1.2. Qurilish davrlari
Qatnashchilarining o‘rni va roliga qarab qurilishni ikki davrga bo‘lish
mumkin: tashkiliy texnologik (TT) va qurilish davri (QD). Ularning har biri
yana ikki bosqichga bo‘linadi: TT1; TT2; qurish; foydalanishga topshirish.
TT1 va TT2 bosqichida asosiy rolni buyurtmachi o‘ynaydi. Davlat rivojlanish
dasturi yohud bozorni o‘rganish tasodifiy sabablarga ko‘ra biror bino, inshoot,
bino va inshootlar majmui qurilishiga oid fikr shakllanadi, ya’ni
g‘oya
paydo
bo‘ladi. Bu g‘oya
tahlil
natijasida ham vujudga kelishi mumkin.
G‘oyani texnik va iqtisodiy
asoslash
kerak bo‘ladi. Misol tariqasida yirik
shahardagi bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich maktabni olish mumkin.
Tuman ta’lim boshqarmasida mahalla, mavze yoki tuman hududiga oid
ma’lumotlar olinganida tahlil har bir guruh, sinfda bolalar soni me’yordagidan
ortiqligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari demografik ma’lumotlarga ko‘ra yana
ehtiyoj borligi aniqlandi. Bolalar yoshiga qarab ehtiyojni aniq raqamlar bilan
ifodalanadi. Masalan, 3 ta maktabga tayyorlov guruhi, 2 ta birinchi, 4 ta ikkinchi
sinflar ochilishiga ehtiyoj bor. Bularga qarab murabbiy, yordamchi va
boshqaruv xodimlari soni aniqlanadi. Bu buyurtmachi tomonidan kelajakda
ta’lim muassasasi binosiga bo‘lgan texnik talablarni shakllantirishga asos
bo‘ladi. Bungacha qurilish, ya’ni sarflar iqtisodiy jihatdan o‘z-o‘zini oqlashini
aniqlash lozim.
Sarflar bino narxi va yildan yilga ko‘payib boradigan joriy sarflardan
shakllanadi. Joriy sarflar xodimlar maoshi, elektr energiya, suv, soliqlar va
boshqa sarflaridan shakllanadi.
Binoning narxi shu maqsadlarda yaqin vaqtda qurib foydalanishga
topshirilgan binoning bir o‘quvchi joyiga yoki bir kvadrat metrga yoki biron bir
boshqa fizik o‘lchov birligiga to‘g‘ri keladigan narxidan kelib chiqib aniqlanishi
mumkin (Narx = Hajm * O‘lcham birligiga mos narx).
26
Sarflar qoplanish vaqti sarmoyalar (investitsiyalar)ning qoplanishi
(qaytarilishi) va me’yor (talab) bo‘yicha daromad keltirilish vaqtidan oshmasligi
kerak. Bu kapital qo‘yilmalari samaradorligi koeffitsienti bilan aniqlanadi
(Е=1/T
o
). Ye ning qiymati kapital qurilishda 0,12 ga, ya’ni 8 yilga teng. Xalqaro
banklar, fondlar sarmoya berishganda ijtimoiy qiymati yuqori bo‘lgan
loyihalarga (sog‘liqni saqlash, suv ta’minoti, ta’lim va sh.k.) sarmoyalar
oqlanish vaqtini 10-15 yil qilib belgilashi ham mumkin. Xullas, loyihani
iqtisodiy asoslash
da investitsiyalar manbaidan kelib chiqish kerak bo‘ladi.
Investitsiya manbai (byudjet, mahalliy, homiy, kredit) aniqlanganida
buyurtmachi davlat boshqaruv organiga (hokimiyat) murojaat qilib,
qurilishga
joy
so‘raydi. Ajratilgan joyga suv, elektr energiya olib kelishni hokimiyatning
mos bo‘linmalari bilan kelishilgan chizmasini, texnik vazifa (talab) lar bilan
birga loyihalovchi (konsalting) tashkilotini tanlash uchun
tender
ga beradi.
Tenderda yutib chiqqan tashkilot bilan
shartnoma
tuziladi va loyiha ishlab
chiqiladi.
TT2 bosqichida buyurtmachi asosiy rolni o‘ynasa ham
loyihalash
jarayonida loyiha tashkilotining o‘rni katta. Loyihalash bir yoki ikki bosqichdan
iborat. Ikki bosqichli loyihalash noyob, murakkab, katta qurilishlarga munosib.
Bunda birinchi bosqichda
texnik loyiha
ishlab chiqiladi. Uning tarkibiga
arxitektura qurilish yechimlari, quriladigan majmuaning bosh tarhi, smeta hisobi
kiradi. Texnik loyiha tarkibida qurilishni tashkilqilish loyihasi (QTL (ruscha
POS)) alohida ishlab chiqiladi.
QTL tarkibida qurilishning yiriklashgan taqvimiy rejasi, umummaydon
bosh tarhi tuziladi, resurslarga bo‘lgan ehtiyojlar aniqlanadi.
Loyihalashning ikkinchi bosqichida
ishchi chizmalar
ya’ni konstruktiv
yechimlar hisob asosida aniq o‘lchamlarda chizma shakliga keltirib kerakli
ashyo, buyumlar turi, markasi va hajmi bilan ifodalanadi va qurilishning smetasi
tuzilib ekspertizaga beriladi
.
27
Ekspertiza
davlat nazoratiga oid jarayon. Ekspertiza qiladigan tashkilotlar
(masalan, Davarxitektqurilish, Tabiatni muxofaza qilish qo‘mitasi, va sh.k.lar)
loyihaning tegishli qismlarini tahlil qilib, o‘z fikrlarini bayon etadilar, shu
jumladan, kamchiliklarni ko‘rsatadilar. Ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf
etilganidan so‘ng, loyiha tasdiqlanadi va
tender hujjatlari
ishlab chiqiladi.
Tender
o‘rnatilgan tartibda tashkil qilinadi va o‘tkaziladi. Tenderda
qatnashuvchi tashkilot (oferent)ga va ular tomonidan beriladigan taklif
(oferta)larga bo‘lgan talablar tender hujjatlarida aniq keltiriladi.
Tender o‘tkazilganidan keyin natijalari bo‘yicha
bosh pudratchi
aniqlanadi va
shartnoma
imzolanib, qurilishga ruxsatnoma hamda buyurtmachi
ishchi chizmalarini “ishlab chiqarishga” degan yozuv va imzosi bilan qurilishni
amalga oshirish uchun pudratchiga beradi va
qurilish
boshlanadi. Shu damdan
boshlab bosh pudratchi qurilish maydonida asosiy rol o‘ynaydi, qurilishning
boshqa qatnashchilari ishlarni tashkil qilishga, umuman xo‘jalik faoliyatiga
aralashish huquqiga ega emas. Shu bilan birga loyihaning to‘la va aniq amalga
oshirilishi, davlat me’yorlarining qat’iy bajarilishi ustidan mas’ul tashkilotlar
tomonidan
nazorat
olib boriladi.
Qurilish bitganidan keyin ob’yektni
foydalanishga topshirish
jarayoniga
kirishiladi. Bunda bosh pudratchi o‘rnatilgan tartibda tegishli ishlarni subpudrat
tashilotlaridan qabul qilib olib, buyurtmachi tuzgan komissiyaga topshiradi.
Komissiya huzuriga barcha loyiha hujjatlari, ishlab chiqarish jurnallari,
kuzatib bo‘lmaydigan, lekin bajarilgan ishlarning aktlari (fundament, qoziq,
quvurlar va sh.k.), ishlatilgan materiallarning odam sog‘lig'iga zarar
keltirmasligini isbotlovchi sifat sertifikatlari beriladi. Aniqlangan kamchiliklar
bartaraf etilganidan so‘ng komissiya qabul aktiga imzo qo‘yadi va ob’yekt oraliq
qabulidan o‘tdi deb hisoblanadi.
Davlat komissiyasi buyurtmachining yozma murojatiga asosan qoidalarda
belgilangan muddatda va tarkibda tuziladi, hujjatlar va ob’yekt tekshiriladi,
kamchiliklar aniqlanadi. Qabul aktiga imzo chekilganda ko‘kalamzorlashtirish
28
va isitish kommunikatsiyalari yaqin faslgacha shartli qabul qilinadi va ob’yekt
foydalanishga qabul qilindi deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |