
                                   
Elementlar 
Qatorlar soni, elementlarni 
joylashishi 
Taxlanish balandligi, m 
Shtabellarda 
Poydevor bloklari va 
yostiqlari, yerto‘lalar bloki 

2.2 gacha 
Ustunlar,(kolonnalar) 
3...5 
− 
Rigel, progon, peremichkalar 
3...4 
2.0 gacha 
Orayopma  plita va panellari 
8...10 
2.5 gacha 
Balandligi 2 m dan baland  
yirik devor bloklari 
Vertikal 
− 
Xona o‘lchoviga mos  
orayopma panellari 
Vertikal,  
yotiq 
− 
Zinapoya marshlari 
5...6 ( zinalar yuqoriga) 
− 
Zinapoya maydonchalari 
4 gacha 
− 
Kassetalarda 
Devor panellari, balka (to‘sin) 
lar , fermalar, kran osti balka 
(to‘sin) lari 
 1 qator vertikal holatda 
− 
 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish