Toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/128
Sana26.02.2022
Hajmi18,93 Mb.
#468020
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash. Qodirova S. 2020

4.17-rasm. 
Murakkab seksiyali turar-joy tarhlari. 


94 
Bunday seksiyalar blokirovkasida murakkab konfiguratsiyali uzluksiz tuzilmalar 
yaratilishi yoki nuqtali uylarda qo‘llanilishi mumkin. Burchakli seksiya hozirgi 
paytda kam ishlatiladi, chunki yaxshi tarhiy rejali xonadonlarni tashkil etish qiyin, 
iqtisodiy tarafdan tejamkorlik kam va qurilmasi qiyin. 
Chekkali
(torest) seksiyalar uy chekkalarida joylashadi. Seksiya devorlaridan 
biri qo‘shni qatorli seksiya bilan bloklashgan bo‘lishi kerak. Bu seksiyalar turlicha 
yechimga ega bo‘ladi (4.18-rasm). 
Eng oddiy yechim – bu chekkadagi tashqi devor konstruksiyasining o‘zgarishi 
bilan seksiyalarning qatorli qaytarilishidan tashkil topadi. U yaxlit devor (deraza 
tuynuklarisiz) yoki deraza tuynuklari o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Ko‘ndalang yon 
tomonda lodjiyalar yoki balkonlarni ham joylashtirish mumkin.
4.18-rasm. 
Chekkali seksiya: 
a – qatorli seksiya tarhiy yechimi o‘zgartirilmagan holda; b - qatorli seksiya tarhiy 
yechimi o‘zgartirilgan holda. 
Qatorli seksiyaning chekkali qismi tarhini o‘zgartirish bo‘yicha radikal 
yechimlar ham ma’lum. Seksiya gabaritlarini saqlab va xonalar sonini oshirgan 
holda, faqat chekkali xonadon tarhiy yechimini o‘zgartirish ham mumkin, 
xonadonlar sonini oshirgan holda seksiyalar tarhiy yechimini ham o‘zgartirish 
mumkin.


95 
 Bir seksiyali uylar.
O‘rta qavatli bir seksiyali uylar vertikal kommunikatsiyaning 
faqat bitta zinapoya tuguniga va bino tarhida kichik o‘lchamga ega bo‘ladi. Turar-uy 
tarhiy yechimida Turar-joy xonalarini gorizontning barcha tomonlariga qaraganligi 
bilan, tashqi devorlar perimetrining oshganligi bilan farqlanadi, shunga ko‘ra uy 
insolyatsiyaning maqbul sharoitlariga ega bo‘lib, xonalarda tabiiy shamollatish juda 
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi. Bir bo‘linmali yoki nuqtali turkumda bir qavatda 
to‘liq 4 xonadonni joylashtirish mumkin. Qulayligi shundaki, unda kam va o‘rta 
xonali xonadonlarni ham joylashtirish mumkin. Shuning uchun bu turkum 
universaldir. 
O‘rta qavatli bir seksiyali uylar past qurilishlarda ishlatiladi, u ko‘p seksiyali va 
blokli uylar bilan shaharsozlikdagi badiiy qiyofaning (siluetning) turli – tumanligini 
ta’minlash uchun, qurilishlarda balandlik aksentini yaratishda, ayniqsa murakkab 
relyefli uchastkalarda, hamda yuqori qavatli shahar qurilishlarida qo‘llaniladi. Ko‘p 
qavatli bir seksiyali uylardan farqli ravishda, o‘rta qavatli uylar tarhiy yechimi oddiy 
va har bir qavatda kam xonadonlar soniga ega. Ko‘p qavatli bir seksiyali uylar 
uchun esa, lift o‘rnatish zaruriyati sababli, har bir qavatda ko‘proq xonadonlar 
joylashuvi xarakterlidir (4.19-rasm). Ammo 3-5 qavatli uylarda bular o‘zini 
ko‘rinishini yo‘qotadi, bino balandligining uzunligiga nisbati (proporstiyasi) kubga 
yaqinlashib qoladi. Shuning uchun bunday turkum o‘rta qavatli uylarda o‘z 
ahamiyatini yo‘qotadi. Asosan bu turkum ko‘p qavatli uylar qurilishida ishlatiladi. 
Ko‘p seksiyali turar-joy binolari asosiy tiplarining hajmiy-tarhiy strukturasi.
Bino hajmiy-tarhiy strukturasining elementlari deb hisoblanadigan seksiyalarning bir 
nechtasini bloklashtirish yo‘li orqali ko‘p seksiyali turar-joy binolari shakllantiriladi. 
Seksiyalarni qatorli, burchakli hamda oxiri yon tomon (chekkali) bilan tugaydigan 
yoki tugamaydigan tarzda loyihalashtiriladi. 


96 

Download 18,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish