keldi. SHu davrda o„yinchilar maydonga to„pni kuch bilan kiritish,
aldov zarbalari usullarini keng qo„llay boshladilar, uzatish
texnikasiga e‟tibor berdilar, himoyaning ahamiyati ortib o„yin
tezkor, shiddatli bo„la boshladi, natijada o„yinchilarning
harakatchanligiga talab oshdi. 1931 yilda BLKEI tashabbusi biln
mamlakatimizga jismoniy tarbiyaning asosi bo„lgan «Mehnat va
mudofaaga tayyor» Butunittifoq kompleksi ta‟sir etildi. Bu tadbir
voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini
yuksaltirishgagina emas, balki yoshlarni voleybol mashg„ulotlariga
jalb etishga ham imkoniyat yaratdi. Voleybolning ommaviy
rivojlanishi va keng targ„ib qilinishida ko„pgina madaniyat va
istirohat bog„larining maydonchalarida o„tkazilgan musobaqalar
katta ahamiyatga ega edi. Moskvadagi markaziy madaniyat va
istirohat bog„ining 20 ta maydonchasi atrofida tomoshabinlar
yig„iladilar. O„tkazilayotgan o„yinlar faqat moskvaliklar uchun
emas, balki chet ellik mehmonlar uchun ham yaxshigina maktab
edi. SHuning uchun 30-yillarda Olmoniyada (Germaniya)
«Voleybol – rus halq o„yini» deb nomlangan voleybol bo„yicha
musobaqa qoidalari kitobcha holida chop etildi. Turli
shaharlarning eng kuchli jamoalari orasida birinchiliklar o„tkazib
turildi. 1931 yilda Xarkovda Moskva, Dnepropetrovsk va maydon
egalarining erkak va ayollar jamoalari uchrashdilar. Moskvalik
ayollar g„olib chiqdilar, har uchchala erkaklar jamoasi bittadan
mag„lubiyat va g„alabaga ega bo„ldilar. Bu uchrashuvlar «tez
sur‟atli» o„yinning ahamiyati ancha ortganligini ta‟kidladi. 1932
yildan voleybol barcha katta spartakiadalarning dasturiga teng
huquqli sport turi sifatida kiritildi. SHu sababdan voleybol
bo„yicha butunittifoq musobaqalarining har yili muntazam
o„tkazib turilishi haqidagi masala ko„tarildi. 1932 yilning
bahorida Butunittifoq jismoniy tarbiya kengashi qoshida voleybol
seksiyasi tashkil topdi va uning tarkibiga A.Potashnik (rais),
V.Oskolkov, M.Vilgrat, YU.Bagon, V.Kryuk va boshqalar
kiritildilar. 1932 yildan avval «Voleybolchilarning Butunittifoq
bayrami» deb atalgan «Sovet Ittifoqi» birinchiliklari muntazam
o„tkazila boshladi. Voleybol bo„yicha SSJI birinchiligi ilk bora
Dnepropetrovsk shahrida 1983 yilning 4-6 aprelida bo„lib o„tdi.
Musobaqalarda ayollar jamoasi (Moskva, Dnepropetrovsk,
Xarkov, Boku, Minsk) va 5 ta erkaklar jamoasi (Moskva,
Dnepropetrovsk, Xarkov, Tiflis, Minsk) ishtirok etdi. Aylanma
tartibda o„tkazilgan o„yinlar ko„p sonli tomoshabinlarni o„ziga
jalb qildi. Qiziqarlisi birinchilik tugagach, moskvalik aralash
jamoalarning ko„rgazmali o„yinlari o„tkazildi.
O„yin uch yoki besh partiyadan iborat bo„lib, har bir partiya 15
ochkogacha davom etadi. Agar ochkolar 15:15 bo„lsa, o„yin 17
ochkogacha davom etadi. So„nggi partiya (3- va 5-)da o„yin hisobi
“taym-brek” asosida olib boriladi. YA‟ni o„yindagi har bir harakat
natijasiga qarab to„pni o„yinga kiritish huquqi qaysi jamoada
bo„lishidan qat‟iy nazar jamoaga mag„lubiyat yoki g„alaba
keltirishi mumkin. Hal qiluvchi partiyada o„yin 2 ochko farq
qilguncha davom etadi. O„yin jarayonida To„pni o„yinga
kiritishda:
texnik
malakalarni
bajarishdagi
xatolar:
Do'stlaringiz bilan baham: |