Qo‘shma korxonalar
(QK) O‘zbekiston fuqarolari va xorijiy yuridik va
jismoniy shaxslar ishtirokida tuzilib, bunda ulush sifatida shartnoma
ishtirokchilarining pul mablag‘lari va mol–mulklari o‘rin tutadi. Bu
ko‘rinishdagi shartnomalar tarkibida xo‘jalik faoliyati yuritish tartib va qoidalari
hamda daromadni taqsimlash shartlari belgilanadi.
Korxonalar turli xildagi tashkiliy–yuridik shakllarda o‘z kuch–quvvatini
birlashtirishlari mumkin va bu shakllarga keyingi o‘rinlarda qisqacha ta’rif
berilgan.
Xolding
– mazmun – mohiyatiga ko‘ra, turli xil kompaniyalarning
faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish va dividend ko‘rinishida daromad olish
maqsadida turli kompaniyalar (ishlab chiqaruvchi, ta’minotchi, moliya va sh.k.)
aksiyalarining nazorat paketiga egalik qilishdan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |