ARGUMENT OLMAYDIGAN FUNKSIYALAR
Agar funksiya prototipida () qavslar ichiga void deb yozilsa, yoki hech narsa yozilmasa, ushbu funksiya kirish argument olmaydi. Bu qonun C++ da o'rinlidir. Lekin C da bo'sh argument belgisi, yani () qavslar boshqa ma'no beradi. Bu e'lon funksiya istalgancha argument olishi mumkin deganidir. Shu sababli C da yozilgan eski dasturlar C++ kompilyatorlarida hato berishlari mumkindir.
Bundan tashqari funksiya prototipi ahamiyati haqida yozib o'taylik. Iloji boricha har doim funksiya prototiplarini berib o'tish kerak, bu modulli dasturlashning asosidir. Prototip va e'lonlar alohida e'lon fayllar ichida berilishi mumkin. Funksiya yoki klas o'zgartirilganda e'lon fayllari o'zgarishsiz qoladi. Faqat funksiya aniqlangan fayllar ichiga o'zgartirishlar kiritiladi. Bu esa juda qulaydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |