huquq amal qilishining sotsial mexanizmi
tahliliga, huquq ijodkorligi(shu jumladan, qonun ijodkorligi)ni sotsiologik
ta’minlash masalalariga, huquqni qo‘llashning ijtimoiy omillariga lozim dara-
jada e’tibor qaratilmayapti. Vaholanki, ijtimoiy hayot bilan bog‘lamasdan turib
davlat hodisalari va huquqiy institutlarning harakati hamda rivojlanishini to‘la
tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois, «huquqiy siyosat sotsiologiyasi», «qonun-
chilik sotsiologiyasi», «huquqiy ongning sotsiologik tahlili», «huquqiy muno-
sabatlar sotsiologiyasi», «huquqiy tarbiyaning sotsial jihatlari», huquqbu-
zar shaxsning sotsial portretini yaratish (profayling usuliga e’tibor qaratish),
«qonunni qo‘llashning sotsial mexanizmi» kabi dolzarb mavzular ustida ilmiy
tadqiqot ishlarini faollashtirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |