162
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
qatnashish uchun o‘z vakillarini yuborishga haqli. Ular jamoat birlashma-
sining nizomiga rioya qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan uning a’zolari
va boshqa fuqarolardan tushuntirish xati olishlari mumkin. Bu har qanday
birlashma faoliyatining oshkoralik bilan amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunni buzish amaldagi qonunlarga
muvofiq jinoiy, ma’muriy, moddiy yoki boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun aybdor bo‘lgan
davlat va jamoat organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar ja-
vobgarlikka tortiladilar. Shu bilan birga o‘z nizomini ro‘yxatdan o‘tkazmagan
jamoat birlashmalari ham jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunni buzsalar,
javobgar bo‘ladilar.
Agar jamoat birlashmasi o‘z nizomida belgilab qo‘yilgan maqsadlar va
vazifalar doirasidan chetga chiqadigan yoki qonunni buzadigan xatti-harakatlarni
sodir etsa, shu jamoat birlashmasining rahbar organi jamoat birlashmasi nizo-
mini ro‘yxatga olgan adliya organi yoki prokuror tomonidan yozma ravishda
ogohlantirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-mod-
dasiga muvofiq, jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab
yoki cheklab qo‘yish faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi. Mahalliy
jamoat birlashmalariga nisbatan bunday harakat tegishli viloyat, Toshkent sha-
har, tuman sudlari tomonidan amalga oshiriladi. Xalqaro jamoat birlashmalari,
davlatlararo jamoat birlashmalarining bo‘limlari, viloyatlararo jamoat birlashma-
larining faoliyati esa respublika Bosh prokurori, O‘zbekiston Adliya vazirligi
taqdimiga muvofiq O‘zbekiston Oliy sudi qarori bilan to‘xtatilishi mumkin. Bun-
day vaqtda Oliy sud qarori ustidan shikoyat qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo‘lganidan so‘ng ko‘ppartiyaviylik
muhiti vujudga keldi. Hozir O‘zbekistonda bir necha siyosiy partiyalar, ijtimoiy-
siyosiy harakatlar paydo bo‘ldi va jamiyat hayotida faol ishtirok etmoqda. Xalq
demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish»
demokratik partiyasi, O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi va O‘zbekiston
yoshlari ittifoqi kabi tashkilotlar shular jumlasidandir.
1996-yil 26-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar
to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning 1-moddasida siyosiy
partiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: «Siyosiy partiya qarashlar, qiziqishlar va
maqsadlarning mushtarakligi asosida tuzilgan, jamiyat muayyan qismining
davlat hokimiyatini shakllantirishdan iborat siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga
intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda
qatnashuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ixtiyoriy birlashmasi-
dir». Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi ushbu qonunda, siyosiy partiyalarni tuzish
va ularning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari, ular faoliyatining kafolatlari, ularni
Do'stlaringiz bilan baham: |