3.34-rasm. Prefokarta orqali siklik beton qorish tizimini avtomatik boshqarish
moslamasining prinsipial sxemasi:
1 – perfokarta; 2 - deshifrator; 3- releyli blok; 4 – kuchlantiruvchi; 5 – pnevmouzatgich; 6 –
miqdorlagichning kiritish kulfi; 7- fotorele strelkasi; 8 – servodvigatel;
9 – orqaga qaytish uskunasi.
6
7
5
3
4
9
2
1
8
Аloqа:
мехаniк
эlektriк
162
Gidratli sxemani qaynama sxemadan farqi shundaki, ohak oldindan davrli
yoki to‗xtovsiz harakatli gidratorlarda so‗ndiriladi. Gidrator bir-necha biri
ikkinchisidan yuqori joylashtirilgan ichida aylanib turuvchi parrakli vallar bo‗lgan
barabanlardan tashkil topgan. Maydalangan ohak yuqori barabanga uzatiladi, u
yerda suv bilan xo‗llanadi va keskin aylanuvchi parraklar bilan aralashtirilib, uzun
zigzag shaklidagi masofani bosib pastki barabanga tushadi. Gidratorlarda avvaliga
plastik massa hosil bo‗ladi, keyin kukunga aylanadi. Ohakni momiqga
(pushonkaga) so‗ndirish uchun qo‗shiladigan suv miqdori ohakning 65-100% ni
tashkil qiladi. Ohak-pushonka so‗ndirilgandan so‗ng tarkibida 5% namlik bo‗ladi.
Ohak zararlarining maydalovchi jismlarga va tegirmon korpusi devoriga yopishib
qolishining oldini olish uchun tarkibida 2-3% namlik qolgunicha quritiladi.
Qaynama (kipelka) sxemada ohak-kremnezemli bog‗lovchini ishlab
chiqarishda qumni yanchishdan oldin quritish talab qilinmaydi, chunki, qum
tarkibidagi namlik ohakni qisman gidratatsiyasi uchun sarflanadi. Bunday
sharoitda ohakninng ekzotermik effekti susayadi va ishlab chiqarish sharoitida
bog‗lovchini qo‗llash osonlashadi. Qaynama sxemada olingan ohak- kremnezemli
bog‗lovchining tez tishlashishini olidini olish uchun gips toshi qo‗shiladi.
Tishlashishning tezligini paytirish uchun qoruvchiga kiritilgan suv bilan sulfit-
drojjali brajkali eritma yordam berishi mumkin. Alohida maydalashda qaynatma
ohak gipsli tosh bilan quruq usulda maydalanadi, qum esa ho‗l usul bilan
yanchiladi.
Tarkibida yuqori darajada ohak bo‗lgan kam harakatlanuvchi silikat beton
qorishma tayyorlashda qaynama ohakni 50-70% gacha so‗ndirish ahamiyatlidir,
chunki issiqlik ajralishni kamaytirish va mahsulotning katta hajmdagi yorilishiga
olib keladigan deformatsiyasini oldini olishga to‗g‗ri keladi. Zarur darajaga ohakni
so‗ndirish uchun selikatbeton qorishmasini ikki pog‗onali qorishtirishda ma'lum
oraliqni ushlab turish bilan erishiladi. Silikat beton qorishma olish uchun majburiy
harakatdagi beton qoruvchi qo‗llaniladi. Turbulent turidagi qoruvchilarga titratib
qorishtiruvchini qo‗llash katta samara beradi. Bu usullar bilan qorishda silikat
163
betonning fizik-kimyoviy xususiyatlari keskin yaxshilanadi, mustahkamligi va
sovuqqa chidamliligi oshadi, suvga to‗yinishi pasayadi. Tajribalardan ma'lumki,
silikat beton qorishmasini yuqori darajada bir turliligi, og‗ir katokli yanchadigan
mashinalarda qorishdadir. Bunday usulda qoruvchini qo‗llanilishi qorishni
ishqalash bilan birga bajaradi, natijada yumaloq ohak-kremnezemli bog‗lovchini
hosil bo‗lishining oldi olinadi va beton qorishmaning yuqori darajadagi bir
jinsliligiga erishiladi.
Maxsus qoruvchi mashina – dezintegratorda silikat beton qorishmasini
tayyorlash samaralidir. Bu usulda yumaloq qaynama ohak oldindan yanchilmaydi,
bo‗laklarga bo‗lingandan keyin darhol pushonkaga so‗ndiriladi, keyin
mo‗ljallangan og‗irlik qismini qum bilan dezintegratorga uzatiladi, u yerda bir
yo‗la mexanik ishlov beriladi va quruq qorishma aralashtiriladi. Dezintegrator
ishlovidan chiqqan qorishma beton qoruvchida qayta aralashtiriladi, so‗ng
qoliplash bo‗limiga beriladi. Bu usul bilan olingan silikat beton o‗ta yuqori
pishiqlikka va bir turdagi tarkibga ega bo‗ladi.
G„ovak beton qorishma tayyorlash
G‗ovak beton qorishma tayyorlashda qumni yanchish asosiy tayyorgarlik
operatsiyasi hisoblanadi. Sharsimon tegirmonda xo‗l usul bilan qum tuyuladi.
Bunda qumni quritish barabanlarida quritish zarurati yo‗qoladi. Qum yanchilganda
tegirmonga zichligi 2000-2500 kg/m
3
va namligi 32-35% bo‗lgan shlam hosil
bo‗lguncha suv quyiladi.
Yanchilgan qumning solishtirma yuzasi (sm
2
/g) g‗ovak betonni zaruriy
(kg/m
3
) zichligiga qarab belgilanadi: 1500-2000 solishtirma yuza uchun zichlik
800; 2000-2300 solishtirma yuza uchun zichlik 700; 2300-2700 solishtirma yuza
uchun zichlik 600; 2700-3000 solishtirma yuza uchun zichlik 500 va pastroq.
Yirik yanchilgan qumdan tayyorlangan qumli shlamni zichligi 1,6 kg/l dan
kam bo‗lmasligi kerak; normal yanchilgan qumli shlamni zichligi 1,68 kg/l;
rudalarni boyitishdagi ikkilamchi mahsulot shlami zichligi 1,75-1,8 kg/l.
164
Yanchish jarayonini tezlatish va plastik xususiyatli shlam olish uchun PAV
(yuza aktiv moddalar) qo‗shiladi. Gaz hosil bo‗lish jarayonini yaxshilash va
qorishmaning birturliligini oshirish maqsadida shlamga yanchishda 3% ohakli sut
ko‗rinishida ohak qo‗shiladi. Gaz hosil qilish uchun alyumin kukunini suvli
quyqasi yoki pastasi PAP-1 xizmat qiladi. Alyumin kukunini oldindan ishlov berib,
tayyorlash jarayonida hosil bo‗lgan yog‗li plenkasi olib tashlanadi (parafin).
Parafinlangan alyumin kukuni zarachalari suv yuqtirmaydi va suvda xo‗l
bo‗lmaydi. Bunday kukunni aralashtirishda qorishmada tekis taqsimlanmaydi, bu
esa gazbeton tarkibini yomonlashtiradi. Bundan tashqari parafin plenkasi vodorod
ajralib chiqish jarayonini sekinlashtiradi. Alyumin kukuni plenkasini olish uchun
elektr pechlarda 200-250
0
S da to‗rt soat davomida qizdiriladi. Kukunni
qizdirmasdan, unga suv yuqtirmaslik xususiyatini berish uchun oldindan suvli
eritma PAV bilan ishlov beriladi.
G‗ovak beton qorishma tayyorlash uchun bog‗lovchini gomogenizatorga
tushiriladi, u yerda kamerali nasos bilan sarf bunkeriga uzatiladi. Qumli shlam
qorish bo‗limining miqdorlagichi ustiga joylashgan shlam-basseynga ortiladi. 4-5
soat davomida ushlanib, mexanik va pnevmatik qurilma yordamida tinimsiz
aralashtiriladi, keyin nasos bilan betonqoruvchi bo‗limning sarflovchi bakiga
uzatiladi. Gaz ko‗rinishdagi qorishma gidrodinamik yoki titratib gaz
qoruvchilarda tayyorlanadi (3.35-rasm).
Gidrodinamik qoruvchi 1800 mm katta diametrli beshta parrakli gorizontal
val (aylanish chastotasi 100 min
-1
gachan) va 2 ta 380 mm diametrli gidrovint
(aylanish chastotasi 1450 min
-1
) bilan jixozlangan. Qorish kamerasining sig‗imi 5
m
3
ni tashkil qiladi. Qoruvchi portalga o‗rnatilgan bo‗lib, 8-12 m/min tezlikda
siljiydi. Titratuvchi gaz qoruvchining asosiy konstruktiv xususiyati shundaki,
uning korpusiga plastinkali ilgakka 2 ta titratgich mustahkamlangan, gorizontal
yo‗nalgan 0,3-0,5 mm amplitudali tebranish beradi. Qoruvchida qaytaruvchi
parraklar va parrakli aylanuvchi val bor. Titratib gaz qoruvchini shuningdek
harakatlanadigan portalga o‗rnatiladi.
165
Do'stlaringiz bilan baham: |