9
K
irish
merosi, huquqiy qadriyatlari va an’analari, shuningdek, jamiyatimiz maqsadi
sifatida ilgari surilgan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish,
demokratiya va inson huquqlari tamoyillarini hayotga joriy qilishga yo‘naltirilgan
g‘oyalar asosida davlat va huquq nazariyasiga oid zamonaviy darsliklar yozish
o‘zbek huquqshunosligi oldida turgan dolzarb vazifadir.
Bugungi o‘zbek jamiyati o‘zi uchun «huquqiy davlat», «inson huquqlari»
va «shaxs erkinligi», «demokratik fuqarolik jamiyati», «siyosiy hurfikrlilik»
(plyuralizm), «hokimiyatlar taqsimlanishi», «qonun ustuvorligi», «mustaqil sud
hokimiyati» kabi fundamental tushunchalarni qayta kashf etmoqda. Ayonki,
jamiyat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotini zamonaviy ma’rifiy tamoyillar
asosida isloh etishda davlat va huquq benihoya katta rol o‘ynaydi. Shu bois,
davlat tuzilishi, demokratik siyosiy tizimning mavjud bo‘lishi, huquqiy mu-
nosabatlar oqilona tizimining tashkil etilishi ko‘p jihatdan mamlakatimizdagi
davlat-huquqiy institutlarning faoliyatiga bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning saylovoldi Das-
turida, shuningdek lavozimga kirishish chog‘idagi qasamyodida, Prezident
sifatidagi faoliyatining dastlabki yuz kunida e’lon qilgan farmonlarida, ay-
niqsa, «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi»da ilgari surilgan yangi g‘oyalari huquqshunoslik nazariya-
sining tahlil doirasini yanada kengaytirishga ijodiy turtki berdi. Bular: – inson
manfaatlari va qonun ustuvorligi, hokimiyatning xalq bilan bevosita mulo-
qoti, «davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi», davlat boshqaruvi tuzilmalarining
mas’uliyatini oshirish, adolatli sud tizimini yaratish, davlatning iqtisodiyotga
aralashuvini qisqartirish, ta’sirchan jamoat nazorati mexanizmlarini vujudga
keltirish va boshqalar.
Respublika Prezidentining farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strate-
giyasida quyidagilar ta’kidlangan: «Mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot
yo‘lining chuqur tahlili, ... globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib
borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlanti-
rish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va
ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda»
1
.
Davlat va jamiyatni jadal rivojlantirish, modernizatsiya qilish hamda
hayotning barcha sohalarini liberallashtirish maqsadida ushbu Strategiyada
davlat qurilishi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni erkinlashti-
rish va ijtimoiy sohani rivojlantirish, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mus-
tahkamlash bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi.
1
Хalq so‘zi, 2017-yil 8-fevral.
Do'stlaringiz bilan baham: |