uchinchi bosqichi – tanlab olingan
huquq normasining ma’nosini aniqlash, uni sharhlashdir. Unda, avvalambor
qonun chiqaruvchi organning xohishi va fikrini tushunib olish, huquq norma-
sining siyosiy-yuridik mazmunini anglash taqozo etiladi. Buning uchun huquq
normasini sharhlash lozim bo‘ladi. Muayyan huquq normasini sharhlashda uni
huquqning ma’lum sohalariga tegishli bo‘lgan boshqa normalar bilan uzviy
(tizimli) bog‘liqligini nazarda tutib, ular bilan taqqoslab, so‘ngra izoh beriladi,
aks holda huquq normasini sharhlab bo‘lmaydi. Huquq normasining ma’nosini
aniqlab olish uning mazmunini fikrlash, tafakkur etish orqali tushunib ye-
tishni nazarda tutadi. Sharhlash (lot. interpretatsiya) – talqin etish, izohlash,
mag‘zini chaqish ma’nosini anglatadi. Ayni mana shu ijodiy, aqliy fikrlash
vositasida qo‘llanmoqchi bo‘lgan normaning hayotiy vaziyatga mos yoki mos
emasligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |