O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TОSHKЕNTAХBОRОTTЕХNОLОGIYALARIUNIVЕRSITЕTI « Kriptologiya » kafеdrasi
INDIVIDUAL LOYIHA - 2 Mavzu: BOUNCY CASTLE kriptografik kutubxonasidan foydalangan xolda ma’lumotlarni shifrlash
“Kiberxavfsizlik va kriminalistika”yo`nalishi Bajardi: 712-19 AXu guruh talabasi
G’aybullayev Shahzod
Ilmiy rahbar: Yusupov Rahmatulla
Toshkеnt – 2022
MUNDARIJA
KIRISH 3 I BOB BOUNCY CASTLE KRIPTOGRAFIK KUTUBXONASI VA UNING TAXLILI. BOUNCY CASTLE haqida ma’lumot 4
BOUNCY CASTLE kriptografik kutubxonasini sozlash va undan foydalanish 9
II BOB BOUNCY CASTLE KRIPTOGRAFIK KUTUBXONASIDAN FOYDALANIB MA’LUMOTLARNI SHIFLASH. BOUNCY CASTLE dan xavfsizlik ta’minotchisi sifatida foydalanish 13
BOUNCY CASTLE da AES / CBC / PKCS7Padding shifrlash 15
XULOSA19 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 20
KIRISH
Hozirgi kunda ko‘plab ma’lumotlarni shifrlash uchun foydalaniladigan qo‘shimcha kutubxonalar mavjud. Ular dasturchilarning va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlovchi shaxslar ishini osonlashtiradi ya’ni ma’lumotlarni buzg’unchilar hujumidan saqlash uchun ularni kuchli yo‘llar orqali shifrlashda qo‘llaniladi.
Biz quyidagi loyiha ishimizda shunday yordamchi kutubxonlardan birini ko‘rib chiqamiz. Bouncy Castle biz ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan kutubxona. Bu kutubxonadan foydalanish mutlaqo bepul hisoblanadi va bu foydalanuvchilarga katta qulaylik yaratadi.
Bu loyiha ishidan maqsad ushbu – Bounce Castle kriptografik kutubxonasi haqida umumiy ma’lumorlarga ega bo‘lish.
Loyiha ishining vazifasi esa Bouncy Castle kutubxonasining imkoniyatlari bilan tanishish va ularni tadqiq etish, kutubxona yordamida shifrlash jarayonini ko‘rib chiqishdan iborat.
Bouncy Castle - bu keng ko‘lamli kriptografik funktsiyalarni taqdim etadigan dasturiy ta’minot. Java va C # dasturlash tillarida kutubxona dasturlari mavjud. Kutubxonada juda ko‘p miqdordagi kriptografik funktsiyalarni amalga oshirish va tegishli platformalarning yuqori darajadagi standart kriptografik API-larini qo‘llab- quvvatlash, shuningdek funksionallikka yanada moslashuvchan va samarali kirish uchun past darajadagi xususiy API-lar mavjud.