huquqiy
munosabatlardir. Huquq normasi aynan huquqiy munosabat orqali hayotga
joriy etiladi, subyektiv huquq va burchlarga rioya etiladi, ulardan foydalani-
ladi va tegishli talablar bajariladi. Muayyan subyektiv huquq va burchlarning
xususiyatlari huquqiy normaning tartibga solishdagi ta’sir etish xarakteriga
bog‘liq. Huquqiy normalarning vakolat beruvchi, majbur etuvchi va man qiluvchi
turlariga mos ravishda tartibga soluvchi va qo‘riqlovchi huquqiy munosabatlar
turlari namoyon bo‘ladi. Tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar majbur etuv-
chi, vakolat beruvchi va man etuvchi munosabatlarga bo‘linadi.
Huquqiy tartibga solish mexanizmining uchinchi elementi –
subyektiv
Do'stlaringiz bilan baham: |