XII BOB. KO‘P QAVATLI SANOAT BINOLARINING MONTAJI
11.1. Umumiy qoidalar
Ko‘p qavatli sanoat binolari asosan karkas panelli qilib loyihalanadi va
barpo etiladi. Bunday binolarning hajmiy-rejaviy yechimidagi ustunlar to‘rining
o‘lchamlari 4,5x6; 6x6; 6x9; 6x12 va 9x12 m bo‘ladi.
Qavatlar balandligi ishlab chiqarish zaruriyatiga bog‘liq holda, sezilarli
doirada o‘zgarishi mumkin. Ko‘p hollarda uchraydigan balandliklarning
qiymati 3,3; 3,6; 4,8; 6; 7,2 va 8,4 m. Qavatlar soni turli xil bo‘lishi mumkin,
optimal qavatlar soni 4...6 qavat, lekin ular 12...20 qavat ham bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |