O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI FAKULTETI QURILISH MASHINALARI FANIDAN Mavzu: Domkrat, chig'ir va tallar. Qurilish ko'targichlari. Minorali kranlar. MUSTAQIL ISH
Toshkent - 2022
Bajardi: Usanov Mag’rurbek 11-20 guruh Tekshirdi: Saydullayev A
Reja:
1. Domkratlar.
2. Chig'ir va tallar.
4. Qurilish ko'targichlari.
3. Minorali kranlar.
Domkrat va chig‘irlar
Domkrat uncha katta va og‘ir bo‘lmagan, ko‘tarib olib yurish mumkin bo‘lgan yuk ko‘tarish mexanizmlaridir. U yukni 200 - 500 mm balandlikka ko‘tarish, uni gorizontal bo‘ylab siljitish va konstruksiyalarni o‘rnatish paytida ularni bir-biriga to‘g‘rilash uchun xizmat qiladi. Domkratlar qurilishda o‘rnatish va tuzatish ishlarida, tarmoqlarni handaksiz joylash uchun mo‘ljallangan qurilmalarda, qurilish mashinalarida keng qo‘llaniladi. Tuzilishiga ko‘ra reykali domkratlar, vintli va gidravlik domkratlar bo‘ladi. Yuritmalariga ko‘ra qo‘l kuchi bilan ishlaydigan, elektrik, gidravlik va pnevmatik bo‘ladi. Vintli domkratlar 50 t yukni 0,5 m balandlikkacha ko‘tara oladi. Elektromexanik vintli domkratlar ko‘rilayotgan imoratni yopmasini ko‘tarishda ishlatiladi va ular 100t gacha ko‘tara oladi. Reykali domkratlar reyka bir yoki ikki juft shesternyalardan iborat tishli uzatmani tormoz bilan jihozlangan xavfsiz ishlaydigan dastani aylantirish hisobiga harakat beriladi. Gidravlik domkratlar vintli va reykali domkratlarga nisbatan ko‘p yuk ko‘tara oladi, foydali ish koeffitsienti (f.i.k.) yuqori bo‘ladi. Bu turdagi domkratlar 200t gacha yukni 0.2m gacha ko‘tara oladi. Tomlarning yig‘ma qavatlari, ko‘priklarni oraliqlarini ko‘tarishda umumiy batareyaga birlashtirilgan va bitta elektr yuritmali nasos orqali ish suyuqligi bilan ta’minlanadigan domkratlar ishlatiladi. Bu domkratlarning yuk ko‘tarish qobiliyati 3 ÷ 103 tonnagacha yetadi.
Tallar tortgichlarga osib ishlatiladigan ixcham yuk ko‘tarish qurilmasi hisoblanadi. Ulardan o‘rnatish, tuzatish va takelaj ishlarini bajarishda foydalaniladi. Yuritmalariga ko‘ra qo‘l kuchi va elektr bilan ishlaydigan turlarga bo‘linadi. Chig‘irlar takelaj tuzatish va o‘rnatish ishlarini bajarishda barabanga o‘ralgan arqonlar yordamida yuklarni ko‘tarish yoki ularni siljitishga mo‘ljallangan yuk ko‘taruvchi mexanizmlar hisoblanadi. Chig‘irlar yuritmalariga ko‘ra – qo‘l kuchi bilan ishlaydigan va mexanik yuritmali bo‘lish mumkin. Vazifalariga ko‘ra - yuk ko‘taruvchi, tortuvchi va burilma, 69 o‘rnatilishiga ko‘ra – qo‘zg‘aluvchan va bir joyda turib ishlaydigan (kran, elevator va boshqalarga o‘rnatilgan) bo‘ladi. Barabanlar soniga qarab – bir barabanli va ikki-uch barabanli va barabansiz (shkivli) turlarga bo‘linadi.