3.2. Uy-joyni saqlash xarajatlarini to’lash tartibi
Ko‘p kvartirali uylar mol-mulkning o‘ziga xos shakli boiib umumiy mulk hisoblanadi. Odatda. ko‘p kvartirali uylarda yashovchi fuqarolar o‘zlariga tegish'i turarjoyga nisbatan xususiy mulk huquqini noto‘g‘ri tuslumadilar va faqatgina o'zinmg kvartirasiga tegishli masalalar uchun javob berishlarini ta'kid-laydilar.
Biroq. ko‘p kvartirali uylardagi kvaitiralaming har biri umumiy va yagona kontmksiya asosida qurilishi jihatidan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, kvartira egalari mol-mulkining mayjud bo‘lishini undagi umumiy to'sinlar, yoMaklar, zinapoyalar. devorlar, ko‘p kvartirali uyning fundamenti va tomisiz tasawur qilish qiyin. Shu ma'noda ko‘p kvariirali uydagi turarjoy mulkdori mana shu turarjoyni va qolaversa, ko‘p kvartirali uyni saqlash majburiyatini o‘z zimmasiga olishi lozim.
Odatda, saqlash majburiyati deganda muayyan mol-mulkning normal eskirish holatini ta'minlaydigari. uni tayinlangan maqsadi uchun foydalanish imkoniyatini yaratadigan o‘ziga xos ta'mirlash, tuzatish, tozalash ishlari tushuriladi:
Ko‘p kvnrtirali turaijoy mulkdorining o‘zi yashayotgan kvar-tirani tegishli texnik va sanitariya holatida saqlash uchun o‘z hisobidan xarajat qilishi lozim. Ya’ni, bunda ko‘p kvartirali turaijoy mulkdori o‘zining kvartirasidagi barcha texnik asbob-uskunnlar, elektr hisoblagich va elektr simlari, gaz. issiq suv quvurlari va liisoblagichlarning tloimo ishlashi va xavfsizlik talablariga javoh herishi tegishli texnik holat hisoblanadi.
Tegishli sanitariya holatida saqlash deganda esa kvartirani toza lutishi, uni ifloslantirib yubormasligi lozim bo‘ladi. Zero, umumiy qolip, devor. to‘sin bo‘lgan bitta yaxlit imoratning bir qismi ifloslanishi nntijasida ko‘p kvartirali uydagi barcha turarjoylarda turli zararkunandalar (tarakanlar, chivinlar va boshqa hasharotlar) ko‘payib ketishi va natijada turli yuqumli kasalliklar vujudga kelishi mumkin. Shu munosabat bilan ko‘p kvartirali turarjoy mulkdori o'ziga tegishli kvartirani tegishli sanitar holatida saqlashni o‘z hisobidan ta'minlashi lozim bo'ladi.
Ko‘p kvartiralfturaijoy mulkdori o‘ziga tegishli kvartira bilan birga timumiy mulk (umiimiy devorlar, yoMaklar, zinapoyalar, to‘sinlar, podval va 1om)ni va shu uyga tutash bo‘lgan obdonlashtirish elementlari bo'Igan yer uchastkasini saqlashning umumiy xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi. Ya'ni, bunda umumiy mulk va obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash majburiyati ko‘p kvartirali uy-joyda yashovchi barcha mulkdorlarning umumiy mulkdagi ulushi bo‘yicha taqsimlanadi. Ko‘p kvartirali uy turarjoy mulkdorlarining umumiy mulkni saqlash xarajatlari stixiyali tarzda, muayyan ishni bajarish kerak bo'lganda borini berish shaklida emas, qoida tariqasida majburiyat badal shaklida to‘lanishi va to'plab borilishi lozim. Bu badalllar xususiy turaijoy mulkdorlari shirkatlarining hisob raqamida yoki davlat uy-joy fondi uylarini boshqarish organlarining hisob raqamida saqlanishi lozim.
Umumiy mulkni saqlash xarajatlari sifatida kodeks quyidagilami nazarda tutadi:
—ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish: —unga xizmat ko‘rsatish, uni joriy va kapital ta'mirlash;
— ko'p kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish de-ganda, odatda, uyning tegishli texnik, sanitariya holatini nazorat qilib turish, xususiy turarjoy mulkdorlari shirkati bo'lgan uy joyning umumiy ta’minoti (masalan, yo‘lak va zinapoyalami yoritish, yo‘laklarga kirish eshiklari sozligini ta'minlash, uy atrofi tozaligini ta’minlash) va shirkat bilan boshqa tashkilotlaro'rtasidagi huquqiy (shartnomaviy) aloqalarni vujudga kelitirish va ko'p kvartirali uy manfaatlarini hinioya qilish kabi keng qamrovli masalalar tushuniladi. Albatta mazkur holatiarning barchasi tekinga yoki jnmoatchilik asosidn amalga oshirilishi mumkin emas. Shu sababli boshqaruvni amalga oshirish uchun to'langan badallar hisobidan boshqaruvchiga (hozirgi kunda xususiy turarjoy mulkdorlari shirkati raisi yoki davlat uy-joy fondida boshqarish tashkiloti) muayyan haq to‘lanishi va u qilgan xarajatlar qoplanishi lozim.
Ta’kid)ash lozimki, luraijoy munosabatlari tizimida fuqarolarga qulaylik tug£dirish uchun zarur bo‘lgan kommunal xizmatlar. turaijoylarni tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi, sovuq va issiq suv bilan tn’minlash, suvni chiqarib tashlash (kanalizatsiya), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish kabi munosabatlar mavjudki, mazkur ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy munosabatlar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun muhim ahamiyatga ega.
Zern, aynan mazkur turdagi xizmatlarning sifatli va o'z vaqtida bajarilishi, ko‘p kvartirali uylardagi mulkdorlarning ehtiyoji uchun eng zamriy omillar sanaladi.
Mazkur xizmatlar nafaqat alohida holda bitta kvartiraga balki. umumiy mulk bo‘Igan ko‘p kvartirali uydagi umumiy mulkka ham qaratilishi mumkin.
Masalan, ko'cha va yo‘lak chiroqlari yoritish uchun haq aynan kvartira egalari lomonidan to'lanadigan badal hisobidan qoplanadi.
Joriy va kapital ta'mirlash esa yo'laklar (podyezd) va zinalari. umumiy devorlar va to‘sinlar, uyning tashqi bezagi, umumiy quvurlar va elektr tarmnqlarining sozligini ta'minlash uchun amalga oshiriladi.
Ko'p kvartirali uy atrofidagi yer uchastkasini tozalash, li yerni ko‘kalamzorlashtirish va saqlab turish xarajatlari ham turarjoy egalari badallari hisobidan qoplanadi
Ko‘p kvartirali turarjoyni saqlashning umumiy xarajatlari va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchast-kasini saqlash xarajatlari lurarjoy egalarining umumiy yig'ilishida ko'pchilik ovoz bilan belgilanndi. Bu holat esa umumiy yig'ilish bayonnomasida qayd etiladi.
Shirkat tashkil etilmagan ko‘p kvartirali uylarda noturaijoy mulkdorlari ham faoliyat yuritishadi va ular uyning umumiy xarajatlarni qoplash bo'yicha umumiy yig'ilish bilan majburiy shartnoma tuzadilar. Shartnomada yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo'lgan yer uchast-kasini saqlash bo'yicha umumiy xarajatlarning turlari, yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlarining xarajatlami qop-lashdagi ulushi, badallarni to‘lash muddatlari, umumiy hashar va nbodonlashtirish ishlarida ishtirok etish majburiyati kabi masalalar o‘z ifodasini topishi lozim.
Ko‘p kvartirali uydagi turarjoy mulkdori o‘ziga tegishli kvar-liradan foydalanmasligi ham mumkin Shu bilan birga u uydagi umumiy mulkdan foydalanishdan voz kechishi mumkin. Bu holatlar turaijoy mulkdorini ko‘p kvanirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash. obodonlashtirish elementlari bo'lgan yer uchastkasini saqlash bo'yicha umumiy xarajatlar uchun badallarni to‘lashdan ozod qilmaydi.
Zero, yuqorida ta'kidlanganidek. ko‘p kvartirali uyda joylashgan turarjoylarning mavjudligi va xavfsizligi ularning har biriga va qolaversa. umumiy konstruksiya. devorlar, to'sinlarga bog‘liqdir.
Turatjoy mulkdori o‘ziga tegishli tumrjoyni arendaga, ijaraga bergan bo‘lsa, umumiy mulkdagi umumiy xarajatlarni qoplash majburiyatini ijaraga oluvchiga yoki arcndaga oluvchiga o'tkazishi mumkin. Albatta umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlarini ijaraga oluvchiga o'tkazish yoki o'tkazmaslik turarjoy mulkdori va ijaraga oluvchi o‘rtasidagi o zaro kelishuvga ko‘ra amalga oshiriladi va bunda umumiy xarajatlarni qoplash majburiyati turarjoy ijaraga berilganda turarjoy mulkdorining o'zida ham saqlanib qolishi mumkin.
Ko‘p kvartirali uydagi turarjoyni saqlashning umumiy xara-jatlarini qoplash majburiyati ijaraga oluvchiga o'tkazilganda ham turarjoy mulkdori ijaraga oluvchining umumiy xarajatlarni o‘z vaqtida to'lmasligi uchun mas'ul hisoblanadi. Ya'ni, turarjoy mulkdori ijaraga oluvchi umumiy xarajatlarni to'lamasa yoki toMashni kechiktirsa buning uchun javobgar bo'ladi.
Umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boMgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni toMashga doir majburiyatlar joyni ijaraga, arendaga oluvchiga o'tkazilganligini xabardor qilish tartibi va xabardor qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar ro‘yxati qonunchilikda belgilangan. Unga ko‘ra umumiy mol-mulkni saqlash majburiyatlari ijaraga, arendaga oluvchiga o‘tkazilganda ko‘p kvartirali uydagi turaijoy mulkdori quyidagi shaxslar xabardor qilishini kerak:
—shirkat;
—boshqaruvchi (ijrochi direktor); — boshqaruvchi tashkilot;
—turaijoylar mulkdorlari tomonidan vakil qilingan shaxs. Umumiy molmulkni saqlash majburiyatlari ijaraga, arendaga oluvchiga o‘tkazilganligini o‘z vaqtida ogohlantirilmaslik, turaijoy mulkdorini
ushbu xarajatlami to'lashdan ozod qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |