447
XXII bob.
Yuridik ixtilof
(kolliziya)
o‘n olti yoshdagi va undan katta o‘quvchilar o‘quv yurtlarining kunduzgi
bo‘limlarida o‘qishni tugatgunlaricha, lekin o‘n sakkiz yoshga qadar bo‘lgan
davrda, zararni undirish huquqiga egadirlar, deb belgilangan.
Bu ikki yuridik norma o‘rtasida ziddiyat mavjud: 1009-modda zarar un-
dirish yoshi chegarasini yigirma uch yoshgacha, 192-modda – 18 yoshgacha,
deb belgilagan. Ushbu nomuvofiqlik (kolliziya) ni O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi ko‘rib chiqib, 2008-yil 21-oktabrda matbuotda o‘z xulosasini
e’lon qilgan. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va O‘zbekiston
Respublikasining Mehnat kodeksi boquvchining o‘limi munosabati bilan zararni
to‘lash tartibini belgilovchi normalaridagi mazkur farq ushbu normalarning
amaliyotda qo‘llanilishida jiddiy qiyinchiliklarga olib kelmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi maz-
kur ixtilofli ishni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
192-moddasining normalarini O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
1009-moddasining normalariga muvofiqlashtirish lozim, degan xulosaga keldi
va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga asoslangan holda
Mehnat kodeksining 192-moddasiga o‘quvning kunduzgi shaklida ta’lim olayotgan
shaxslarning ular 23 yoshga yetgunga qadar boquvchining o‘limi munosabati
bilan zararni undirish huquqini belgilovchi o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi
qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga
qonunchilik tashabbusi tartibda kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi
1
.
Bunda huquqiy tartibga solish mavzesining bir nuqtasida bir necha nor-
malar to‘qnashuvi yuz beradi. Ba’zan esa, buning aksi bo‘ladi, ya’ni muayyan
muammoli munosabatni bevosita tartibga soladigan yuridik norma mavjud
bo‘lmaydi. Har qanday ixtilofni bartaraf etish uchun huquqni sharhlovchi yoki
huquqni qo‘llovchi shaxsdan yuksak kasb malakasi, ish holatini aniq tahlil
etish, eng maqsadga muvofiq qaror variantini tanlab olish talab etiladi. Qa-
rama-qarshiliklarni bartaraf etishda, odatda, yangi normalar – ya’ni, kollizion
normalarni qabul qilish yordam beradi. Masalan, 1995-yilda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 71-bobi «Kollizion norma-
lar» deb atalib, unda fuqarolik huquqining asosiy institutlari bo‘yicha kodeks-
dagi moddalarni qo‘llashda ziddiyat kelib chiqqanda qaysi qonunlarni qo‘llash
belgilangan.
Yuridik ixtiloflar, shubhasiz, huquqiy tizimning barqaror va batartib
faoliyat yuritishiga xalaqit beradi, aksariyat hollarda fuqarolarning huquqlari
buzilishiga olib keladi, huquqiy tartibga solishning samarasiga, qonuniylik va
huquqiy tartibotga, jamiyatning huquqiy ongi va madaniyatiga salbiy ta’sir
1
Хаlq so‘zi, 2008-yil 21-оktabr.
Do'stlaringiz bilan baham: |