Huquqning normativ nazariyasini yaratuvchilaridan biri Gans Kel-
zen huquqni huquqning o‘zidan keltirib chiqaradi. Uning ta’kidlashicha, huquq
sababiy bog‘lanish tamoyiliga bo‘ysunmaydi, o‘z kuchi va harakatini o‘zidan
oladi. Kelzen uchun huquqni keltirib chiqaruvchi sabablar masalasi kun tarti-
bida turmagan.
Huquqning psixologik (ruhiy) nazariyasi (L. Petrajitskiy va boshqa-
lar). Mazkur ta’limot vakillari huquqning kelib chiqishi sababini insonlarning
ruhiyatidan, huquqiy hayajon, ehtiros va kechinmalarning imperativ xususiyat-
laridan izlaydilar. Huquq – bu o‘ziga xos «murakkab emotsional-aqliy ruhiy
jarayon bo‘lib, u individning ruhiy sohasida namoyon bo‘ladi»
2
.
To‘g‘ri, huquqning kelib chiqishida ruhiy (psixologik) omilni to‘la inkor
etish mumkin emas, ammo, ruhiy hayajon va kechinmalarni huquqni yaratuv-
chi asosiy manba deb hisoblash ham to‘g‘ri emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |