Huquq prinsiplari, hech mubolag‘asiz, uning mohiyatini ifodalovchi
asosiy jihatlardan birini, asl o‘zagini tashkil etadi. Ular butun huquqiy ma-
teriyani – g‘oyalar, normalar va munosabatlarni qamrab olib, jami huquqiy
hayotga muayyan mantiq, mazmun, ma’no, sobitqadamlik, ichki mutanosiblik
hamda uyg‘unlik baxsh etadi. Yanada aniqroq ta’riflaydigan bo‘lsak, huquq
prinsiplarida bamisoli huquq rivojining butun dunyoviy tajribasi, insoniyat
ma’rifiy taraqqiyotining hosilasi o‘zining mujassam ifodasini topadi. Prinsiplar
huquq shakllanishida yo‘nalish beruvchi mo‘ljal, mezon vazifasini o‘taydi.
1
Оdilqoriyev Х.T., Yakubov Sh.U. Milliy huquqiy tizim va huquqiy qadriyatlar. – T., 2011. – 301-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |