Bog'liq METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun
Invertirlamaydigan kuchaytirgich. Invertirlamaydigan kuchaytirgichda kirish signali invertirlamaydigan kirishga keladi, invertirlovchi kirish esa rezistiv bo‘lgich R1, Rta yordamida kuchlanish bo‘yicha ketma-ket MТA bilan qamrab olingan (4.28-d rasm). Bu sxemada kuchlanish Ukir=U0+Uta. U0=0 bo‘lganligi uchun Ukir=Uta=UkirR1/(R1+Rta). Bu yerda invertirlamaydigan kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyenti:
. (4.47)
Ma’lumki, invertirlamaydigan kuchaytirgichning kirish qarshiligi ulkan va OK ning invertirlamaydigan kirish bo‘yicha qarshiligiga teng, chiqish qarshligi esa nolga yaqin.
Agar teskari aloqa qarshiligi Rta=0 bo‘lsa, u holda Uchiq=Ukir va invertirlamaydigan kuchaytirgich kuchlanish takrorlagichiga aylanadi va undan turli sxemalarni galvanik ajratish uchun foydalaniladi.
Komparator – ikkita analog kuchlanishni taqqoslash uchun qurilmadir. Komparatorning eng sodda sxemasida kirish kuchlanishi biror tayanch kuchlanish bilan taqqoslanadi, bunday kuchlanish sifatida chiqish qarshiligining bir qismidan foydalaniladi (4.29-a rasm).
4.29-rasm. Komparator:
a) sxemasi; b) uzatish tasviri; d) sinusoidal komparatorning meandrini shakllantirish.
OK ning invertirlovchi kirishiga kirish kuchlanish, invertirlamaydigan kirishiga esa bo‘lgich R1, R2 dan olinadigan tayanch kuchlanish Un=Utayanch=βUm beriladi, bu yerda β=R1/(R1+R2) – musbat ТA rezistiv zanjiri R1, R2 ning uzatish koeffitsiyenti. Shunday qilib, OK invertirlamaydigan kirish bo‘yicha musbat teskari aloqa bilan qamrab olingan va chiqish kuchlanishi kirish va tayanch kuchlanishlarni taqqoslashda o‘z qutbini sakrab o‘zgartiradi.
Komparatorning ishlash prinsipini uzatish tasviri – chiqish kuchlanishining kirish kuchlanishiga bog‘liqligi yordamida ko‘rib chiqamiz (4.29-b rasm). Kirish kuchlanishi Ukir=0, chiqish kuchlanishi esa Uchiq=Um+ (4.29-b rasmdagi 1 nuqta) bo‘lsin. Bunda invertirlamaydigan kirishdagi kuchlanish Un=bUm+ bo‘ladi.
Agar kirish kuchlanishi noldan katta va oshib borsa, u holda uning amplitudasini ishga tushish kuchlanishi Ui.t=bUm+ ga tayanch kuchlanishi amplitudasi bilan taqqoslashda komparator uzilib-ulanadi. Bunda chiqish kuchlanishining Um+ qiymatdan Um– qiymatgacha sakrashsimon o‘zgarishi (4.29-b rasmda 2 nuqtadan 3 nuqtagacha o‘tish) ro‘y beradi. Kirish kuchlanishining yana ham ortishi komparatorning holatini o‘zgartirmaydi va OK ning inventirlamaydigan kirishidagi kuchlanish ham doimiy bo‘ladi: Un=bUm–. Kirish kuchlanishi bo‘shatish kuchlanishi Ubo‘sh=bUm– ga teng tayanch kuchlanishgacha kamayganida, ya’ni Ukir=Ubo‘sh=bUm– bo‘lganida komparatorning dastlabki holatga sakrashsimon o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Chiqish kuchlanishi bunda Um– dan Um+ gacha o‘zgaradi (4.29-b rasmda 4 nuqtadan 5 nuqtagacha o‘tish).
Shunday qilib, komparatorning uzatish tavsifi gisterezis sirtmog‘i ko‘rinishida bo‘ladi. Bunday komparator trigger (uzilib-ulanish) effektiga ega va uni Shmitt triggeri deb ataladi.
Ishga tushish va bo‘shatish kuchlanishlari yig‘indisi
(4.48)
gisterezis kuchlanishi bo‘ladi. U xalaqitga turg‘unlikni oshirish uchun kiritiladi va triggerning «zirillashini», ya’ni kirish signali yo‘q bo‘lganda uning xalaqitlar kuchlanishi orqali tasodifiy uzilib-ulanishini bartaraf etadi. Komparatorda chiqish kuchlanishining amplitudasi amalda ta’minot kuchlanishiga teng: Uchiq = Um= ±Ut.
Komparator turli uzluksiz signallardan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi signallarni shakllantirish uchun qo‘llaniladi. Xususan, komparatorga sinusoida berilganida (4.29-v rasm) uning chiqishida simmetrik to‘g‘ri to‘rtburchakli tebranish – meandr yaratiladi.
Aytaylik, vaqtning t=0 momentida komparatorning chiqishidagi kuchlanish Uchiq =±Um+ bo‘lsin. Komparator bunday holatda kirish kuchlanish amplitudasi Ukir<Ui.t. da bo‘ladi. t=t1 vaqt momentida kirish kuchlanishi Ukir=Ui.t. bo‘ladi va komparator uzilib-ulanadi. Chiqish kuchlanish Uchiq bunda Um+ qiymatdan Um–qiymatga sakrab o‘zgaradi. Vaqtning t=t2 momentida kirish kuchlanishi Ubo‘sh ga teng bo‘ladi va komparatorning yangi uzilib-ulanishi sodir bo‘ladi.