2. Nojo‘ya xatti-harakat – nojo‘ya ish huquqbuzarlikning ko‘p tar-
qalgan ko‘rinishi bo‘lib, ijtimoiy xavfning kamligi bilan tavsiflanadi va jazo
choralarining qo‘llanishiga qarab jinoyatdan farq qiladi.
Jinoyat – huquqbuzarlikning eng og‘ir turidir. Nojo‘ya xatti-harakat bu
huquqbuzarlik hisoblanib, boshqaruv, mehnat, mulkiy va boshqa munosabatlar-
ga putur yetkazuvchi, lekin ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra jinoyat hisoblan-
maydigan huquq buzilishidir. Jinoyat va nojo‘ya xatti-harakatni aniq chegara-
lash lozim. Chunki u jazoning ijtimoiy-huquqiy chora sifatidagi turi va miqdori
bilan bog‘liqdir. Ular ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra farqlanadi. Nojo‘ya xatti-
harakatga nisbatan jinoyat og‘ir, ijtimoiy xavfli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |