1.4-jadval
G‟isht-tosh terishda va montaj qorishmalarining tarkibi (hajm bo‟yicha)
Sement
markasi
Qorishmalar uchun tarkiblar
200
150
100
75
50
Sement-ohakli qorishmalar
500
400
300
200
1:0,2:3
1:0,1:2,5
-
-
1:0,3:4
1:0,2:3
1:0,1:2,5
-
1:0,5:5,5
1:0,4:4,5
1:0,2:3,4
-
1:0,8:7
1:0,5:5,5
1:0,3:4
1:0,1:2,5
-
1:0,9:8
1:0,6:6
1:0,3:4
Sementli qorishmalar
500
400
300
200
1:3
1:2,5
-
-
1:4
1:3
1:2,5
-
1:5,5
1:4,5
1:3
-
1:6
1:5,5
1:4
1:2,5
-
-
1:6
1:4
Quruq issiq iqlim sharoitida qorishmaning suvsizlanmasligini ta‘minlash
zarur. Zavodda tayyorlangan qorishma tashilayotganda va qurilish maydonida
vaqtincha saqlanganda suvning bug‘lanishini oldini oladigan chora-tadbirlar
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, qorishmani yopiq idishda
32
saqlash, to‘kma holatda bo‘lsa o‘rama materiallar bilan berkitish va sh.k.
usullardir. Qorishma material ustiga yoyilganda tezda qurib qolmasligi uchun
ularni namlash tavsiya etiladi.
Qish mavsumida g‘isht-tosh terish va montaj qorishmalari isitilgan holda
ishlatilishi tavsiya etiladi. Bunda tayyorlangan qorishma yoki qorishma
komponentlari (suv, sement va qum yoki qum) bug‘ yoki elektrotenlar yordamida
60-80
0
C haroratgacha isitiladi. Yirik uysozlik panellarni montaj qilishda sement-
qum pastasi (1:1 nisbatda portlandsement va qum) ishlatiladi. Sement-qum pastasi
28 sutkada 400 marka mustahkamlikka erishadi.Qorishmalar va pastaning muzlash
haroratini pasaytirish uchun tarkibiga kalstiy xlorid, natriy xlorid, natriy nitrati
kabi tuzlarning 5% suvdagi eritmasi ishlatiladi.
Pardozlash qorishmalari
Pardozlash qorishmalari sementlar, ohak, gips, sement-ohak, ohak-gips,
gipssementpuststolan va boshqa bog‘lovchilar asosida tayyorlanadi. Pardozlash
qorishmalari ikki asosiy turga: odatdagi suvoq qorishmalari va manzarali
qorishmalarga bo‘linadi. Ishlatilish sohasiga ko‘ra suvoq qorishmalari tashqi suvoq
va ichki suvoq qorishmalariga bo‘linadi.
G‘isht-tosh va beton asosida qurilgan bino va inshootlarni tashqi tomondan
suvash uchun sementli, sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi. Quruq issiq iqlim
sharoitida yog‘och yuzalarni suvashda ohak-gipsli qorishmalar ishlatilishi mumkin.
Doimo nam va suv ta‘sir etadigan binolarning stokol, karniz va boshqa qismlarida
tarkibiga gidrofob moddalar qo‘shilgan sementli va sement-ohakli qorishmalar
ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Xonalar havosining nisbiy namligi 60% gacha bo‘lganda binolar ichki
devorlari va qavatlararo yopmalarni suvash uchun ohakli, gipsli, ohak-gipsli va
sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi. Suvoq qorishmalarining harakatchanligi
standart konusning cho‘kishi chuqurligi bilan aniqlanadi.
Mexanizastiyalashtirilgan usulda suvashda ichki qatlam uchun qorishma
harakatchanligi 6-10 sm ni, qo‘l bilan suvashda esa 8-12 sm tashkil etadi. Bunda
33
qumning eng yirik donasi 2,5 mm oshmasligi kerak. Pardozlash qatlamining
harakatchanligi 8-12 sm bo‘lishi kerak. Bu qorishmalarda qumning eng yirik
donasi 1,25 mm bo‘ladi.
Manzarali qorishmalar binolarni tashqi va ichki tomondan bezashga
mo‘ljallangan. Manzarali qorishmalar asosida devor panellari va yirik bloklarning
sirtqi yuzalarini zavodning o‘zida pardozlash, shuningdek qurilish maydonlarida
bino fasadlarini pardozlash mumkin. Turarjoy va jamoat binolarining ichki
devorlarini pardozlashda ham manzarali qorishmalar ishlatiladi.
Manzarali qorishmalar olishda bog‘lovchi sifatida oq, rangli va oddiy
portlandsementlar, binolarning ichki devorlari uchun esa ohak va gips ishlatiladi.
Manzarali qorishmalar tayyorlashda mayda to‘ldirgich sifatida toza kvarst qumlari,
granit, marmar, ohaktosh, xarsangtosh va boshqa oq va rangli tog‘ jinslarini
maydalab olingan qum ishlatiladi. Manzarali qorishma tarkibiga bezash faolligini
oshirish maqsadida ozgina miqdorda slyuda, vermikulit, perlit, shisha maydasi
kiritiladi. Ichki bezakda pardoz qatlamiga dekorativ ko‘rinish berish uchun rangli
polimer donachalar ham qo‘shilishi mumkin.
Manzarali qorishmalarga rang berish uchun ishqor muxitiga chidamli va
quyosh nuriga bardoshli tabiiy va sun‘iy pigmentlar (lazur, ultramarin,oxra,temirli
surik, mo‘miyo va boshq.) ishlatiladi. Temirbeton panellarni pardozlash uchun
kamida 150 markali, engil betonlardan tayyorlangan panellarni pardozlash hamda
binolarning fasadlarni suvash uchun 50 markali qorishmalar ishlatiladi. Manzarali
qorishmalarning sovuqqa chidamliligi kamida M35 markada bo‘lishi kerak.
Qorishmaning massa bo‘yicha suv shimuvchanligi 8% oshmasligi zarur. Yirik
panellar va bloklarni zavodda manzarali qorishmalar asosida fakturali ishlanishi
tavsiya etiladi.
Mahsus qorishmalar
Gidroizolyastion
qorishmalar.
Gidroizolyastion
qorishmalar
odatda
portlandsement, sulfat muxitiga chidamli sement, gidrofob sement va kengayuvchi
sement asosida tayyorlanadi. Ularning tarkibiga 1:2,5 yoki 1:3,5 (sement:qum,
34
massasi bo‘yicha) bo‘lib, suv o‘tkazmaslik xususiyatini yanada yaxshilash uchun
tarkibiga har xil zichlashtiruvchi moddalar (natriy alyuminati, xlorli temir, bitum
emulsiyasi, polimerlar, latekslar va boshq.) kiritiladi. Gidroizolyastion qorishmalar
doimo nam, suv yoki agressiv muxitlar ta‘sirida bo‘ladigan bino va inshootlarning
qismlarini, yuzalarini suvashda ishlatiladi.
In‟ekstion qorishmalar.
In‘ekstion qorishmalar armaturasi avvaldan
taranglanadigan temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda armaturani korroziyadan
himoyalash maqsadida kanallarni to‘ldirish uchun ishlatiladi. Ular sement xamiri
yoki sement-qum aralashmasi sifatida tayyorlangan pasta holatida bo‘lishi
mumkin. Mayda to‘ldirgich sifatida yiriklik moduli eng kichik, yuvilgan kvarst
qumi ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mineral bog‘lovchi sifatida M400 va undan yuqori markali portlandsement
ishlatiladi. Sementning sarfi 1 m
3
qorishma uchun 1100-1400 kg va 1 m
3
sement
xamiri uchun 1300-1600 kg bo‘lishi kerak. In‘ekstion qorishmaning siqilishga
mustahkamligi bo‘yicha markasi kamida 300 bo‘ladi. Qorishma aralashmasining
qovushoqligini kamaytirish uchun tarkibiga milonaft kabi sirtaktiv moddalar va
C-3 singari superplastifikatorlar (0,1-1%, massasi bo‘yicha) kiritish tavsiya etiladi.
Akustik qorishmalar.
Tovush yutuvchi suvoqlar tayyorlashda va aks sado
hosil bo‘lmaydigan xonalarni suvashda akustik qorishmalar ishlatiladi. Mineral
bog‘lovchi sifatida portlandsement, shlakli portlandsement, ohak, gips, ular
asosidagi aralash bog‘lovchilar va kaustik magnezit ishlatiladi. Mayda to‘ldiruvchi
sifatida ko‘pchitilgan perlit, pemza, keramzit va shu kabi g‘ovak materiallardan
olingan, yirikligi 3-5 mm bo‘lgan bir frakstiyali qumlar ishlatiladi.
Qorishmalarning o‘rtacha zichligi 600-1200 kg
m
3
bo‘lib, ochiq g‘ovakli
strukturaga ega bo‘ladi.
Tamponaj qorishmalar.
Neft va gaz quduqlarini, tonnellarni gidroizolyastiya
qilishda, tog‘ jinslari yoriqlari va bo‘shliqlarini to‘ldirishda va boshqa joylarda
tamponaj qorishmalar ishlatiladi. Bu qorishmalarni tayyorlashda mahsus tamponaj
35
portlandsementi, agressiv muhitlarda esa sulfat muxitiga bardoshli portlandsement
ishlatiladi. Tamponaj qorishmalar juda tez qotuvchanlik xususiyatiga ega.
Rentgen nurlaridan himoyalovchi qorishmalar.
Ular barit qumi asosida
tayyorlanadi. Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsement va shlakli portlandsement
ishlatiladi. Qorishma tarkibiga litiy, bor, kadmiy kabi engil elementlar qo‘shimcha
sifatida kiritiladi. Barit qumining eng yirik donasi 1,25 mm katta bo‘lmasligi
kerak. Qorishmaning o‘rtacha zichligi 2200 kg
m
3
atrofida bo‘ladi. Ular rentgen
kabinalari va boshqa mahsus binolar devorlari va shiplarini suvashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |