Taqvimiy (kalendar) reja
Kalendar rejada qurilish maydonida barpo etiladigan asosiy va
yordamchi binolarning qurilish muddati va ketma-ketligini aks ettirib kapital
mablag‘larning qurilish davrlari bo‘yicha taqsimlanishi keltiriladi.
Taqvimiy reja alohida olingan bino uchun ishchi xujjatlar (loyiha)
tarkibida tuziladi. Bunda ish hajmlari, moddiy texnika resurslariga bo‘lgan
ehtiyojlar ishchi chizmalardan aniqlanib, shuning uchun ham kalendar rejani
ishlarni bajarish texnologiyasidan kelib chiqib tashkil qilingan grafik (KG, TG)
shaklida ishlab chiqish imkoniyati mavjud. KGning resurslardan optimal
foydalanishi ta’minlangan varianti bo‘yicha smetadan kelib chiqib kapital
mablag‘larni taqsimlanish grafigini (TR) ham tuzish mumkin. Unda TR
amaliyotga yaqin deb hisoblanadi. Demak, bir bosqichli loyihalash turida
taqvimiy reja grafik shaklida ishlab chiqiladi va u ishlar bajarilishini
resurslardan oqilona ishlatilish davrida uzluksiz va te’jamkor, ya’ni optimal
foydalanishini ta’minlaydi. Bu holda taqvimiy rejani tuzish quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
loyiha hujjatlarining tahlilidan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tashkiliy-
texnologik sxemalar tuziladi va qurilish uslublari aniqlanadi;
ishchi chizmalardan qurilish-montaj ishlarining hajmi aniqlanadi;
qurilishni amalga oshirish usullari va asosiy qurilish mashinalari tanlanadi;
142
qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun talab qilinadigan mehnat sarfi kishi-
kun va mashinalar uchun mash-smena o‘lchamida hisoblanadi;
qurilish-montaj ishlarini bajarish tartibi va texnologik ketma-ketligiga rioya
qilgan holda ishlarni vaqt miqyosida bir vaqtda bajarish imkoniyatlarini
(tanlangan qurilish uslublaridan kelib chiqib) berish aniqlanadi;
qurilish-montaj ishlari muddati hisoblanadi;
kalendar grafik chiziladi, resurslar (ishchi, asosiy mashinalar)ni talab
darajasida ishlatilishi tekshirilib, kerak hollarda grafik takomillashtiriladi;
taqvimiy grafikdan kelib chiqqan holda taqvimiy reja (kapital mablag‘ning
bino qurilishi davrlari bo‘yicha taqsimlanishi) tuziladi.
Agar loyihalash ikki yoki uch bosqichli bo‘lsa, unda taqvimiy reja texnik
loyiha tarkibida Loyiha qamrovidagi barcha bino va inshootlar majmuasi
qurilishi uchun (hali ishchi chizmalar ishlab chiqilishi oldida), demak, ish
xajmlarini aniqligi mavhum vaqtda birinchi va investitsion loyihalari uchun
birinchi (DTIA) va ikkinchi (TIA) bosqichlarida tuziladi va u umumlashtirilgan
taqvimiy reja deb yuritiladi. Bu holda umumlashtirilgan taqvimiy rejani tuzish
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
loyiha hujjatlarining tahlilidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
tashkiliy texnologik sxemalar tuziladi va qurilish uslublari aniqlanadi
(oqim uslubini qo‘llash tavsiya etiladi);
qurilishga mo‘ljallangan bino va inshootlar (titul) ro‘yxati tuziladi va
qiymatlari umumlashtirilgan me’yor yoki o‘xshash (analog) bino va inshootlar
narxidan topiladi;
bino va inshootlarning mo‘ljallanishi (asosiy va yordamchi) va turiga
(makoni cheklangan, lokal va vertikal va cho‘ziq, uzunchoq) qarab guruhlarga
bo‘lib oqimlar tashkil qilinadi, hisob sxemasi tuziladi;
143
me’yordan
4
kelib chiqib yoki direktiv belgilangan qurilish va shu
jumladan, tayyorgarlik davri aniqlanadi;
qurilishning aniqlangan yoki belgilangan davridan kelib chiqib
yordamchi va kommunikatsiya oqimlarini asosiy oqimdan avval qurib bitirilishi
rejalashtiriladi, oqimlarning rivojlanish davrlari aniqlanadi;
kompleks siklogrammaning vaqt parametrlaridan kelib chiqib oqimlar
bo‘yicha moliyalashtirish differensial va umumlashtirilgan hamda kumulyativ
(qurilish davomida o‘zlashtirib borilishini aks etadigan) grafiklarini chizib,
zadellar aniqlanadi va me’yor bilan solishtiriladi;
yordamchi vaqt parametrlarini o‘zgartirib zadellarni me’yoriy
qiymatlariga mos kelishi uchun hisob-kitoblar amalga oshiriladi;
kapital mablag‘larni qurilish davrlari va oqim hamda quriladigan bino
va inshootlar bo‘yicha taqsimlab taqvimiy reja tuziladi.
Loyiha hujjatlarini tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qilinadi: bino va
inshootlarning hajmi, yuzasi, qavatligi, sanoat binolariga oraliqlar soni va
o‘lchami (kengligi), binolarning tarhdagi shakli va bosh tarhda joylanishi,
tuproq va iqlimiy sharoiti, konstruksiya va boshqa buyumlarni tayyorlashda
ishlatilgan ashyosi, o‘lchamlari, vazni, ularni yiriklashtirish imkoniyatlari,
binolarni qamrov (zaxvatka)larga bo‘lish.
Qurilish-montaj ishlari ro‘yxatida ular yiriklashtirilgan ko‘rinishida
keltirilishi va ularni bajaradigan brigada tarkibiga har mehnat jarayonini bajara
oladigan ishchilar kiritilishi kerak. Masalan, g‘isht terish ishlari va havozalarni
yig‘ish, sanoat binolarining ustki yopma qismining bajarilishini bitta brigadaga
topshiriladi, shuning uchun bu ishlar muddati grafikda yagona ish qilib
ko‘rsatiladi.
Qurilish ishlarining ro‘yxati va mehnat sarfi “Yagona me’yor va narhlar
(YaMvaN) (YeNiR)”ga mos bo‘lishi shart. Ishlarning bajarilish muddati (t
kun
)
4
СНиП 01.03.-03 “Корхона, бино ва иншоотлари қурилишининг даври ва заделлари”.
144
mehnat sarfi me’yorlari (t
kishi-soat
) , ish hajmi (v), smena davomi (t
sm
)dan kelib
chiqib hisoblanadi. Hisobda me’yorlar tasdiqlanganiga ancha muddat o‘tgani va
texnika hamda texnologiyada ijobiy o‘zgarishlar bo‘lib kelayotganini inobatga
olib, mehnat unumdorligining oshishini (k=1,05-1,2) ish turiga qarab
rejalashtirish kerak. YaMvaN da kishi-soat va mash-smenada berilgani tufayli
hisoblangan mehnat sarfi va mashinaga ehtiyojni mos ravishda kishi-kun (t
kishi-
kun
) va mash-smenada hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |