Toshkent arxitektura qurilish instituti


Qurilishda loyihalashni tashkil qilish



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/128
Sana01.01.2022
Hajmi3,53 Mb.
#291462
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128
Bog'liq
jjj

4.3. Qurilishda loyihalashni tashkil qilish 
 
Qurilishda  loyiha  hujjatlari  “Shaharsozlik  norma  va  qoidalari”  (ShNQ), 
«Qurilish  me’yorlari  va  qoidalari»  (QMQ)  ga  muvofiq  ko‘rinishda  ishlab 
chiqiladi va korxonalar, bino va inshootlarni yoki ularning majmualarini qurish 
uchun  zarur  va  yetarli,  asoslangan,  texnik  va  iqtisodiy  tavsifli  grafik  va  matn 
ko‘rinishidagi  materiallar  to‘plamidan  tashkil  topadi.  Qurilish  loyiha  xujjatlari 
ShNK 01.03.01–10
2
 ga muvofiq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 
Loyihalash jarayoni loyihani amalga oshirishning tashkiliy–texnik davriga 
(TTD)  kiradi  va  u  uchta  bosqichdan  iborat  bo‘lib,  uchinchi  bosqichga  to‘g‘ri 
keladi. TTD quyidagicha tavsiflanadi. 
Birinchi  bosqich
da  ko‘proq  ob’yektiv  ma’lumotlar  to‘plash  maqsadida, 
Rossiyaning  aksariyat  hududlarida 
loyihalashdan  oldingi  bosqich, 
ya’ni  yer 
uchastkasini  qurilish  uchun  ajratish  bo‘yicha  qaror  qabul  qilinishida  hujjatlar 
ishlab chiqish bosqichi joriy qilingan.  
Bu  bosqichda  ishlab  chiqaradigan  mahsulotlari  va  xizmatlar 
nomenklaturasi  bilan  ob’yektlarning  hajmiy–rejalashtirishga  oid  va  uning 
texnik–iqtisodiy  ko‘rsatkichlari  belgilanadi.  Keyin  esa  umumlashtirilgan 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoki o‘xshash 
(analog)
 ob’yektlar bo‘yicha muhandislik 
ta’minotidagi ehtiyojlarga (jumladan, issiqlik, suv, elektr energiyasi, xo‘jalik – 
oqova suvlari, gaz), xom ashyo va materiallarga bo‘lgan talab darajasiga aniqlik 
kiritiladi. Bundan tashqari, mikro hududlar va sanoat miqyosida foydalanishga 
mo‘ljallangan  yirik  ob’yektlarni  qurish  uchun  transport  sxemalari  ishlab 
chiqiladi  va  ijtimoiy–maishiy  turmush  sektorini  rivojlantirish  chora–tadbirlari 
belgilanadi.  Sanoat  va  ommaviy  bino  va  inshoot  majmualari  hajmiga  aniqlik 
kiritiladi.  
                                                 
2
Қурилишда  лойиҳалаш  ҳужжатларини  ишлаб  чиқиш  бўйича  ШНК  1.03.01-08  «Корхона,  бино  ва  иншоотларнинг  капитал 
қурилишида лойиҳа ҳужжатларини таркиби, ишлаб чиқиш тартиби, мувофиқлаштириш ва тасдиқлаш».
 
 


132 
 
Ikkinchi bosqichda
 qurilishning mahalliy o‘z–o‘zini boshqarish organlari 
tomonidan  ruxsat  berilganidan  keyin,  SES,  Davlatyong‘innazorat  va  atrof– 
muhitni  muhofaza  qilish  bo‘yicha  tashkilotlardan  ushbu  hududda  ob’yektlarni 
qurish haqidagi yozma ravishda yakuniy xulosalar olinadi. Shundan keyin, zarur 
holda majmuaviy muhandislik izlanishlari amalga oshiriladi va moliyalashtirish 
manbalariga  aniqlik  kiritiladi.  Natijada  texnik  imkoniyatlar,  sarflanadigan 
investitsiyalarning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  jihatdan  maqsadga  muvofiqligi  haqida 
qarorlar  qabul  qilinishi  uchun  zarur  yechimlar  tayyorlanadi.  Shu  bilan  yer 
uchastkasini  qurilish  maqsadlari  uchun  berish  haqida  qarorlar  tayyorlanishi 
bosqichi nihoyasiga yetadi.  
Investitsiyalar  bo‘yicha  kelishuvlar  va  tasdiqlashga  doyir 
uchinchi 
bosqich
  yakunlovchi  bo‘lib,  bu  bosqich  ob’yektlarni  loyihalash  jarayonida 
bajariladi.  Loyihalash  oldidan  Buyurtmachi  loyihalash 
topshiriqlari
ga  aniqlik 
kiritadi,  joriy  muhandislik  tarmoqlari  bilan  bog‘lanishlar  bo‘yicha  texnik 
shartlarni  oladi,  me’morchilik–rejalashtirish  topshiriqlarini  rasmiylashtiradi, 
materiallarga  aniqlik  kiritadi,  qurilishni  amalga  oshirish  uchun  talab  qilingan, 
ijtimoiy–iqtisodiy  holatlarni  tavsiflab  beradigan  boshqa  masalalarga  aniqlik 
kiritadi.  
Loyihalashning prinsipyal sxemasi 4.1–rasmda keltirilgan. 
Buyurtmachi  va  loyihalovchi  o‘rtasidagi  huquqiy  va  moliyaviy 
munosabatlar  reglementini  belgilab  beradigan  asosiy  hujjat  –  loyihalash 
topshiriqlari ilovalari bilan birga shartnoma (
bitim
) hisoblanadi. 
Loyihalash  topshiriqlari
3
.
  Buyurtmachi  tomonidan  yoki  u  tomonidan 
berilgan  topshiriq  asosida  bosh loyihalashtiruvchi  tomonidan ishlab  chiqib, bu 
hujjat me’morchilik bo‘yicha mahalliy boshqarma va ekspertiza bilan kelishgan 
holda  tuzib  chiqiladi  va  Investor  yoki  Buyurtmachi  tomonidan  tasdiqlanadi. 
Uning  tarkibida  loyihalashga  qo‘yiladigan  umumiy  va  xususiy  talablar, 
                                                 
3
 
ЎзР Давархитектқурилиш томонидан 63–сонли Қарори билан 2.06.07да тасдиқланган.
 


133 
 
jumladan,  birinchi  bo‘lib  ishga  tushiriladigan  majmualar  va  navbatdagi 
ob’yektlarning ishga tushirilish tartibi keltiriladi.  
Topshiriqlar  tarkibida  me’morchilik  –  qurilish  va  konstruksiyalar 
yechimlariga, shuningdek favqulodda vaziyatlar yuz berishidan ogohlantiruvchi, 
fuqarolar  va  tabiatni  muhofaza  qilishga  qaratilgan  chora–tadbirlar  ishlab 
chiqilishiga qo‘yiladigan talablar belgilanishi nazarda tutiladi.  
Qurilishda  loyiha  hujjatlari  Qurilish  me’yorlari  va  qoidalarida  ko‘zda 
tutilgan  namunaviy  topshiriqlar  tarkibiga  mahalliy  boshqaruv  organlari 
tomonidan  qo‘yiladigan  o‘ziga  xos  talablar  (masalan,  Moskva  hududida  amal 
qilinuvchi Davlat qurilish me’yorlari) va ob’yektlarning yakka tartibdagi o‘ziga 
xos  xususiyatlari  bo‘yicha  quruvchi  tomonidan  keltiriladigan  talablarni  ham 
kiritish  mumkin.  Quruvchi  tomonidan  texnik  nazorat  tarkibi,  qurilish–montaj 
ishlarini  sug‘urtalash,  loyihalash–qurishga  oid  hujjatlar  ekspertizasi,  davlat 
miqyosidagi 
me’morchilik–qurilish 
nazorati 
inspeksiyasi 
(DAQN), 
foydalaniluvchi  kadrlarni  tayyorlash  va  shu  kabilar  uchun  chegaralash 
o‘lchamlarini  ko‘rsatadi.  Sanab  o‘tilganlardan  tashqari,  sanoat  miqyosida 
foydalanishga  mo‘ljallangan  ob’yektlar  bo‘yicha  korxonaning  ish  rejimi 
bo‘yicha,  uning  istiqboldagi  rivojlanishi  va  ishlab  chiqaruvchi  mahsulotning 
raqobatbardoshligi bo‘yicha, fuqarolik maqsadlarida foydalanishga mo‘ljalangan 
turar–joy  ob’yektlari  bo‘yicha  esa,  qurilgan  yoki  quriladigan  inshootlarning 
maydoni,  ularning  mo‘ljallanilishi  va  tarkibi,  ularning  foydalanishga  yaroqligi 
va shu kabilar bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi.  
O‘zR  VMning  110-sonli  «Korxona,  bino  va  inshootlarning  qurilishida 
investitsiya  loyihalarini  asoslash  tarkibi,  ishlab  chiqish,  muvofiqlashtirish  va 
tasdiqlash tartibi» Qaroriga muvofiq, topshiriqlar olinganidan keyingi bosqichda 
loyihalash  jarayonni  ham  shartli  ravishda  uch  bosqichga  bo‘lish  mumkin: 
dastlabki  texnik  iqtisodiy  asoslash  (DTIA);  texnik  iqtisodiy  asoslash  (TIA)  va 
ishchi hujjatlar (IX). 


134 
 
Fuqarolik  maqsadlarida  foydalanishga  mo‘ljallangan  –  turar  joy 
ob’yektlari qurilishida loyiha hujjatlari quyidagi tarkibda tayyorlanadi: 

 
Umumiy izohlash xati; 

 
Me’morchilik–qurilish yechimlari; 

 
Texnik yechimlar; 

 
Muhandislik qurilmalari bo‘yicha yechimlar; 

 
Atrof–muhitni muhofaza qilish; 

 
Favqulodda  vaziyatlardan  ogohlantirish  bo‘yicha  chora–tadbirlar  va 
fuqarolik mudofaasi bo‘yicha muhandislik-texnik chora-tadbirlari; 

 
Qurilishni tashkil qilish; 

 
Smeta qismi; 

 
Investitsiyalar samaradorligi. 
Bundan  tashqari,  sanoat  sohasi  uchun  foydalanishga  mo‘ljallangan 
korxonalar,  bino  va  inshootlar  qurilishida  loyiha  hujjatlari  o‘z  tarkibiga 
quyidagilarni qamrab oladi: 
 


135 
 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish