111
V bob.
Davlatning
funksiyalari
Moliyaviy nazoratning o‘ziga xos funksiyalari soliq va bojxona organlari
tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu organlar moddiy boyliklarning davlat
chegarasidan olib o‘tilishi ustidan nazorat qiladilar hamda bojxona yig‘imlari
va bojlarini, shuningdek soliqlar va boshqa umumiy majburiy to‘lovlarni undira-
dilar. Davlat chegarasidan bojxona idoralarining nazorati ostida o‘tkaziladigan
tovarlar va mol-mulkdan undirilgan pul yig‘imlari davlat daromadiga o‘tkaziladi.
Samarali moliyaviy nazorat davlatga muayyan mablag‘ to‘plash imkonini
beradi. Bunday mablag‘ to‘plashdan ko‘zlangan maqsad ulardan yana jamiyat
manfaatlari yo‘lida foydalanishdir.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |