2.2.Elektron biznes texnologiyalarida raqamli platformalarning o’rni va ahamiyati Elektron biznes texnologiyalarida ma’lumotlarni ximoyalash usullari.
Elektron biznes texnologiyalari raqamli platformalar (yoki elektron tijorat platformalari) orqali foydalanishni ta'minlaydigan texnologik asboblar va vositalardir. Raqamli platformalar, elektron biznes faoliyatlarini boshqarish, ma'lumotlarni almashish va axborotlarini ximoyalash usullarini ta'minlashda katta ahamiyatga ega.
Raqamli platformalar quyidagi katta o'zgarishlarni olib keladi:
Ma'lumotlarni birlashtirish: Raqamli platformalar, bir qatorda mijozlarni, tovarlarni, xaridorlarni, xizmatlarni, to'lov tizimlarini va boshqa biznes protsesslarini birlashtirish imkonini beradi. Ushbu platformalar orqali bizneslar o'z mijozlariga mo'ljallangan ma'lumotlar, kampaniyalar, to'lov tafsilotlari va xizmatlarni osonlik bilan taqdim etishlari mumkin.Online savdo imkoniyatlari: Raqamli platformalar, online do'konlar va onlayn bozorlar orqali xaridorlarga tovarlarni sotish va xarid qilish imkoniyatlarini beradi. Bu, har bir mijozning o'zgartirish uchun muhimmuhandislik ishlarni yaxshi jarayonlarda amalga oshirishi mumkin bo'lgan ko'p tovarlar bilan to'lov qilish imkoniyatiga ega bo'lishini ta'minlaydi. Ma'lumot analitikasi: Raqamli platformalar, bizneslar uchun ma'lumotlarni to'plash, saqlash va tahlil qilish imkoniyatini taqdim etadi. Bu platformalar, mijozlar haqidagi statistik ma'lumotlarni, xaridorlar tarqatmasidagi yo'l-yo'riqlarni, xarid va sotish jarayonlari bo'yicha analitik ma'lumotlarni jamlab olishni osonlashtiradi. Bu esa bizneslarga strategiyalarini optimallashtirish, marketing kampaniyalarini rejalashtirish va mijozlarga eng mos xizmatlarni taqdim etishda yordam beradi.Ma'lumot ximoyalashi: Elektron biznes texnologiyalari o'zgaruvchan va maxfiy ma'lumotlarni ximoyalash usullarini taqdim etadi. Shu maqsadda, shifrlash, autentifikatsiya, kimlik tasdiqlash, to'lov himoyasi, axborotning maxfiy saqlanishi va ma'lumotlar o'chirish va saqlash usullari kabi xavfsizlik tadbirlari qo'llaniladi.
Mobil ilovalar: Raqamli platformalar, mobil ilovalar orqali mobil qurilmalarda ham elektron biznes faoliyatlarini osonlashtiradi. Bu ilovalar orqali mijozlar tomonidan tovarlarni qidirish, sotish va sotib olish, to'lovlarini amalga oshirish va axborotlarni olish imkoniyatlarini beradi.Elektron biznes texnologiyalari, bizneslarga operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish, ma'lumotlarni to'plab olish, ma'lumotlarni ximoyalash va mijozlarga qulaylik taqdim etishning bir nechta aspektlarini ta'minlaydi. Raqamli platformalar, yuqori darajadagi integratsiyaga ega bo'lib, bizneslarga innovatsionlik, samaradorlik va keng tarqalgan raqamli biznes imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu sohalarga bo’lgan investitsiyalar 2015 yilda barcha startaplarning 55% ga tegishli bo’lgan (Internet servislar va kontentlar bozori 2014-2015 yillarda. RAEK, NIU VIGE. Ekonomika Runeta RF. str.58). Startaplarga investitsyalar qilishning asosiy shartlari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Loyihaning tijoriy jihatdan maqsadga muvofiqligi; Kuchli boshqaruv komandasining mavjudligi; Yangi turdagi mahsulot yoki hizmatning yaratilishi yoki uning texnik darajasining oshirilishi; Fondning kompaniya boshqaruv organlarida ishtirok etishi; Kompaniyaga bo’lgan investitsiyalarning aniq vaqt gorizonti va undan chiqish shartlari; Mamlakat ilm-fani, texnik va texnologik rivojlanishining pioritetli rivojlanish yo’nalishlariga mos kelishlik. Ozbekistonda venchur investitsiyalar bir qancha muammolarga duch keladi. Ulardan birinchisi intellektual mulkni himoya qilish bilan bog’liq, ikkinchisi esa vencher fondlarni boshqarish bo’yicha malakali mutaxassislarni yo’qligidir. Uchinchi muammo venchu fondlar tashkil qilish va uni yuritish o’yicha soliq 465 imtiyozlari mavjud emasligi.
Dunyo miqyosida venchur kompaniyaarning muvaffaqiyati ularning kapitalizatsiyasi va daromadliligi bilan aniqlanadi. Sobiq sovet ittifoqi xududidagi aktiv venchur fondlar safiga quyidagilarni kiritshimiz mumkin: Almaz Capital, Runa Capital, Kite Venchures, Runet Venchures, AddVenture, iTech Capital, ABRT, Mangrove Capital, RBK, Bright Capital, Inventure Capital va boshqalar. Venchur investitsiyalarning bir qancha turalri bo’lib, ular orasida eng keng tarqalganlari quyidagilardir: 1. Biznes loyihaga investitsiya qilish (seed investment); 2. Boshlang’ich biznesga investitsya qilish (start-up investment); 3. Qandayidr mahsulot loyixasi, ishga tushirilayotgan mahsulot yoki hizmat lineykasiga va biznes tarixiga ega bo‘lgan kompaniyaga investitsiya qilish (earlystage investment); 4. Stabil va perspektiv kompaniyaning mahsulotlarini mukammalashtirish va uning bozor ulushini kengaytirish uchun investitsiya (expansion investment). Venchur investitsiyalarning turlari startaplarning quyida keltirilgan rivojlanish bosqichlariga mos tushadi: 1. Ekish bosqichi – Seed, Seedstage – kompaniyada biznes go’ya bor, mahsulot yoki hizmatning prototipi yaratilishi ustida ish olib borilayapti, biznes-reja ishlab chiqilmoqda yoki u yo’q, bozorga chiqish va capital axtarish uchun bir qancha tayyorgarlik ishlarini olib borish kerak, risklarni baholash lozim, byudjetnu rejalashtirish zarur, potentsiyal investor uchun loyihaning taqdimot versiyasini ishlab chiqish kerak.
Bubosqichda startaplar Ekish fondlaridan yoki biznesfarishtalardan moliyalashtirish olishlari mumkin. AQSH da super-farishtalar bitta loyihaga $1 milliondan ko’proq pul tikishlari mumkin va bunda boshqa venchur kapitalistlar bilan sifatli startap uchun raqobat ham qiladilar. Loyihani baholash uchun esa huquqiy, moliyaviy, marketing va ilmiy texnik expertiza o’tkaza oladigan kompaniyalarga ham murojaat qilinishi mumkin. 2. Startap – start-upstage – startapning ishga tushirilishi, pilot versiyada mahsulot yaratigan, uni testlashtirish jarayoni boshlangan va birinchi mijozlarga hizmat 466 ko’rsatish boshlangan. Bu bosqichda g’oyaning mualliflari vechur fondlardan investitsiya olishlari mumkin. 3. O’sish bosqichi – Early Stage – Mahsulot bozorga chiqarilishga tayyor, startapning rivojlanishi amalga oshirilayapti, mahsulot sotuvi o’sayapti, stabil iste’molchilar paydo bo’layapti. Bu bosqichda venchur fondlar yoki banklardan investitsiya olinishi mumkin. 4. Kengayish bosqichi – Expansion Stage – kompaniya faoliyati tezlik bilan o’sib borayapti, sotuv bozorlari kengayayapti, aktiv sotuvlar amalga oshayapti. Bu bosqichda qo’shimcha moliyalashtirish talab qilinishi mumkin. Bu bosqichda banklardan investitsiya olinishi mumkin. 5. Rivojlanishning keyingi bosqichi – Later Stage – bu bosqich kompaniyaning keyingi rivojlanishi va uning katta ommaviy tashkilotga aylanishi bilan bog’liq. 6. Chiqish bosqichi – Exit – bu bosqichda investor biznesdan chiqib ketishi mumkin, kompaniya esa hech kimning yordamisiz o’z faoliyatini davom ettirishi mumkin. Tashqi moliyaviy mablag’larni jalb qilishning keng tarqalgan usullaridan biri moliyaviy royalty (Royalty Financing) hisoblanadi. Bunda investor ustav kapitalda ulush emas, balki kelishilgan vaqt davomida daromaddan ma’lum bir qismini olish bo’yicha shartnoma tuzadi. Bunday kelishuvlar odatda loyihaga investitsya qilingan summa miqdoridan 3-6% ko‘proq pulni qaytarib olishni ko’zda tutgan holda tuziladi. Ushbu moliyalashtirish usulida kichik biznes egalari biznesga bolgan egalikni saqlab qoladilar. Bu usulda moliyalashtirishga erishishda investorni kelajak mahsulotning foyda bera olishiga ishontirish kerak bo’ladi. 13.4. Elektron biznesini rivojlantirish strategiyasi Global iqtisod va raqamli iqtisodiyotning mavjudligi tufayli, qandaydir mamlakatning jahon trendlaridan ajralgan holda rivojlanishi mumkin bo’lmay qoldi. Elektron biznesda ham bu holat shunda namoyon bo’ladiki, agarda biror-bir mamlakatda biror-bir sohada muvaffaqiyatga erishgan kompaniya paydo bo’lsa, bu kompaniyaning klonlari darhol boshqa mamlakatlarda ham paydo bo’ladi. Chet el kompaniyalari kloni sifatida hosil bo‘lgan kompniyalar juftliklariga misol qilib 467 quyidagialrni keltirishimiz mumkin: LaModa - ASOS, KuriVIP – Gilt Group, AnywayAnyday – Expedia/Kayak, Game Insight – Zygna, Avito – Craigslist, Wikimart – eBay, Biglion – Groupon, Ozon – Amazon. „Lider ortidan yurish“ strategiyasi vositasida kompaniyalar yaratish va uni rivojlantirish Internet tarmog’ida faoliyat ko’rsatadigan kompaniyalar uchun juda ham ommabop bo’lib qoldi va bu strategiya jahon bo’ylab juda yaxshi tijoriy natijalarga olib kelayapti.
Masalan, Zalando deb nomlangan nemis oyoq-kiyim kompaniyasi va Rossiyaning Sapato kompaniyasi amerikaning Zappos kompaniyasi nusxasidir. Groupon kompaniyasining klonlaridan biri BuyWithMe.com Grouponning Xitoydagi nusxasi bo‘lib, unda ko’pchilik elementlar – nomlar, logotip va sayt dizayni aynan bir xil qilib ko’chirib olingan. Qonun nuqtai-nazridan bunday ishlarga qarshi turish juda murakkab va katta sarf-harajat talab qiladi. Shuning uchun kompaniyalar ko’pchilik xollarda klonlarga unchalik e’tibor bermaydilar. Boshqa tomondan qaraganda, agar kompaniya yangi bozorlarga chiqishni rejalashtirsa, o’sha mamlakatlardagi klonlarni uni barcha elementlari bilan birgalikda (mijozlari, infratuzilmasi, ommaviyligi va injener-texnik xodimlari bilan) sotib oladi va ortiqcha harajatlardan qutulgan holgan yangi bozorlarni ham egallab oladi. Masalan, shu strategiyaga amal qilgan xolda Groupon kompaniyasi dunyo bo’ylab 20 dan ortiq yangi bozorlarni o’zlashtirib oldi. Alando.de deb nomlangan eBay ning kloni esa 1999 yilda eBay ga $54 miilonga sotildi. Turli xil mamlakatlarda yaratilgan klonlarni sotib olish biznesning boshqa davlatlarga expansiysi strategiyalaridan biri bo’lib qolishi ham mumkin, chunki muvaffaqiyatli klon yaratish va uni yirik korporatsiyalarga sotish katta foyda keltiradi. Raqobat va koopertsyia orasidagi tanlov masalasini eBay va Amazon misolida ko’rib chiqishga harakat qilamiz (Stoun B. The everything Store. Djeff Bezos va Amazon erasi. M: Azbuka Biznesa, 2014). 1994 yilda Djeff Bezos oldin kitoblar, so’ngra esa B2B va B2C bozorlarida mahsulot va xizmatlarning keng assortimentini taklif etadigan Amazon internet kompaniyasiga asos soldi hamda bu kompaniya tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. 1998-99 yillarda esa uning juda havfli raqobatchisi bo‘lgan eBay kompaniyasi rahbariyati bilan yuqori darajadagi 468 uchrashuv uyushtirildi va bu uchrashuvda ularning birgalikda ish olib borishlarining turli variantlari muhokama qilindi. Muhokamalar natijasida shunga kelishildiki, Amazon saytida eBay ga tegishli bo’lgan ilovalar joylashtiriladi, eBay saytida ham Amazon ga tegishli ommabop kitoblar bo’yicha ilovalar joylashtiriladi. Natijada ikki tomon mutasaddilari ham raqobatlashish o’rniga o’zaro ancha foydali bo’lgan kelishuvga erisha oldilar. Hozirgi davrda Internetda yangi va ommabop raqamli tovarlar hamda hizmatlar yaratishning quyidagi asosiy strategiyalari mavjud: Printsipial yangiliklar, mahsulotlar va hizmatlar yaratish – bu juda ham tavakkalchiligi eng katta bo‘lgan strategiyadir, ammo u muvaffaqiyatli o’lgan taqdirda eng katta foyda ham keltiradi. Bunday yangi tovar yoki hizmatni yaratuvchialar iste’molchilarni ham ulardan foydalanishga o’rgatishlari kerak bo’ladi.
XULOSA
Xitoydagi eng yirik kompaniyalardan biri – Alibaba Group ning asoschisi va direktorlar kengashi raisi Djek Maning ta’kidlashicha, «Taxminan 30 yillardan so’ng, biznesning 80% dan ortigi internet orqali amalga oshiriladi . . . . Agar bu paytga kelib, ertangi kun uchun qandaydir yechimingiz bo’lmasa, bu yechim kimdadir albatta bo’ladi». Xaqiqatan xam, bugungi kunda informatsion va kommunikatsion texnologtyalar xayotimizning barcha soxalariga shiddat bilan kirib kelmoqda. Insonning kundalik xayotini ancha yengillashtiradigan va 472 ma’lumot uzatilishini xamda uning qayta ishlanishini tezlashtiradigan texnologiyalarning va internetning bunday tezkorlik bilan rivojlanishi industrial jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o’tishining o’ziga xos katalizatori sifatida namoyon bo’la boshladi.
Bu esa maqsadli auditoriyani ancha toraytirib, o’sish imkoniyatlarini kamaytiradi. 470 Elektron bozordagi aniq bir pozitsiyaning mavjud emasligi – kompaniya barcha narsani va hoziroq qilishga urinishi, bunga albatta iste’molchlarning ko’pchiligi ham, xamkorlr ham tayyor bo’lmaydilar. Mufaffaqiyatga bo’lgan ishonchni juda erta yo’qotish va tushkunlikka tushish. Infratuzilmani tashkil etishda xatolarga yo’l qo’yish – texnologik platformaning hajmi kamchilligi, xosting hizmatlariga bog’liqlik, infratuzilma uchun to’lovlarning kechitirilishi va bu bilan bog’liq bo‘lgan moliyaviy muammolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |